Bloger Abduqodir Mo'minov ustidan sud boshlandi

Ish ochiq sud majlisida ko'rib chiqilmoqda, unda OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Mo'minov Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo'yicha ayblanyapti.

Kecha, 25 iyul kuni jinoyat ishlari bo'yicha Mirobod tumani sudida bloger Abduqodir Mo'minovga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha ilk sud majlisi bo'lib o'tdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

1990 yilda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan, “Oynaga qarang” MChJ rahbari Abduqodir Mo'minov Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblanmoqda:

• 141-1-modda (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi “a”, “b” band­lari;

• 165-modda (Tovlamachilik) 3-qis­mi “a” bandi;

• 168-modda (Firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlari, 4-qismi “a” bandi;

• 189-modda (Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi;

• 28-211-modda (Pora berishda ish­tirokchilik) 3-qismi “a” bandi.

Bu ishni jinoyat ishlari bo'yicha Mirobod tuman sudi raisi Sardorbek Sodiqov ko'rib chiqadi.

“Qo'shimcha ma'lumot sud jarayoni yakuni bo'­yicha beriladi”, deyiladi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov tomonidan berilgan rasmiy axborotda.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko'ra, mazkur jinoyat ishi bo'yicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud bo'lib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 so'm miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Bloger 2023 yilning 8 fevralida hibsga olingandi. Toshkent shahar IIBB Abduqodir Mo'minovni internetda video tarqatish orqali jinoyat ishini hal qilib berish uchun 10 ming dollar so'rab, shundan 3800 dollarini olganlikda, boshqa bir holatda esa sahifasida tanqidiy videoni chiqarmaslik evaziga 70 ming dollar so'raganlikda ayblagan edi.

 Manba:kun.uz

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fourteen − 9 =