Jahondagi eng sara dorilfununlar
Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan 2025 yilgi reytingdan Özbekistonning ham yettita oliy taʼlim muassasasi joy oldi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning ustuvor yönalişlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy taʼlim tizimini yaratiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Hududlarda yangi oliy taʼlim muassasalarining taşkil etilişi, kadrlar tayyorlaşning zamonaviy taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va keçki bölimlarning oçilişi, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarining oşirilişi mazkur yönalişdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Oliy taʼlim tizimini zamonaviy talablarga moslaştiriş, uning sifatini oşiriş, xalqaro miqyosda raqobatbardoşligini taʼminlaş va innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş — bu islohotlarning asosiy maqsadlaridir.
Uşbu imkoniyatlar natijasi ölaroq, bugun universitetlarda zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter xonalari, kutubxonalar, sport inşootlari va boşqa infrastrukturaviy obʼyektlar yaratilmoqda hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar joriy etilmoqda. Bu esa öz navbatida, talabalar va öqituvçilar örtasida yanada samarali aloqalarni örnatişga sabab bölmoqda. Aslida, bularning barçasi yaratilayotgan şaroitlarning samarali natijasi bölib, har bir özgariş yangi imkoniyatlar yaratadi hamda talabalar uçun rivojlaniş yöllarini oçib beradi.
Darhaqiqat, bugungi kunda oliy taʼlim muassasalarining ham samarali faoliyatini kuzatmoqdamiz. Xususan, oliy taʼlim sohasidagi global tahlil agentligi “QS Quacquarelli Symonds” 2025 yil uçun barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş böyiça jahondagi eng sara universitetlar reytingi — “QS Sustainability Rankings — 2025”ni eʼlon qildi.
Barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM) BMT tomonidan 2015 yilda qabul qilingan va 2030 yilgaça amalga oşirilişi kerak bölgan global maqsadlarni öz içiga oladi. Uşbu maqsadlar inson huquqlari, ijtimoiy tenglik, ekologik barqarorlik, iqtisodiy rivojlaniş va ijtimoiy barqarorlikni özaro uyğunlaştirişga qaratilgan. Taʼlim sektori barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi, çunki taʼlimning sifatini oşiriş va unga kengroq kirişni taʼminlaş global ijtimoiy va iqtisodiy özgarişlarni keltirib çiqarişi mumkin.
Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan 2025 yilgi reytingdan Özbekistonning ham yettita universiteti joy oldi. Ulardan bittasi ötgan yilgi öz örnini yaxşilagan bölsa, törttasi reytingga birinçi marta kiritildi. Jumladan, “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 828-örin, Özbekiston Milliy universiteti 931-940, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 1161-1180, Toşkent davlat texnika universiteti 1251-1300, Toşkent davlat transport universiteti 1401-1450, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti 1501+ va Urganç davlat universiteti 1501+ örinlarni qayd etdi. Bularning orasida “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) reytingda iştirok etayotgan Özbekiston oliy taʼlim muassasalari orasida metodologiyaning beşta körsatkiçi, yaʼni “Bilim almaşiş”, “Bitiruvçilarning iş bilan taʼminlanişi”, “Soğliq va farovonlik”, “Atrof-muhit muhofazasi böyiça taʼlim” va “Atrof-muhit muhofazasi böyiça tadqiqotlar” böyiça eng yuqori natijalarni körsatmoqda.
Oliy taʼlim muassasalarining jahon reytingida yuqori örinlarga erişişi nafaqat öquv yurtlari uçun, balki mamlakatlar uçun ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Universitetlarning reytingdagi örinlari ularning xalqaro nufuzini, ilmiy salohiyatini, talabalarning sifatini va iqtisodiy rivojlanişdagi örinlarini belgilaydi. Reytingda yuqori örinlarni egallaş oliy öquv yurtlariga bir qator ijobiy taʼsirlar körsatadi, bu esa mamlakatning global rivojlanişiga ijobiy taʼsir qiladi.
Qayd etiş lozimki, Özbekiston oliy taʼlim muassasalari “Atrof-muhit muhofazasi sohasida barqaror rivojlaniş” körsatkiçi böyiça eng kuçli natijalarga erişmoqda. Mamlakatimizning törtta oliy taʼlim muassasasi uşbu körsatkiç böyiça dunyoning eng yaxşi 500 ta oliy taʼlim muassasasi röyxatiga kirgan. Ulardan ikkitasi Özbekiston Milliy universiteti (279-örin) va Toşkent davlat transport universiteti (295-örin) eng yaxşi 300 talikdan örin egallagan.
Xuddi şunday holat “Boşqaruv modeli” körsatkiçi böyiça ham kuzatilmoqda. Bu körsatkiç axloqiy meʼyorlarga rioya qiliş, nomzodlarni izlaş va xodimlarni işga qabul qilişda ilğor tajribalardan foydalaniş, qarorlar qabul qiliş tamoyillarining şaffofligi kabi samarali boşqaruv bilan boğliq omillarni hisobga oladi.
