Ona vatan boğlari  – yurt körki

Aholining yaşaş manzilida bunyod etilgan madaniyat va istirohat boğlari qulay, kamçiqim, ham oilaviy, ham guruh bölib çarçoq çiqaradigan  joy bölgani bois, yilning issiq mavsumlarida yana ham  gavjumlaşadi. Mamlakatimizda ular sonini  yildan yilga köpaytiriş, kişilarning bahri-dili oçiladigan, çarçoği yoziladigan maskanga aylantiriş böyiça muayyan işlar  amalga oşirilmoqda. Statistika agentligidan berilgan maʼlumotga köra, yurtimizda 129 ta  dam oliş maskani  mavjud. Agar masalaga son emas, sifat nuqtai  nazaridan qaraydigan bölsak, madaniyat va istirohat boğlari  tom  maʼnoda  öz yönalişiga mos işlayaptimi, bu borada  taşabbuskorlik körsatilyaptimi, normativ-huquqiy  hujjatlar  ijrosi  nazorat qilib borilyaptimi, mahalliy hokimiyatlarning bu masalaga eʼtibori qanday, kabi savollarga javob izlaş  joiz.

Anʼanaga sodiqlik

Madaniyat va istirohat boğlari şaharu tumanlarimizga körkamlik, inson ruhiyatiga kötarinki kayfiyat bağişlaydi, boqiy qadriyatlarni mustahkamlaşga zamin yaratibgina qolmay, atrof-muhit tozaligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.  Zero, Şarq mamlakatlarida azaldan  sölim boğ-roğlar bunyod etişga eʼtibor  katta bölgan. Ajdodlarimiz  anʼanasining asrlar oşa davom etayotganligi  çin maʼnodagi ezgulikning tantanasidir, aslida. Dov-daraxt, gul, buta makoni bölgan boğlarda inson nafaqat dam oladi, balki tabiat bilan bir butunligini, uyğunligini yanada teranroq his qiladi.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur  rahnamoligida tuzilişi geometrik şaklda bölmagan, tabiiy daraxtzor va çakalakzorlar bağrida köplab boğlar  qurilgan. Hukmdorning ov qilişi uçun möljallangan boğning asosiy qismi tabiiy, qöl tekizilmagan holda saqlangan. Maʼlum qismidagina dam oliş mumkin bölgan saroy qurilib, çodir tikilgan. Hovuz, favvorada “obi-hayot” mavjlanib va otilib turgan. Amir Temur davrida “Boği baland”, “Boği behişt”, “Boği davlatobod”, “Boği dilkuşo”, “Boği şamol” nomi bilan atalgan  dam oliş maskanlari tilga tuşgan edi.

– Jadal rivojlanayotgan mamlakatimizda madaniyat va istirohat boğlarini barpo etiş diqqat-eʼtibordagi masalaga aylanib bormoqda, – deydi Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Islomjon Xuşvaqtov. – Röyxatga olingan 247 ta madaniyat va istirohat boğidan 59 tasi madaniyat vazirligi tassarufida, 175 tasi turli davlat organlari balansida va 24 tasi xususiy sektor ixtiyorida bölib, undan  182 tasi faoliyat körsatmoqda. Yaqin yillarda poytaxtimizda “Aşxobod”, “Navröz”, “Tashkent City Park”, “Magic City”, Namanganda “Afsonalar boği”, Andijonda “Oltinsoy”, Nukusda “Amir Temur boği” barpo etildi.

Uşbu özgarişlarga, avvalo, sohani rivojlantirişga asos bölgan huquqiy baza zamin yaratmoqda.

Davlatimiz rahbarining önga yaqin farmon va qarorlari, xukumat dasturlariga muvofiq, namunali boğ va yaşil hududlarni taşkil etişning xuquqiy asoslari işlab çiqildi. Özbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat taşkilotlari töğrisida”gi qonuniga asosan, madaniyat va istirohat boğlari madaniy-maʼrifiy taşkilotlar röyxatiga kiritilgan. Huquqiy hujjat bilan sohaga bozor mexanizmi, xususan, davlat-xususiy şerikçilik mexanizmini joriy qiliş instituti tatbiq etildi.

“Yaşil makon” elektron  platformasi

Soya-salqin, sölim göşaga kirganda, bahri-dili oçilib, kayfiyati toğdek kötarilmaydigan kişi bölmasa kerak. Öziga xos şaklu şamoyilda barpo etilgan boğ, avvalo, ösimlik olami bilan  sizni maftun etadi. Kökka böy çözgan  daraxtmi, yölak böylab bir tekis kökartirilgan butami, oq, qizil, puşti, sariq  atirgulmi, bari-bari  insonning tabiat bilan azaliy döstligi ifodasi, aslida.  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi mutaxassislari tomonidan madaniyat va istirohat boğlari  sanitariya holatini yaxşilaş, har bir ösimlik turini asrab-avaylaş, yaşil hududni köpaytiriş böyiça  nazorat-reyd tadbirlari ötkazib borilmoqda. Raqamlaştiriş jarayoniga ilk bor Toşkent şahridagi dam oliş maskanlarida kirişildi. “Yaşil makon” elektron platformasida har bir daraxt va butaning pasporti şakllantirilib,  ID raqami berilmoqda.

– “Respublikada yaşillik darajasini yanada oşiriş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini izçil amalga oşiriş orqali ekologik barqarorlikni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida eksperiment tariqasida Toşkent şahri hududidagi daraxtlarni pasportlaştiriş belgilangan, – dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qiliş texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Hamza Aminov. – Pasport nima, degan savol tuğiladi. Xuddi fuqaro pasporti kabi unda ösimlik navi, vatani, ekilgan sanasi, böyi va boşqa biologik xususiyatlari aks ettiriladi.  Hozirça poytaxtimizdagi 17 boğning dov-daraxti pasporti yaratildi. Umumiy hisobda 10246  daraxt xatlovdan ötkazib, turi, yoşi, böyi, holati, kökarib turgan koordinatasini aks ettiruvçi maʼlumotlar bazasini şakllantirdik. Keyingi yillardan boşlab barça viloyat va tuman dam oliş maskanlari flora boyligi böyiça xuddi şunday elektron bazani yaratiş möljallanmoqda.

Boğ deganda köz öngimizga şovullagan daraxtzor, gulu butalar, yaşilligi bilan közni qamaştiruvçi  maydon köz öngimizga keladi. Atrof-muhit musaffoligini, biologik xilma-xillikni  taʼminlaşda har bir daraxt yoki butaning öz örni bor. Statistik maʼlumotlarga köra, 2023-2024 yillarda respublikamizdagi aholi istiqomat joylarida hokimlik, vazirlik va idoralarning 257 ta yaşil makoni barpo etilib,  umumiy soni  517 taga yetkazildi. Hududlarda taşkil etilayotgan Yangi Özbekiston boğlariga  135 ming tup manzarali daraxt köçati ötqazildi.

— Mamlakatimizdagi mavjud madaniyat va istirohat boğlarida mahalliy navlar bilan bir qatorda xorijdan keltirilgan noyob ösimlik turlari ham östirilmoqda, – dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi davlat ekologik nazorat inspeksiyasi bölim boşliği Nodir Jambulboyev. – Ularni özimizga moslaştiriş oson keçmagan, qança mablağ sarflangan, ilmiy izlaniş olib borilgan. Şunday ekan, har bir daraxt, buta, gulni köz qoraçiğidek  muhofaza qiliş, yoz jaziramasida tez-tez suğoriş, qurib qolişiga yöl qöymaslik boğ maʼmuriyatining birinçi galdagi vazifasi bölmoği kerak. Vazirligimiz tomonidan boğ masʼullariga majburiy körsatma va ogohlantiriş xatlari berilib, ijrosi nazorat qilib  borilmoqda. Baʼzi hollarda ekilgan yangi köçatga agrotexnik işlov berilmasligi oqibatida qurib  qoladi.  “Yaşil makon”  umummilliy dasturi qabul qilinib, yurtimiz çiroyiga çiroy qöşişdek ezgu maqsadga nisbatan bunday munosabatning paydo bölişini umuman oqlab bölmaydi.  Joriy yilda flora olamini muhofaza qiliş va saqlaşga doir qonunçilikda belgilangan çoralarni körmagan  739  yuridik şaxsga nisbatan  2 549 million  sömlik  jarima çorasi qöllanilgan. Kelgusida nazorat  jarayoni yanada kuçaytirilib, har bir daraxtning unib-ösişi, gurkirab rivojlanişi uçun barça imkoniyatlar işga solinadi.

