Kuvayt OAV: Özbekiston Körfaz arab davlatlari bilan aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqmoqda
Davlatimiz rahbarining Kuvaytga rasmiy taşrifi doirasida uşbu mamlakatning yetakçi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida Özbekistonning zamonaviy rivojlanişi, savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlariga bağişlangan turkum maqolalar çop etildi.
Masalan “Q8 Press” elektron naşrida “Özbekiston va Kuvayt: özaro manfaatli hamkorlik sari” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
“Sönggi yillarda Özbekiston yangilangan taşqi siyosiy konsepsiyasi doirasida mamlakat anʼanaviy şeriklari bilan taşqi aloqalarni mustahkamlaş va xalqaro taşkilotlardagi faoliyatini kuçaytiriş bilan bir qatorda öz hamkorlari jöğrofiyasini kengaytiriş yölidan bormoqda, – deyilgan maqola muqaddimasida. – Mazkur tendensiya, ayniqsa, Özbekistonning Körfaz arab davlatlari bilan aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqqanida yaqqol aks etadi”.
Ahamiyatli jihati şundaki, uşbu mintaqa davlatlari bilan munosabatlar ham köp tomonlama, ham ikki tomonlama formatlarda rivojlanmoqda. Bu “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi” strategik muloqotining taşkil etilişi va uşbu formatdagi hamkorlik böyiça birinçi oliy darajadagi sammitning 2023 yilda muvaffaqiyatli ötkazilişida aks etadi.
Rasmiy Toşkent mintaqa davlatlari bilan aloqalarni ikki tomonlama rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bunda Kuvayt davlati ustuvor yönaliş hisoblanadi.
“Jumladan, sönggi paytlarda Özbekiston Kuvayt bilan siyosiy muloqotni kuçaytirdi. 2024 yilning aprel oyida Kuvayt taşqi işlar vaziri Abdulla al-Yahyo Özbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilindi. Birgina 2024 yilning özidayoq ikki davlat TIV rahbarlari örtasida 5 marta muzokaralar taşkil etildi”, – deyilgan naşrda.
Qayd etilganidek, muloqot iqtisodiy idoralar va işbilarmon doiralari örtasida ham kuçaytirildi. Ötgan yilda 100 dan ortiq Özbekiston tadbirkorlarining Al-Kuvayt şahriga taşrifi amalga oşirildi. Taʼkidlaş joizki, munosabatlar dinamikasining bunday tarzda faollaşuvi bejiz emas. Kuvayt Özbekiston uçun har tomonlama manfaatli şerik hisoblanadi.
“Eʼtibor qaratiş lozim bölgan navbatdagi omil bu mamlakatlarning iqtisodiy ahamiyatidir. Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining ikkinçi yirik iqtisodi sanaladi. Sönggi yillarda respublika iqtisodi yuqori ösiş dinamikasini namoyon etmoqda. Jumladan, oxirgi 7 yil içida rasmiy Toşkent mamlakat yalpi içki mahsulotini 2 baravarga oşirişga muvaffaq böldi”, – deya taʼkidlangan materialda. Kuvayt esa global va Yaqin Şarq mintaqasi iqtisodiyoti uçun salmoqli ahamiyatga ega bölgan davlat sanaladi. Şuningdek, mamlakat dunyodagi neft eksport qiluvçi yirik 10 ta davlatdan biri hisoblanadi.
Maqola “Özbekiston va Kuvaytning iqtisodiy hamda siyosiy sohalardagi hamkorligi ikki davlatning keyingi izçil taraqqiyotini taʼminlaşda muhim qadam böladi. Şuningdek, davlatlar örtasidagi munosabatlarning izçillaşuvi mintaqalararo hamkorlikni kuçaytiriş uçun yana bir kuçli turtki beradi”, – degan sözlar bilan yakunlanadi.
Şuningdek, mazkur davlatda ingliz tilida bosiladigan “The Times” haftalik gazetasida ikki davlat örtasidagi munosabatlarga bağişlangan turkum maqolalar çop etildi.
Jumladan, mamlakatimiz elçisi Ayubxon Yunusov qalamiga mansub “Kuvayt Özbekistonning işonçli dösti va hamkori” sarlavhali maqolada yozilganidek, Kuvayt Özbekistonning Yaqin Şarqdagi işonçli dösti va hamkori bölib, 1991 yil 30 dekabrda respublika mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgan.
