Toshkent avtotirbandlikda… Qanday yechim bor?
Hozir ishxonadan uyga bir yarim soat deganda yetib keldim. Toshkent ko'chalarida ertalab va kechki payt shu darajada katta tirbandliklar kuzatilyaptiki, mashina haydaganingga “eh” deb yuborasan.
O'tiraverasan, o'tiraversan, yurishing toshbaqa yurish. Biroz joyingdan siljiysan, yana kutasan. Shu zaylda ayrim chorrahalardan o'tib ketish 20-30 daqiqagacha boryapti. Bilmadim, balki undan ham ko'p yoki kamroqdir. Taxminan shunday va bu oz vaqt emas.
Qani edi butun shahar metrolashtirilsa, poytaxtning eng chekka hududlarigacha yetib borsa-yu, shunday vaqtlarda maza qilib foydalansang…
Bu “probka”larga ko'plab omillar sabab bo'lmoqda. Eng asosiylari qatorida rejasiz qurilayotgan yo'l yoqasidagi ko'p qavatli uylar, do'konlar, bozorlarni aytish mumkin. Katta-katta chorrahalar yaqiniga ham “dom”lar tushib yotibdi. Bu joylarga qavat-qavatli ko'priklar qurilishi kerak emasmi?
Shaharda mashinani qo'yish uchun “stoyanka” yo'q, borlarining ham joylari sotilib, “soqqa” qilib yuborildi. Mana, ahvol… Sergeliga kirish, mashina bozor, Yunusobodga borish, aeroport yo'li, Chilonzor-Oqtepa chorrahasi, ehhe, bunday muammoli hududlar Toshkentning barcha tumanida xohlagancha topiladi.
Shu tirbandlikda tez tibbiy yordam mashinalari harakatlanishga qiynalmoqda. Manzilga borgunicha bemorlarga jabr bo'lyapti.
Katta-katta ko'priklar qurish vaqti o'tib ketyapti. Xitoy, Yaponiya, AQShni olaylik. Bizning hukumat vakillari shu davlatlarga borib, osmono'par ko'priklar ustidan ko'p marta o'tishgan-ku?! Nahot shu zamonaviy texnologiyalarni chin yurakdan va vijdonan bizda ham bunyod etish haqida o'ylash mushkul bo'lsa…
Manba: platformauzb
telegram kanali