Boğ xodimining xavfsizligi

Madaniyat va  istirohat boği  xodimi turli  uçiş moslamalarini işlatadi. Murakkab tuzilişdagi attraksionlar ehtiyotkorlikni, xavfsizlik qoidalariga rioya qilişni talab etadi.  Kutilmaganda röy bergan texnik nosozlik xodimni ham, dam oluvçilarni ham hadiksiratib qöyadi. Köngilsiz hodisalarning oldini oliş uçun  amaliyotga joriy qilingan normativ-huquqiy hujjatlardan  har bir  boğ maʼmuriyati xabardor bölişi kerak. Bundan taşqari, dam oliş maskanida  tungi yoritkiçlar  örnatilgani  xavfsizlik  bölişini taqozo etadi.

Özbekiston Respublikasi  Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirining 2010 yilda qabul  qilingan “Boğlar hamda madaniyat va istirohat boğlari xodimlari uçun mehnatni  muhofaza qiliş qoidalarini tasdiqlaş haqida”gi  buyruği bu boradagi muhim  hujjat bölib, uni bugungi  kun talablari böyiça yanada takomillaştiriş zaruriyati kelib çiqdi. Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining masʼul xodimi  Begzod Begmatov mazkur hujjatning tahrir qilingan  ayrim bandlari xususida şunday dedi:

– Mazkur buyruqda boğ xodimlarining mehnatini muhofaza qiliş böyiça xavfsizlik talablari, ularni öqitiş, yöl-yöriq beriş, bilimlarini sinovdan ötkaziş, hayoti va soğliğini saqlaşga qaratilgan tadbirlar belgilangan. Istirohat boğlarida katta-kiçik attraksionlarni işlatişdan avval uni texnik körikdan ötkaziş, yonğin va elektr xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan bir qança talablar iş beruvçiga yuklatilgan. 2023 yilda  Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri tomonidan uşbu buyruqning 8, 9, 11, 30, 32, 72, 73-bandlariga zamon talabidan kelib çiqqan holda baʼzi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bunga muvofiq, ön sakkiz yoşga tölmagan  şaxslar  boğdagi zararli va xavfli  mehnat şaroitlariga jalb etilmasligi kerak. Xodimlarining soni ellik va undan  köp bölgan dam oliş maskanida  rahbariyat  tomonidan mehnatni muhofaza etiş böyiça lavozim  joriy etişi maqsadga muvofiqdir. Elliktadan ziyod transport vositasi  bölgan boğda  yöl harakati xavfsizligiga  javobgar  şaxs bölişi şart. Yangilangan buyruqda elektr qurilmalarini örnatiş va  foydalanişda xavfsizlik talablariga rioya etilişi yuzasidan  ham bir qança  qöşimça talablar  kiritilgan. Uşbu hujjat matni bilan mamlakatimizdagi har bir madaniyat va istirohat boği  rahbari taniştirilgan. Uning ijrosi qatʼiy taʼminlansa, şubhasiz, turli köngilsiz hodisalarning oldi olinadi.

Olis Çiroqçida köngiloçar maskan

Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi  tumani  Özbekiston xaritasidagi eng olis va  çekka joy  bölib, şimolda Samarqand viloyatining Nurobod va Pastdarğom, ğarbda Koson, şarqda Şahrisabz va Yakkaboğ, janubda Qamaşi, Ğuzor va Qarşi tumanlari bilan çegaradoş. Çiroqçi mahalla va qişloqlarida  270 ming  aholi  istiqomat qiladi. Turli qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştirib, viloyat iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan mehnat ahli uçun  köngiloçar maskan bunyod etilişi kerak edi.

