Yosh rassomning Riga shahridagi ilk ko'rgazmasi

Davlatimiz rahbari tomonidan ayni paytda yurtimiz yoshlariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoshlarning turli sohalarda ko'plab yutuqlarga erishayotgani buning yaqqol isbotidir. Hozirda matematika deysizmi, xorijiy til deysizmi yoki sportning turli yo'nalishlarida ham kelajagimiz egalari ilg'or.

Ana shunday yoshlardan biri Abbos To'rayev. U hali 20 yosh bo'lishiga qaramay, yuqori natijalarni qo'lga kiritmoqda. Bolaligidan tasviriy san'at, rassomchilikka qiziqdi. Uyining devorlariga turli xildagi rasmlarni chizardi. Shu sabab san'at maktabida o'qidi va uni a'lo baholar bilan tamomladi. Hozirda Latviya poytaxti Riga shahridagi Amaliy san'at universiteti talabasi.

Abbosning bolalikdagi qiziqishlari katta maqsadlarga aylandi. Hozirda u turli xil rakurslardagi rasmlarni yaratmoqda.

Mana shu rasmlari orqali Riga shahridagi Kreativ san'at markazida Abbos To'rayevning “Evrilishlar (Metamorfozalar)” nomli shaxsiy ko'rgazmasi bo'ldi.

— Bu Riga shahridagi birinchi taqdimotim, – dedi yosh rassom. — Bolalik paytlaridan tasviriy san'atga mehrim bo'lakcha. Shaxsiy ko'rgazmam bo'lishini doim orzu qilardim. Yaratganga shukrki, mana shu istagim ijobat bo'ldi. Bunda yurtimizda biz yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar juda asqotdi, — dedi yosh ijodkor A.To'rayev.

Yurtimizda Abbos To'rayev kabi mana shunday iqtidorli yoshlar ko'p ekan, shubha yo'qki, kelajakda O'zbekiston boy merosini o'z asarlarida tasvirlab, ona diyorimizni dunyoga tanitishda ular aslo bo'sh kelishmaydi.

Muhammadsodiq Salimboy o'g'li.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × five =