“Hurriyat”

Umrimizning gullagan bo'stonidirsan, “Hurriyat”,

Ko'nglimizning benazir osmonidirsan, “Hurriyat”.

 

Yurtimiz qo'rg'onida mehrin sochib uchgan Humo,

Tinchligim darvozasin posbonidirsan, “Hurriyat”.

 

O'zbekiston — ko'hna olam ichra tengsiz maskanim,

Yer yuzin ardoqlagan qo'rg'onidirsan, “Hurriyat”.

 

Yashnagay mangu duo Sohibqironning kaftida,

Ul adolat sohibin farmonidirsan, “Hurriyat”.

 

Charx uribdur Qodiriy boshida o'tgan kunlarim,

Sen jadidlar yetmagan armonidirsan, “Hurriyat”.

 

Ey, mening suygan dalam, tuprog'ida ungan nihol,

O'tmishimni kuylagan afg'onidirsan, “Hurriyat”.

 

Men g'azal gulzorida dil izlagan Axtamquli,

Baytlarimning oshig'i, dostonidirsan, “Hurriyat”!

 

AXTAMQULI

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 − 3 =