“Ipak yo'li durdonasi”

Yurtboshimizning kino san'atiga e'tibori tufayli Toshkent yana xalqaro kino anjumani o'tkaziladigan shaharga aylandi. Bundan 53 yil, ha, yarim asrdan ko'proq vaqt avval, ya'ni 1968 yilda ilk bor Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan saralab olingan filmlar namoyish etilgan Toshkent xalqaro festivali kecha 28 sentyabrdan qayta tiklanib, yana o'z faoliyatini bosh­ladi. Poytaxtimizdagi Kinochilar uyi­­da “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kino festivalining tantanali ochilishiga bag'ish­langan kecha bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ipak yo'li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kino festivalining ochilishi bilan mashhur aktyor va rejissyorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar, kinoshunos olimlar, taniqli madaniyat arboblarini samimiy muborakbod etib, festival qatnashchilariga tabrik yo'lladi. Tabrikni O'zbekis­ton Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o'qib eshittirdi.

… Dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ziyod san'at ustalari, jahon kino yulduzlari ishtirok etayotgan ushbu anjuman sohadagi bugungi rivojlanish jarayonlari, ijodiy izlanish va tajribalarni atroflicha tahlil etib, hamkorlik istiqbollarini belgilab olishda o'ziga xos muloqot maydoni, yosh ijodkorlar uchun mahorat maktabi bo'lib xizmat qiladi.

Aminmanki, qayta tiklangan, o'z tarixida yangi sahifa ochayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali zamonning o'zi talab qilayotgan ana shunday yuksak badiiy mezonlar ruhida o'tadi.

Ishonchim komil, XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ko'pmillatli O'zbekiston xalqi uchun chinakam san'at bayramiga aylanib, yangi nom va iste'dodlarni kashf etadi, kinoijodkorlar va kino ixlosmandlari xotirasida yorqin taassurotlar qoldiradi, dedi Prezident o'z tabrigida.

O'z muxbirimiz.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 + eight =