Tuman markazida umumiy  maydoni 2,52 gektarlik  madaniyat va istirohat boğining  barpo etilişi  Çiroqçi infratuzilmasini butkul özgartirib yubordi. 2016 yilda foydalanişga topşirilgan  boğ may oyidan oktyabrga qadar  dam oluvçilarni öziga çorlabgina qolmay, tuman miqyosida ötkaziladigan ijtimoiy-siyosiy  tadbirlar iştirokçisiga ham aylantirmoqda. Navröz, xalqaro bolalarni himoya qiliş, yoşlar kuni, mustaqillik, öqituvçilar va murabbiylar  bayramida ötkazilayotgan tadbirlar bu  göşani fayzga töldirmoqda.

— Yangi boğ örnida moslaştirilgan oşxona, eski maişiy xizmat körsatiş uyi, oşxona va “Motamsaro ona” haykali bor edi. Zamonaviy tipdagi madaniyat va istirohat boğini quriş loyihasi  puxta işlab çiqilib, şu asosda  umumiy qiymati 2,5 milliard  sömlik  inşoot davlat-xususiy şeriklik tamoyiliga muvofiq, ikki yil içida qurib bitkazildi. Bu maskan nafaqat çiroqçiliklar, balki qöşni Ğuzor, Şahrisabz, Yakkaboğ, Qamaşi tumanlari aholisi uçun ham xizmat qilmoqda. 12 ta yirik va 11 ta kiçik attraksion, 300 kişilik amfiteatr, sport maydonçalari, xullas, barçasi muhayyo. Boğ hududi kökalamzorlaştirilgan va sunʼiy maysazorni artezian quduği orqali  suğoriş tizimi yölga qöyilgan. Çinor, pavloniya, tol, kaştan kabi manzarali daraxtlar  parvarişiga boğbonlarimiz masʼul. 6 ta doimiy  iş örni yaratilib, xodimlar örtaça 2-2,5 million söm oylik maoş olmoqda, – dedi mazkur madaniyat va istirohat boği  rahbari Şahzod Husainov.

Barça qulayliklari yaratilgan madaniyat va istirohat boğini bunyod etişga katta mablağ sarflanadi. Agar uni tadbirkor qurmoqçi  bölsa, katta pul tikadi va sarflagan sarmoyasini “çiqarib” oliş uçun  har bir xizmat turini pulli qiladi. Rivojlangan davlatlarda, xususan, London şahrida har bir qadam  yaşil obʼyekt. Maysazorga  gilamça töşab olgan kişilar oilaviy yoki jamoaviy dam olayotganini köriş mumkin. Turli attraksion va karusellar örnatilgan katta-katta boğlarga borişga hammaning ham vaqti, imkoni yöq. Uy oldidagi yaşil maydon qulay, beçiqim, istalgan paytda tabiat insonga bağrini oçadi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan boşlangan “Yaşil makon” umummilliy  davlat dasturi zamirida xuddi şunday  ezgu maqsad ifodalangan. Buning uçun yelib-yuguriş, bir yoqadan boş çiqarib, ter tökiş kerak. “Toşkent-Şarqiy” aerodromi yaqinida faqat daraxtzor va gullardan iborat 155 gektarlik dendropark bunyod etilayotgani, uning yonida 160 gektarlik maydonni işğol etgan Olimpiya şaharçasining barpo etilişi şunday  ezgu taşabbusning  yorqin namunasi. 2025 yilda yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlarini aynan şu manzilda  ötkaziş niyat qilingan. Ajab emaski, yaqin ön yillikda Özbekistonning şahar va tumanlarida xalqimizning maʼnaviy ehtiyojlariga yönaltirilgan yangidan-yangi boğ-roğlar yana ham köpayadi.

Hulkar TÖYMANOVA,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan