Özbekiston demokratiya yölida
Özbekiston Parlamenti va mahalliy kengaşlarga saylovlar jarayoni xalqaro kuzatuvçilar nigohida
27 oktyabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari Kengaşlari saylovi bölib ötdi.
Markaziy Saylov komissiyasining dastlabki maʼlumotlariga köra, parlament quyi palatasiga Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 64 nafar, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan 29 ta, “Adolat” SDP jami 21 ta, XDP 20 ta, Ekologiya partiyasidan 16 ta deputat saylandi.
Saylov jarayonini 850 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvçilar kuzatib bordi.
Xalqaro kuzatuvçilar taʼkidiga köra, saylovga yuqori darajada tayyorgarlik körilgan, siyosiy tadbir oçiqlik va demokratiya prinsiplari asosida bölib ötdi.
Mohd Faiz Abdulla,
Malayziya Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti raisi:
— 27 oktyabrda kunning birinçi qismida törtta saylov uçastkasiga bordim. Alohida taʼkidlayman, men bu yerda demokratiyaning juda soğlom ösişini kuzatyapman. Saylov komissiyasi masʼullari öz faoliyatida şaffoflikni taʼminlaş uçun barça saʼy-harakatlarni amalga oşirişdi.
Jarayonlarga umumiy baho esa yangi demokratiya va unga bosqiçma-bosqiç borilayotganidir. Özbekiston juda yaxşi surʼatda bu yöldan odimlamoqda. Mana şunday oldinga siljiş ham uning mustahkam poydevorga ega bölib borişining belgisidir.
Yana bir jihatni alohida taʼkidlab ötiş kerak. Fuqarolarning jarayonlarga faolligi yuqori darajada böldi. Nafaqat Özbekistonda, balki çet elda bölib turgan Özbekiston fuqarolari ham jarayonlarda uyuşqoqlik bilan qatnaşdi.
Ayrim nufuzli saytlarni kuzatganimda, Özbekistonning birgina Moskvadagi elçixonasida odamlar ovoz berişda qatnaşiş uçun uzun navbatlarda turganini kördim. Bu ularning mamlakatda keçayotgan siyosiy voqealarga befarq emasligini tasdiqlaydi.
Intesar Abdulla,
Saudiya Arabistonining “Neprass” yangiliklar elektron naşri boş direktori:
— Özbekistondagi qator konferensiyalarda iştirok etganman, ammo saylov jarayonlarini kuzatişda ilk bor qatnaşdim. Mazkur jarayonlarda meni eng hayratga solgan jihat — bu Özbekistonda elektron saylov tizimining yölga qöyilgani böldi.
Uşbu yangi tizimni fuqarolar uçun qulay imkoniyat hamda demokratik davlatdagi şaffoflikning yorqin namunasi deb bilaman. Özim borgan saylov uçastkalarida yaratilgan şaroitni körib xursand böldim.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, saylov uçastkalari bir neçta davlat maktablarida taşkil etilgan. Men uşbu maktablarni körib, ularning xuddi xususiy maktablar kabi yangiça va zamonaviy qiyofada ekanligidan hayratga tuşdim.
Şuningdek, men saylovgaça bölgan debatlarda qatnaşib, jonli muloqot va muhokamalarni kuzatiş imkoniyatiga ega böldim.
Sarmad Ali,
Pokiston Senati aʼzosi:
— Özbekiston parlamenti saylovi jarayonlari dunyoning turli burçagidan kelgan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvçilar iştirokida ötgani quvonarlidir.
Bu öz-özidan hukumatning oçiqligiga işora qilmoqda. Boşqa xalqaro kuzatuvçilar bilan gaplaşganimda ular ham xuddi şu fikrlarni taʼkidlaşdi.
Saylovda iştirok etuvçilar va kuzatuvçilar uçun barça qulaylik va şaroitlar yaratilgan.
Dalia Oltuntepe,
“Niderlandiya-Özbekiston” döstlik jamğarmasi raisi:
— Bu mening Özbekistondagi saylovlarda kuzatuvçi sifatida törtinçi marotaba qatnaşişim. Mamlakatda ham, saylov jarayonlarida ham har safar ijobiy özgarişlar guvohiga aylanayapman. Birgina misol, tarğibot kampaniyalarining köçalardagi bannerlardan boşlanganini körib juda hayratda qoldim. Bu ovoz beriş jarayonini yanada jonli qiladi, çunki har kuni odamlar ularni köradi, nomzodlarning çehrasi bilan tanişiş imkoniga ega.
Yana bir muhim masala, men Özbekistonda fuqarolik jamiyati kuçayib borayotganiga guvoh böldim. Televideniyeda nomzodlar örtasida bahslar taşkil qilingan va ular haqiqatan ham mavzularni juda jonli va jiddiy muhokama qilişdi. Bu ham Özbekistonda saylov jarayoni faollaşib borayotganidan dalolat beradi.
Bir neçta saylov uçastkalariga taşrifim çoğida raqamli ovoz beriş tizimi mavjudligini kördim. Bu nafaqat ovoz beriş jarayonlarida yengillik yaratadi, optimallaştiradi, balki uning şaffof ötişiga xizmat qiladi.
Jarayonlarga yoş avlod tomonidan bölgan qiziqişning yuqoriligi eʼtirofga loyiq. Yana bir men juda qadrlaydigan jihat — bu ayollar kvotasining 40 foizdan kam bölmasligidir.
Umumiy holat va jarayonlardan kelib çiqib aytişim mumkinki, Özbekiston saylovi jarayonlari jahon standartidan ham yuqori. Şu nuqtai nazardan, menimça, Özbekiston Yevropa yoki Ğarb davlatlari uçun ham namuna böla oladigan davlatga aylaniş yölida juda yaxşi qadam taşlamoqda.
“Dunyo” AA