“Uşbu yildan eʼtiboran, ikki davlat örtasida iqtisodiy rivojlaniş hamda ikki xalqning farovonligi uçun umumiy intiliş asosida döstona munosabatlar örnatiş davri boşlandi. Ikki davlat örtasidagi hamkorlikning huquqiy bazasi sarmoyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş töğrisida, Madaniyat va sanʼat sohalarida hamkorlik töğrisida, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik töğrisida, ikki tomonlama soliqqa tortişning oldini oliş töğrisida, ikki davlat bojxona qömitalari örtasidagi hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitimlarni öz içiga oladi”, – deyilgan materialda.
Bundan taşqari, “The Times” gazetasi mamlakatimiz madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ikki davlat örtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirişga bağişlangan maqolasini muştariylar eʼtiboriga taqdim qildi.
“Özbekiston va Kuvayt xalqlari örtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantiriş maqsadida madaniy tadbirlar, körgazmalar, festivallar va ilmiy anjumanlar taşkil etilmoqda. Madaniyat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida ikki mamlakatning tegişli madaniyat taşkilotlari örtasida doimiy muloqot va tajriba almaşiş yölga qöyilgan. Qöşma madaniy tadbirlar taşkil etiş, sanʼat va madaniyat namoyandalarining taşrifiga kömaklaşiş tobora kuçayib bormoqda. Kuvayt bilan madaniy hamkorlikning hozirgi holati va dinamikasini örganar ekanmiz, köplab hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni kuzatiş mumkin. Jumladan, 2017 yilning 15-22 dekabr kunlari Al-Kuvayt şahrida Özbekiston madaniyati kunlari bölib ötdi. Uning doirasida “Al-Advaniya” galereyasida Özbekistonga bağişlangan körgazma va konsert dasturlari namoyiş etildi”, – deb yozgan muallif.
Mazkur bosma naşrda joylaştirilgan yurtimiz haqidagi navbatdagi maqolada Özbekistonda “aqlli” şaharlarni rejalaştiriş va hududlarni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar haqidagi maʼlumotlar qalamga olingan. “Kuvaytning yetakçi işlab çiqaruvçilarini jalb etgan holda Özbekistonda zamonaviy ilmiy-texnik majmualar, biznes-inkubatorlar va startap akseleratorlarni hamkorlikda taşkil etiş böyiça keng kölamli loyihalarni amalga oşiriş innovatsion ğoyalar, ixtirolar va texnologiyalarni rivojlantiriş va tijoratlaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi”, – deya qayd etilgan naşrda.
Kuvaytning “Al-Jarida” haftalik gazetasida esa “Özbekiston va Kuvayt hamkorligi: yangi bosqiç sari dadil qadamlar” sarlavhali maqola bosildi. Unda Özbekiston elçixonasida mamlakatimizning investitsiyaviy, eksport va sayyohlik salohiyatiga bağişlab ötkazilgan taqdimot tadbiri tafsilotlari qalamga olingan. Naşrda sönggi yillarda Özbekiston Prezidenti rahnamoligida Yangi Özbekiston dunyo hamjamiyati bilan turli sohalarda, jumladan, madaniyat, iqtisodiyot va turizm kabi yönalişlarda yaqin hamkorlik aloqalarini mustahkamlab borayotgani alohida urğulangan.
“Al-Anba” gazetasi esa “Habibulla Solih. Özbekistonning köp qirrali xattoti” sarlavhali maqolani eʼlon qildi. “Özbekistonda xattotlik ustasi sifatida nom qozongan Habibulloh Solih uşbu sanʼatni Qurʼoni karimni nusxalaşda qöllaniladigan “Nasx” xati, farmonlar va rasmiy hujjatlarni yozişda qöllaniladigan “Tavqi” va “Ruqʼa” kabi turli xil xattotlik uslublarini mukammal egallagan, – deb yozilgan naşrda. – U xattotlik sanʼatini ustozlari Ismoil Maxdum va Abdulğafur Razoqov Al-Buxoriydan örgangan. Uning bobosi domla Solih Karimov Buxoro Amirligining maşhur xattotlaridan bölgan”.
Maqolada, şuningdek, Habibulla Solih köplab xalqaro körik-tanlovlarda iştirok etgani xabar qilingan.
“U 1996 yilda Istanbulda ötkazilgan xalqaro xattotlik tanlovida eng kuçli önta xattot safida eʼtirof etildi. 1999 yili Lahorda ötkazilgan Ikkinçi xalqaro xattotlik festivalida ikkinçi örinni egalladi. Maşhur xattot 2002 yilda “Parvin qalami” mukofotiga sazovor bölgan. Şuningdek,“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan”, – deya maʼlum qilgan Kuvayt bosma naşri.
“Dunyo” AA,
Al-Kuvayt şahri.
