Özbekiston va Hindiston: Kelajak avlod uçun yangi imkoniyatlar
Samarqand, Buxoro va Toşkent dunyo ahliga, jumladan, har bir hindistonlik uçun juda ham yaxşi taniş nomlardir. Buning sababi juda oddiy, u ham bölsa Hindiston va Özbekistonning tarixiy aloqalari neça asrlarga borib taqaladi.
Ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Hindiston universitetlarining Özbekistondagi faoliyatini olasizmi yoki ommabop “Havas” guruhining Toşkentdagi maşhur “Xalqlar döstligi” saroyida taqdim etgan “Dil Hai Hindustani” konsert dasturini aytasizmi, bularning barçasi özaro aloqalar taraqqiyotidan dalolat beradi. Hindistonning Özbekiston bilan riştalari savdo, turizm va madaniyat jabhalari bilan bir qatorda taʼlim va tadqiqot sohalarida ham faol jadallaşmoqda. Har ikki davlatning kelajak avlod uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, özaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlaş borasida ulkan rejalari bor.
1992 yil mart oyida Hindiston bilan Özbekiston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgan edi. Hindiston Özbekiston mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgan va hamkorlik örnatgan davlatlardandir. Hindiston Boş vaziri Narendra Modi 2015 yil iyul, 2016 yil iyun oylarida Toşkentga, 2022 yil sentyabr oyida esa Samarqand şahriga taşrif buyurdi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil oktyabr va 2019 yil yanvar oylarida Hindistonga safar qildi.
Boş vazir taşabbusi bilan 2022 yil 27 yanvar kuni taşkil etilgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinçi sammitida mintaqaning boşqa davlatlari qatori Özbekiston ham qatnaşdi. Hindiston hukumati Narendra Modi döstlik, xayrixohlik va hamkorlikning yangi davriga çorlamoqda.
Özaro munosabatlarda ilm-taʼlim va tadqiqot sohasi yorqin istiqbolga ega. Bugun köplab özbekistonlik yoşlar hind universitetlarida, hindistonlik yigit-qizlar esa Özbekistonda tahsil olmoqda.
2023/24 yillarda Hindiston hukumatining Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (India Technical and Economic Cooperation – ITEC) doirasida Özbekistondan 100 dan ortiq nomzod tanlab olindi. Özbekiston 1993 yildan buyon mazkur dasturning hamkori bölib, Hindistonda taʼlim olayotgan özbekistonliklarning soni yillar davomida sezilarli darajada oşdi.
Yaqinda Hindistonning Rurki texnologiya instituti (The Indian Institute of Technology Roorkee – IIT Roorkee) va Samarqand davlat universiteti örtasida qöşma magistrlik dasturini yaratiş böyiça bitim hamda gidrologiya, ekologiya, barqaror energiya va barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM) sohalarida tadqiqotlar va hamkorlikka kömaklaşişga qaratilgan Anglaşuv memorandumi imzolandi. Uşbu hujjatlar ham hind-özbek akademik hamkorligida muhim qadam böldi va unga yangi surʼat bağişladi.
IIT Roorkee endilikda Özbekistonda gidrologiya va unga aloqador sohalardagi mavjud dolzarb masalalarga amaliy yeçimlar topiş uçun köp yillik tajriba va bilimlarni taqdim etişga tayyor. Taʼlim va tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhit masalalari böyiça barqaror yeçimlar, akademik mukammallikni va ijtimoiy taʼsirni oşirişga qaratilişi kutilmoqda. Şuni taʼkidlaş joizki, Hindiston va Özbekiston dolzarb iqlim muammolarini hal qiliş va barqarorlikni taʼminlaş masalalariga jiddiy yondaşuv namoyon qilmoqda.
Hindiston “Yevroosiyoga yordam” (Aid to Eurasia) taşabbusi doirasida Özbekistondagi 15 ta universitetda öquv markazlari taşkil etgan. Uşbu markazlar axborot texnologiyalari vositalari, kitoblar, musiqa asboblari, anʼanaviy hind liboslari va Hindistonning madaniy merosini aks ettiruvçi artefaktlar bilan jihozlangan. Şuningdek, Samarqand davlat universiteti va Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida taʼlim almaşinuvini rivojlantiriş maqsadida qisqa muddatli dasturlar yölga qöyilgan. Hindiston oliy taʼlim muassasalari nafaqat özining global faoliyatini kengaytirişga intilmoqda, balki madaniyatlararo akademik almaşinuv va qöşma innovatsiyalarni ham rağbatlantirmoqda, talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, tadqiqot taşabbuslari va bilim almaşiş uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Hindiston va Özbekiston örtasidagi taʼlim va ijtimoiy sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun har ikki davlat texnologiyalar, soğliqni saqlaş va gumanitar fanlar böyiça qöşma öquv dasturlari, ikki darajali (dual-degree courses) diplom kurslari va birgalikdagi tadqiqot taşabbuslarini yölga qöyişi mumkin. Stipendiyalar taqdim etilişi, talabalar almaşinuvi va professor-öqituvçilar hamkorligini kengaytiriş özaro anglaşuv va madaniy almaşinuvga yordam beradi.
Özbekistonda Hindistonning axborot texnologiyalari, qişloq xöjaligi va soğliqni saqlaş sohasidagi tajribasidan foydalangan holda könikma va malaka oşiriş markazlarini taşkil etiş aholi bandligini oşirişga xizmat qiladi. Hind anʼanaviy bilimlari, fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika (science, technology, engineering and mathematics – STEM) hamda hind va sanskrit tillari böyiça öquv kurslarini taqdim qiluvçi raqamli taʼlim platformalari yoşlarning zamonaviy bilim oliş jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Soğliqni saqlaş sohasida tibbiy tayyorgarlik kurslari va soğlomlaştiriş lagerlarini taşkil etiş böyiça saʼy-harakatlar aholi salomatligini mustahkamlaşga yordam beradi.
Umang BAJAJ
(Hindiston)
