“THE LONDON POST” muharririga “Oltin qalam” topshirildi

Buyuk Britaniya Parlamentining Lordlar Palatasida “The London Post” axborot portali muharriri Raza Saidga “Oltin qalam” mukofotini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o'tkazilgan “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda Raza Said “Chet ellik jurnalistning O'zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi.

R.Said O'zbekistondagi islohotlarni keng qo'llab-quvvatlab, buni Birlashgan Qirollik jamoatchiligiga yetkazishda faollik ko'rsatib kelmoqda. Uning muallifligida Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga bag'ishlangan “EM Insight” jurnalining birinchi soni nashr etildi. Nashrning 10 ming nusxadan iborat adadi diplomatik korpus va ekspert-siyosatshunoslik hamjamiyati orasida, shuningdek, Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari, jumladan, Oksford universiteti, Imperial va Kings kollejlari kutubxonalarida tarqatildi.

Marosimda “The London Post” axborot portali muharriri Raza Saidga “Oltin qalam” statuetkasi, diplom-plaketka va pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

20 − two =