Ozarbayjonlik jurnalistlar faxriy a'zolikka qabul qilindi

O'zbekiston ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat mamlakatimiz vakillari shu kunlarda Boku shahrida “Raqamli transformatsiya va media” mavzusidagi II O'zbekiston-Ozarbayjon media-forumida ishtirok etmoqda.

Bugun forum doirasida ikki davlat media sohasida hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish, raqamli yangilanish jarayonlariga moslashish, dezinformatsiyaga qarshi samarali choralar ko'rish va axborot sohasida intellektual hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda ikki davlat idoralari va media tashkilotlar rahbarlari, jurnalistlar hamda kommunikatsiya sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Forumning asosiy maqsadi qo'shma media loyihalarni amalga oshirish, kadrlar salohiyatini oshirish va kasbiy tajribani boyitishdan iborat.

Mazkur mediaforum doirasida O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov hamkasbi – Ozarbayjon Matbuot kengashi raisi Rashad Mejid,  shuningdek, “Azxeber.com” veb-sayti direktori Afseleddin Agalarov, “Azxeber.com” veb-sayti bosh muharriri Hajibey Haydarli, “Editor.az” veb-sayti bosh muharriri Farid Shahbazliga uyushma faxriy a'zolik guvohnomalari va nishonlarni tantanali ravishda topshirdi.

Ta'kidlash joiz, yaqinda o'tkazilgan O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Boshqaruvi yig'ilishida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish,  do'stona munosabatlarni rivojlantirishdek ezgu ishlarga munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh ozarbayjonlik media soha vakillari uyushma faxriy a'zoligiga qabul qilingan edi.

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

 Axborot xizmati.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

11 − five =