Uşbu körsatkiç böyiça Özbekistonning beşta oliy taʼlim muassasasi dunyoning eng yaxşi 500 ta oliy taʼlim muassasasi qatoriga kirgan. Ular orasida eng yuqori örinni Toşkent davlat transport universiteti egallab, reytingdagi 400-örindan joy olgan. Urganç davlat universiteti ham uşbu reytingdan joy oldi.
Ahamiyatlisi, yaqinda Urganç davlat universiteti “QS World University Rankings” xalqaro reyting agentligi Osiyo universitetlarining 2025 yil uçun reyting natijalarida ham yuqori natija körsatdi, şuningdek, mintaqadagi yetakçi universitet sifatida eʼtirof etilib, Osiyo reytingida 661-680-örindan joy oldi, Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalari orasida esa 44-örinni egalladi. “QS World University Rankings” xalqaro reytingida bunday natija şunçaki berilmaydi. Bu, avvalo, universitet jamoasining fidoyiligi, professor-öqituvçilarning samarali mehnati, şuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va taʼlim sifatini yaxşilaş borasidagi harakatlarining ijobiy samarasidir. Çunki, QS — Osiyo universitetlari reytingi metodologiyasi universitetlarning öquv va tadqiqot sifati, xalqaro hamkorlik darajasi, ilmiy naşrlar soni va iqtibos oliş körsatkiçlarini baholaşga asoslanadi.
Mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim böyiça dunyo reytinglaridagi ösişi Özbekiston taʼlim tizimi xalqaro standartlarga moslaşib, raqobatbardoşligi oşib borayotganidan dalolatdir.
Darhaqiqat, oliy taʼlim muassasalari reytingidagi yuqori örinlar, birinçi navbatda, universitetlarning jahon miqyosida tan olinişi va nufuzining ortişiga olib keladi. Reytinglar, odatda, ilmiy işlar, talabalar va professor-öqituvçilarning sifatiga, moliyaviy resurslarga, innovatsiyalar va tadqiqotlarning natijalariga qarab tuziladi. Yuqori reytingdagi oliy taʼlim muassasasi butun mamlakatni dunyo miqyosida tanitadi va uning ilmiy salohiyatini körsatadi.
Qolaversa, yuqori reytingga ega oliy taʼlim muassasalari köproq xalqaro talabalarni öziga jalb qiladi. Jahon miqyosidagi reytinglar universitetning yuqori sifatli taʼlim taklif qilişini va ularning kelajakdagi karyeralariga foydali taʼsir körsatişini anglatadi. Xalqaro talabalar oqimi esa universitetga köproq daromad olib kelişi, ilmiy tadqiqotlar sifatini oşirişi mumkin. Bu öz navbatida, universitetga global miqyosda raqobatbardoşlikni taʼminlaydi. Yuqori reytingdagi muassasalar köproq grantlar, ilmiy hamkorliklar va tadqiqotlarga ajratilgan mablağlarga ega böladi. Bu universitetlarning ilmiy salohiyatini oşirişga yordam beradi va jahon ilm-faniga qöşgan uluşini sezilarli darajada orttiradi. Şuningdek, universitetlarda yaratilgan innovatsiyalar mamlakat iqtisodiyotining rivojlanişiga yordam beradi.
Masalaning yana bir muhim tomoni şundaki, bugun yurtimizning jahonda közga taşlanayotgan oliy taʼlim muassasalari dunyoning köplab xalqaro ilmiy hamkorliklar va loyihalarida faol iştirok etiş imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu hamkorliklar esa ilmiy tadqiqotlar, texnologiyalarni rivojlantiriş va yangi dasturlarni amalga oşirişga yordam beradi. Çunki ular dunyo böylab eng yaxşi professor-öqituvçilarni jalb qiliş va eng sönggi tadqiqot natijalarini taklif qiliş imkoniyatiga egaligi bilan ahamiyatli sanaladi. Bu esa öz navbatida, mamlakatning iqtisodiy rivojlanişiga bevosita taʼsir qiladi. Turizm, xizmat körsatiş sektori va boşqa sohalarda iqtisodiy foyda keltiradi. Bundan taşqari, universitetlarda işlab çiqilgan innovatsiyalar va tadqiqotlar yangi iş örinlari yaratiş, startaplarni rivojlantiriş va texnologik sohalarni ilgari surişda muhim rol öynaydi.
Agar mamlakatda dunyo miqyosidagi yuqori reytingga ega universitetlar köpaysa, bu uning ilmiy, madaniy va iqtisodiy salohiyatini körsatadi. Davlatning taʼlim sohasidagi yutuqlari dunyo böylab tan olinadi va bu boşqa sohalarga ham ijobiy taʼsir körsatadi.
Endilikda reytingdan munosib joy olgan universitetlar, özining barqaror rivojlaniş tamoyillariga mos ravişda, yurtimizdagi boşqa oliy taʼlim muassasalari uçun ham namuna bölişlari lozim. Özining muvaffaqiyatini boşqa universitetlarga ulaşiş, tajriba almaşiş, öz navbatida, boşqa oliy öquv yurtlari ham yuqoridagi oliygohlardan andoza olgan holda ildam qadam taşlaşlari talab etiladi.
Bahrom ABDULLAYEV,
Oliy Majlis Senatining
Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari
qömitasi raisi.
