Örgatmoqlik — yuksak burç!

Sizdan boşlanadi asli tafakkur…

Abdulla Oripov

Haqiqat şuki, çin ustozlik, aslida, insoniyatni ezgulikka boşlagan payğambarlardan boşlangan. Ehtimol, ustozlik qay darajada yuksak martaba ekanligining yoruğ dalili ham xuddi mana şudir.

Toşkent davlat texnika universiteti tarix kafedrasi mudiri, professor, tarix fanlari doktori Rahbar Xoliqova yarim asrdirki, talabalarga maʼrifat ulaşib keladi, ilm yölida jonnisorlik qiladi.

Asli Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida ziyoli oilasida dunyoga kelgan Rahbar opa bolaligini şunday xotirlaydi:

— Ota-onam bir umr davlat işida işladilar. Biz farzandlarni ilmli qilişga, öqib, elu yurtga xizmat qilişga çorlab ulğaytirdi. Men bolaligimdan tarixga qiziqqanman. Maktabda ham tarix fanidan aʼlo baholarga öqiganman. Ayniqsa, tarix kitobimizda yurtimiz tarixi haqida yozilgan baʼzi yolğon maʼlumotlarni erinmay muallimdan qayta-qayta sörab, manbasiga qiziqaverardim. Keyinçalik ona Vatanimiz mustaqillikka erişgandan söng, millatimiz tarixi haqidagi yolğon, börttirib yozilgan maʼlumotlar foş böldi va xalqimizning çin tarixi tiklandi. Ha, köp bora taʼkidlanganidek, tarixsiz kelajak yöq. Har bir millatning özligini namoyon qiluvçi tarixi va qahramonlari bor. Özbekiston Allohning nazari tuşgan şunday bir diyordirki, özbek millati jahonga böylagan allomalar, olimlar, yer şaridagi insoniyatning rivojlanişiga özining munosib hissasini qöşgan buyuk insonlarni yetiştirib bergan. 1018 yulduzni oçib bergan uluğ bobokalonimiz Mirzo Uluğbek, yer yuzini fath etgan Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobokalonimiz, Boburiylar sulolasi deysizmi, muqaddas islom dinimiz rivoji uçun özining ulkan hissasini qöşgan Muhammad ibn Ismoil Imom al-Buxoriy hazratlari va boşqa önlab buyuklarimizni keltiriş mumkin. Men, mana, qariyb yarim asrdirki, yoş avlodga tarix fanidan saboq berib kelaman. Yuzlab şogirdlar çiqardim. Ularning içida xalqaro doiralarda ham öz sözini aytayotganlari bor. Ular bilan faxrlanaman, — deydi olima.

Ha, insonning ruhi ilmdan oziqlanadi. Odamzod faqat ilm bilangina haqiqiy saodatni qölga kiritadi va uning şarofati bilangina yuksaladi. Şogirdning ilmi esa salohiyatli ustozning saʼy-harakatlari bilan rivojlanadi. Şuning uçun ham muallimlar payğambarlarning merosxörlari degan gap bejiz aytilmagan. Buyuk kitob Qurʼoni Karimda ham özi yetişgan ilmni özgalarga örgatgan ustozlarning şarafi yuksak ekanligi haqida şunday marhamat qilinadi: “…Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja (martaba)-larga kötarur” (Mujodala surasi, 11-oyat).

Rahbar Ergaşevna sözida davom etib şunday deydi:

— Ilmu maʼrifat ziyosini tarqatmoq ezgulik maşʼalasini har qanday şamolu böronlarni pisand qilmasdan yoqmoq saodatidir. Ğoyat masʼuliyatli va şarafli bölgan bu vazifaga mutasaddi bölgan kişining darajasi mislsizligi ham şundandir. Tasavvur qiling, muallim va murabbiylar hayot böstoniga bir nihol qadab, uning ildizi baquvvat daraxtga aylanişi uçun aql va tafakkur javhari bilan suğoradi, beqiyos mehnat qiladi. Faqat va faqat ustozning mehnati bilangina maʼrifat boği barpo böladi, gurkirab yaşnaydi, meva tugib, hosil beradi. Inson qalbining meʼmori, jamiyatning binokori ham öqituvçilardir. Ular tom maʼnoda maʼrifat boğining boğbonlaridir. Şuning uçun ham muallimning şogird ustidagi haqqi benihoya katta va uluğdir. Ustoz şogirdini öz farzandidek körib, unga farzandiga körsatmagan tavajjuh bilan yuzlanadi. Uning hali maʼnan yupun va sovuq bölgan maʼnaviy olamini özining hassos qalb harorati bilan isitadi. Şogird şuurining qoronği dunyosini tafakkur quyoşining möʼjizakor ziyosi bilan nurafşon qiladi. Sabr suvi bilan suğorib, mehr tafti bilan parvariş qiladi. Şogirdning ikki dunyosi uçun manfaat va najot keltiradigan yölga yöllaydi, şogirdining salohiyatli va uluğ inson bölişi uçun keçayu kunduz duolar qiladi. Şundan sönggina ustozning qöliga navnihol bölib kelgan öquvçi-talaba qahratonlarda sovuq urmasdan, jaziramada qovjirab ketmasdan, zulmatli yöllarda abgor bölmasdan gurkirab unib-ösadi, yayrab-yaşnaydi! Vaqti keladiki, u hayot böstonida serhosil, barq urgan daraxtga aylanadi. Va öz navbatida maʼnaviyat va maʼrifat gulzoriga özining munosib hissasini qöşadi!

