Amir Temur siylagan alloma
Yetuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temur (1336-1405) özining “Temur tuzuklari” asarida davlat boşqaruviga oid tamoyillar haqida bayon qilar ekan, işğol etilgan yangi hududlar aholisiga qilinadigan muomala haqida sözlay turib: “Sayyidlar, ulamo, maşoyix, fuzalo, akobir va uluğlarni aziz tutsinlar”, “Menga böysungan mamlakatlarning sayyidlari, olimlari, şayxlari, fozil kişilari, darvişlari, zohidlarini suyurğol, vazifa va oylik bilan siylasinlar. Faqiru miskin, nogironlarga nafaqa tayin qilsinlar. Mudarrislar va şayxlarga kundalik maoşlar belgilasinlar”1 , deb taʼkidlaydi.
Haqiqatda, tarixiy manbalar Amir Temurning diniy arboblar, xususan, Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning avlodlarini nihoyatda eʼzozlaganini tasdiqlaydi.
“Tuzuklar”da kelgan maʼlumotlarga köra, Amir Temur Ali ibn Abu Tolib, Salmon Forsiy, Husayn ibn Ali kabi maşhur sahobalar va boşqa olimlarning mangu qönim topgan joylarini obod qilişga qaratilgan körsatmalar bergan.
Hijriy 789, milodiy 1387 yilda Amir Temur Şerozni işğol etadi va anʼanaga köra, u yerdagi din kişilarining hurmatini öz örniga qöyadi. Ana şunday olimlar qatorida Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning şajarasiga 13 avlod vositasida tutaşgan Muhammad ibn Zaydning nasabidan bölgan Sayyid Şarif Jurjoniy (1340-1413) ham bor edi. Amir Temur Jurjoniyning yuksak ilmga egaligi hamda Payğambar avlodidan ekanidan xabar topgaç, unga alohida hurmat körsatadi. Hatto uning uyidan panoh topganlarga ham omonlik berdi2. Amir Temur Jurjoniy bilan körişgaç, uni Samarqandga taklif etdi. Jurjoniy taklifni qabul qilib, Samarqandga yöl oldi. Olim Samarqandda ön sakkiz yil boş mudarris sifatida faoliyat olib bordi va öz qalamiga mansub asarlarining aksarini yurtimizda keçgan faoliyati davomida taʼlif etdi.
Samarqandda yaşaş davomida Sayyid Şarif Jurjoniy bir qator olimlar, xususan, alloma Taftazoniy (vafoti — 794/1392) bilan bir qança ilmiy bahs va munozaralar olib bordi. Uşbu munozaralarning aks-sadosi butun olamga tarqaldi. Hatto mazkur ilmiy munozaralarga doir alohida risolalar ham bitildi. Munozaralarda ustun kelgan Jurjoniyning şuhrati olimlar orasida tanilişi bilan birga, Amir Temur nazdida ham uning eʼtibori yanada yuksaldi. Natijada Amir Temur uni Movarounnahrdagi birinçi raqamli olim mavqeiga çiqardi.
Bir gal Saʼduddin Taftazoniy va Sayyid Şarif Jurjoniy örtasidagi maşhur bahs-munozaralar paytida Sohibqiron Amir Temur Jurjoniyga bölgan yuksak hurmatini izhor etib, şunday degan ekan: “Bahslarda va ilmlarda Taftazoniy hazratlari ustun bölişi mumkin, biroq Jurjoniy hazratlari sayyidligi uçun ham bugun ğolibdir”.
1405 yilda Amir Temur vafot etganidan söng mamlakatda yuzaga kelgan parokandalik sabab Sayyid Şarif Jurjoniy Şerozga qaytdi va 1413 yil vafot etguniga qadar uşbu şaharda öz ilmiy faoliyatini davom ettirdi3.
Sayyid Şarif Jurjoniy özidan söng ulkan ilmiy meros qoldirgan kam sonli olimlardan sanaladi. U diniy va dunyoviy ilmlarga oid bir qança asarlar taʼlif etdi. Mazkur ilmlar avvalida kalom ilmi, arab tili, falsafa, mantiq, astronomiya, matematika, tarix, fiqh, hadis, tafsir, tasavvuf kabilarni sanab ötiş mumkin.
Manbalarning qayd etişiça, Jurjoniy öta zakiy, har bir masalaning daqiq joylarigaça örganuvçi, fasohat va baloğat sohibi, munozara yuritişda mohir, muhaqqiq ulamolardan hisoblangan. Uning arab tili, meros va kalom ilmiga oid asarlari bir neça avlod almaşsa ham taʼlim maskanlarida asosiy manba sifatida öqitilmoqda.
Jurjoniy aqida, fiqh, tafsir, kalom, tasavvuf, hadis, mantiq, falsafa, astronomiya, geometriya kabi diniy va dunyoviy ilmlarga bağişlangan yuzga yaqin asar yozgan.
Amir Temur hukmronlik yillarida yurtimizda eʼzoz topgan Sayyid Şarif Jurjoniy kabi bir neça olimlarni sanab ötiş mumkin. Bu esa millatimiz qadimdan ilm-fan va madaniyatga oşno bölgani, din arboblari hamda olimu fuzalolarga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom körsatiş ruhida tarbiya topib kelayotganini yana bir bor isbotlaydi.
Doston MUSTAFOYEV,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazi yetakçi ilmiy xodimi.
1http://www.temurtuzuklari.uz/uz/clause/58
2Alouddin Ali al-Hinnaiy. Tabaqoti Hanafiyya. Sulaymoniya kutubxonasi, Husni Poşo bölimi, r. 844, s. 22; Abdulhay Laknaviy. Al-Favaidu-l-bahiyya, 128 bet. Bayrut, tarixsiz; Toşköpirzoda. Aş-Şaqoiq an-Nömoniya, 29 bet, – Bayrut: 1975.
3Möʼjam at-Taʼrifot. Dor al-fazila, 2004. – B. 234.
