O'zbekistonlik talaba — xalqaro tanlov g'olibi!

Shu yilning 8 sentyabr kuni Janubiy Koreya poytaxtida an'anaviy “Quiz on Korea 2024” koreys tili va madaniyati xalqaro tanlovining final bosqichi o'tkazildi.

Tanlov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “KBS” markaziy televideniesi hamkorligida har yili muntazam ravishda tashkil etiladi.

E'tiborlisi, Seul shahrida bo'lib o'tgan tadbirning final bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Mohira Ergasheva birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Joriy yilgi “Quiz on Korea” tanlovida 21 davlatdan eng iqtidorli talabalar qatnashib, ular Janubiy Koreya tarixi, iqtisodiyoti, jamiyati, tili va madaniyati haqidagi bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

O'n uchinchi marotaba o'tkazilgan mazkur xalqaro tanlov, butun dunyo xalqlari o'rtasida do'stlik ruhini targ'ib qilish va Janubiy Koreya, uning tili va madaniyatiga qiziqishni oshirishga qaratilgan.

Qayd etish kerakki, endilikda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan O'zbekiston talabalari soni 3 nafarga yetdi. Bundan avval, ya'ni 2012 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi Hulkar Erdanova va 2022 yilda Koreya Fondi stipendiyasi dasturi bo'yicha loyiha koordinatori Sa'dulla Ibragimov tanlov bosh mukofotini qo'lga kiritgan edi.

“Dunyo” AA

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

20 − thirteen =