Darhaqiqat, Rahbar opa taʼkidlaganidek, muallimlar tafakkur böstonida yorqin ziyo taratib turgan yölçi yulduzlar kabidir. Odamzod ular tufayli nurli va töğri yölni topadilar, ularning şarofati ila jaholat botqoğidan munavvar manzilga yetişadilar.

Şu sabab ustoz-muallimlarning hurmatini risoladagidek bajo keltirmay, ularning haqqini munosib ravişda ado qilmay turib, farzandlarimizdan el-yurt, jamiyat, qolaversa, butun dunyo uçun foydasi tegadigan yetuk şaxslarni kutiş mumkin emas.

Şarqda azaldan ustoz va murabbiylarga yuksak darajada hurmat körsatib kelingan. Darhaqiqat, farzandlarimizning kamolotga yetib, dunyoyu oxirat saodatiga erişişlari uçun ustozning örni benazir ekanini yaxşi anglagan millatmiz.

Şu maʼnoda, quyidagi rivoyatlarda keltirilgan hikoyatlar ham ğoyat ibratli:

Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy rahimahulloh bir muddat Makkai mukarramada dars berganlar. Bir ziyoratçi Imom hazratlariga Buxoroi şarifdagi ustozlaridan salom va maktub keltiradi. Şunda Imom Buxoriy ziyoratçining ustozlar yurtidan kelganini bilib, uni quçoq oçib kutib olganlar va çeksiz ehtirom körsatib, mehmon qilganlar. Undan salom xabarini eşitganlarida Buxoroi şarif tomonga yuzlanib, salomga alik olganlar va tabarrukona maktubni ikki qöllab olib, ehtirom bilan tanişib çiqqanlar.

Imomi Aʼzam Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan esa, şunday deganlari rivoyat qilinadi: “Ustozim Hammodning hurmati uçun uning uyi tomonga oyoğimni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita köça bor edi. Hammod vafot etgandan söng qaçon namoz öqisam, har safar, albatta, ota-onamga qöşib, unga ham Allohdan mağfirat söraganman. Nafaqat u, balki kimdan nimadir örgangan bölsam yoki kimdir menga nimadir örgatgan bölsa, albatta, öşa kişilar uçun ham doim Allohdan mağfirat sörayman”.

Şuning uçun ham “Ustoz — otangdan uluğ”, degan ibora orqali, ota insonning dunyoga kelişiga sababçi bölsa, ustoz unga hayotda yaşaşni taʼlim beradi, degan maʼnoda xalqimiz ustoz maqomini padar kabi yuksaklarga kötaradi.

Mana, mamlakatimizda 1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni bayram sifatida keng nişonlanişi anʼanaga aylangani ham yurtimizda ustozlarga bölgan hurmatning ramziy ifodasi bölib, aslida, ustozlarga ehtirom ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan buyuk qadriyatlarimizning davomidir.

Uluğ bobokalonimiz

              Mir Alişer Navoiyning:

Haq yölinda kim senga

       bir harf öqitmiş ranj ila,

Aylamak bölmas ado oning haqin

                                        yuz ganj ila, —

degan satrlari bugun ustoz va murabbiylarga bölgan hurmat va ehtirom asrlar oşa ham özining qimmatini yöqotmaganiga katta işoratdir.

— Barçamiz bilamizki, öqituvçining obrö-eʼtibori — bu, avvalo, millatning, butun xalqning obrö-eʼtiboridir. Şu bois ham Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda keyingi yillarda öqituvçi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi örni va taʼsirini kuçaytiriş, taʼlim tizimini zamon talablari asosida taşkil etiş böyiça ulkan islohotlar amalga oşirilmoqda.

Pedagog xodimlarni majburiy mehnat va turli jamoatçilik işlariga jalb qiliş holatlariga çek qöyilgani, taʼlim muassasalarida qoğozbozlikka barham berilayotgani bugun öz ijobiy natijasini körsatmoqda. Öqituvçilarning bilimi va kasbiy mahoratini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana şunday çora-tadbirlar tufayli keyingi bir yilda malaka toifasiga ega muallimlar soni tobora oşgani ham taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir körsatişi şubhasiz. Taʼkidlaş joizki, taʼlim tizimini yanada rivojlantiriş masalasi Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oşiriladigan eng asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.

Davlatimiz rahbari: “Bizning maqsadimiz — Yangi Özbekistonning maktab bitiruvçisi zamonaviy könikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta özlaştirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqaraşi keng şaxs bölib şakllanişi zarur”, — degan edilar. Fursatdan foydalanib, mana şu şarafli va masʼuliyatli yölda fidoyilik qilayotgan, kelajak va jamiyat oldida katta masʼuliyat egasi bölgan aziz ustoz va murabbiylarni qutluğ sana — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan qizğin tabriklayman, ularning olijanob faoliyatida va şaxsiy hayotida yangi yangi yutuq va omadlar tilayman. Xonadonlarimizga doimo tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka yor bölsin! Yangi Özbekistonimiz gullab-yaşnayversin!” — deydi olima.

Ardoqli ustoz, yetuk olima, gözal inson Rahbar opa, bayram şukuhi sizga ham muborak bölsin deymiz.

Ozoda BEKMURODOVA,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan