“Bugun Navoiy tuğildi!”

Abdulla Oripov:

“Men ham erta tongda kasalxona derazalarini oçib yuboraman va butun borliqqa beixtiyor izhori dil qila boşlayman:

— Bugun Navoiy tuğildi!”

 

Hanifa aya xotiralaridan:

“2013 yilning qiş faslini Istanbulda ötkazdik. 9 fevral — Navoiy boboning tavallud topgan kunlarida Abdulla aka Turkiya davlati, Istanbul şahri “Samo” kasalxonasining jonlantiriş bölimida yotgandilar. “Bu yil Navoiyning tuğilgan kunida qatnaşa olmayapman” deb juda bezovta böldilar. 1968 yil “Navoiy” şeʼrini yozganlari hamon keçagidek esimda, biz Çilonzor tumanida istiqomat qilar edik.

Beş yuz yil unga ham nima gap axir,

Mingga qadam qöydi yigirma beş yoş, —

misralari bilan tugaydigan şeʼrlarining yoziliş jarayoni. Öşa yillardan beri bizning xonadonimizda Navoiy bobomizning tavallud ayyomlarini albatta oş qilib nişonlardik. “Navoiy bobomiz juda noziktaʼb, injiqqina bölganlar-da, biror marta ham şu kunda havo oçiq bölmaydi: yo qor, yoki yomğir yoğib, izğirin böladi”, derdilar. Juda köp maqolalar yozganlar. Biror marta takror gap aytmas, albatta, biror-bir yangi taşbeh topar edilar.

Kasalxonada ham özlari osma ukolda yotgan bölsalar-da, menga şu maqolani aytib turib yozdirdilar. Yuz marta öçirib, yuz marta köçirdim. Maqolaning qoralamasi tayyor böldi. Nihoyat, palataga çiqdik. Ança yaxşi bölib qoldilar. Keçasi bilan maqolani qayta-qayta işladilar. Ilhomjon kasalxonaning kompyuterida bir neça martalab köçirib çiqdi…

Abdulla Oripov:

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga!

Hurmatli rais!

Mening olisdan yuborayotgan uşbu maktubimni navoiyxonlik kunlarida barçaga öqib eşittirişingizni sörayman.

Hazratning tavallud kunlarini xorij safarida nişonlaşimga töğri keldi. Zero, buning heç bir ajablanadigan joyi yöq.

Navoiy jahon şoiridir va bölganda ham birinçisidir. Mening nazarimda, bu maqom Navoiy hazratlariga abadul abad berilgan. Men hamişa öylaganimni söylaşga harakat qilib kelganman. Deymanki, xalqimizning qaysidir fazilati Parvardigori olamga yoqqan ekanki, öz arşidan Navoiydek şoirni bizga tuhfa qilib yubormişdir.

Navoiy bobomiz özlarining bir xalqqagina emas, jami turkiy elatlarga, ahli dunyoga mansubligini yaxşi bilganlar.

Agar bir qavm,

Gar yuz, yöqsa mingdur.

Muayyan turk ulusi

Xud meningdur.

Alişer Navoiy nomini eşitgandayoq qalbimiz quvonç va iftixorga tölib ketadi. Inçunin, u zotning tuğilgan kunlarida bu iftixorning adoği bölmas.

Men ham erta tongda kasalxona derazalarini oçib yuboraman va butun borliqqa beixtiyor izhori dil qila boşlayman:

— Bugun Navoiy tuğildi!

Abdulla ORIPOV,

Özbekiston Qahramoni,

Xalq şoiri.

Fevral, 2014 yil. Istanbul.

(Uşbu bitik matbuotda ilk bor  eʼlon qilinmoqda)

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan