Uyushma kutubxonasiga tuhfa

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga ustoz jurnalist, taniqli adib Mamatqul Hazratqulov tashrif buyurib, Uyushma kutubxonasiga o'zining “Qizil va yashil”, “Qirg'oqsiz daryolar” hamda “Varaqsiz daftar” nomli kitoblarini tuhfa qildi.
“Qizil va yashil” nomli qissa va hikoyalar to'plamida yozuvchining uzoq yillar davomida yozilgan asarlaridan namunalar saralab chop etilgan. “Qirg'oqsiz daryolar” kitobida adabiyotimiz va san'atimizning darg'alari hayoti va ijodi, xulqining ibratli jihatlari haqidagi esselar o'rin olgan.
Mamatqul Hazratqulovning “Varaqsiz daftar” badiiy publitsistik asarida esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samaralari qalamga olinadi.
Keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan mazkur kitoblar jurnalistika bo'yicha ta'lim olayotgan yoshlar uchun muhim qo'llanma vazifasini o'taydi, deyish mumkin.
Aytish joizki, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining kutubxonasi bugunga kelib eng sara, eng o'qishli kitoblar bilan boyib bormoqda.
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi
Axborot xizmati.