O‘zimizdan so‘zlasak…

 

Keyingi paytlarda odamlar nasl-nasabi, bobo-yu bobokalonlari, qarindosh-urug‘lari, tanish-bilishlarining mansab-martabalari bilan ko‘p maqtanadigan bo‘lib qolishdi.

Yoki bunday: “Mening bobom duoxon o‘tgan, u o‘qib daryoni teskari oqizgan…”, “Mening avlodlarim eshon, butun xalq ularga murid bo‘lib, hurmatigayetgan”, “Mening tog‘am rais…”, “Mening yuqorida akaxonim ishlaydi, har qanday muammonishest sekundda” hal qilib qo‘yadiva hokazo

Tabiiyki, eshonlar ham, rais­lar ham, fe’lixo‘yiga qarab, har xil o‘tgan. Hazrat Naqshband (Bahouddini Balogardon) ham eshon bo‘lgan, ammo u kishidil ba yoru, dast ba kor”, deya o‘z rizqini mehnat bilan halol topgan. Do‘kchi eshon (Muhammad Ali halfa) bobomiz butun bir millatning g‘amu qayg‘usi bilan yashagan, Andijonda milliy ozodlik harakatiga (1898) rahnamolik qilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning piri Xo‘ja Abdulla eng og‘ir damlardamen adolat yo‘lida jon berishdan qo‘rqmayman!” (Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Roman. Toshkent, 1979.–B. 146), — deya o‘limning ko‘ziga tik qaragan edi. Albatta, bunday ulug‘larimizni har qancha eslasak, ularning ilmini o‘rgansak va g‘ururlansak arziydi.

Har qadamda ajdodining eshon bo‘lganiyu o‘zining eshonzoda ekanligi, “akaxonlariyu mansabdor qudaandalari bilan, hayotida biror yaxshilikka yaramagan, umrida ilinjsiz, g‘arazsiz biror ish qilmagan va sizga qarab, tap tortmay, “mening ajdodim eshon o‘tgan, duo­si bilan daryoni quritgan, sen kim bo‘psan!”, deya ko‘zlarini lo‘q qilib turgan kishiga nima ham derdingiz? “Xudo insofingni bersin”, deysizda.

Yana birov internetda ma’ruza qilib, “kimki pirga qo‘l bersa, hatto Azroyil ham pirning ruxsatisiz murid jonini ololmasligi haqida lof urib o‘tiribdi” (Tariqat taraqqiyotga qarshimi? Sultonmurod Olim bilan suhbat//Tafakkur, 2018.№3.–B.39.). Gapni qaranga.

Azayimxonlik bilan daryoni teskari oqizadigan kishini kim ko‘ribdi? Axir nafasi shunday ilohiy quvvatga ega zotlar haqiqatan mavjud bo‘lsa, ularni ko‘z qorachig‘iday asrab, ular yordamida bekordanbekor oqib yotgan daryolarni cho‘lu biyo­bonlarga boshqarib, uyerlarni bog‘u bo‘stonga aylantirsak, behad savoblarga qolmasmidik? Qanchadanqancha texnika, ishchi kuchi, vaqt tejalardiHay-hay. O‘shanday eshonlarning umri bekordan bekorissiqsovuqqilish bilan o‘tib ketibdiya. Afsus, ming afsus.

Hozirgi zamonda kishilar naslnasabi haqida faxr, g‘urur bilan gapiradilar, dedik. O‘ylab ko‘rsak, bu ham erkinlik, ozodlik ne’mati. Butun bir xalq, millat ozodu mustaqil bo‘lib, so‘z erkinligiga erishgandan keyin, avvalgidek hadiksiramay, ko‘nglida borini gapiradigan bo‘lib qoldi. Bunday zamonga tasannolar bo‘lsin. Bungacha esa….

Boboyu bobokalonlaring kim o‘tgan?

Dehqon bo‘lganlar, chorikorlik qilganlar

Boylarning qo‘lida ishlaganlar

Savodi bo‘lganmi ularning?

Yo‘q, harf tanimaganlar. — … barmoqlarini siyohga botirib qo‘l qo‘yganlar

Agar arxivlardagi, o‘tgan asr­ning 30-40-yillarini qo‘yaturib, 50-60-yillarida ham ba’zi davlat idoralarida tuzilgan bayonnomalarni ko‘zdan kechirilsa, ularda yozib qoldirilgan xuddi shunday savoljavoblarga duch kelinadi. Binobarin, o‘sha paytlarda ajdodlarida savodli, arab alifbosini bilgan, hech bo‘lmasaHaftiyakni o‘qigan bo‘lsa, bas. Mas’uliyatliroq vazifadan umid qilmay qo‘yaversin edi. Savodi, iqtidori hech qandayrolo‘ynamaydi. Aravakashligini qilib yuraversin! Vassalom. Yakuniy xulosa shunday bo‘lgan. Natijada qatag‘on qilingan mulla, xatib, eshonlarning bolalari, hatto nevaralari ham ularni savodsiz edi deya, arvohlariga tuhmat qilganlar. Boshqa iloji ham yo‘q edida, bechoralarning!

Bu qariyb mustaqillik yillarigacha davom etib keldi. “Oilasida qatag‘on qilinganlar bo‘lganmi?” Bu savol va javobi sobiq sho‘rolar mamlakatining har bir fuqarosi haqida maxsus idoralar g‘aladonlarida saqlanadigan ma’lumotlarlarning eng muhimi hisoblangan. Tasdiq javob uni egasining bundan keyingi hayot yo‘llarida g‘ov bo‘lib qolavergan

Endi esa kishilar nasl-nasablari bilan maqtanganicha, og‘izlari charchamaydi. Rostdanam sovodli, elu xalqqa yaxshilik qilib o‘tgan ajdodlar bo‘lsa-ku, bosh ustiga. To‘g‘ri, odamyetti pushtini bilmog‘i kerak. Ammo… keyingi paytlarda ba’zilar o‘z nasablarining biografiyasini “to‘qiy” boshladilar: “Mening boboyu bobokalonlarim Hisor begining otboqari bo‘lgan. Ibrohimbek qo‘rboshiga yordam bergan”. — “Meni otamning otasi Denov begining o‘lponchisi o‘tgan, ikki marotaba hajga borib kelgan”. — “Mening esa katta bobom Amir Olimxon haramida…” va h… Men faqir ularning biridan so‘rab qoldim: “Haram — bu nima?”.  “Bilmasam”. “Nega bilmay maqtanib yuribsiz? Axir, amirlarning haramida faqat axta qullar xizmat qilgan-ku!” “Yo‘g‘-e, men amirning idorasi deb o‘ylabman…”.

Xuddi shunday, ba’zi zamondoshlarimizning o‘z nasl-nasabini pesh qilib, mansabdor “akaxonlari” nomidan har joyda rostu yolg‘onni gapirib, lof urib yurishlari zamirida nima yotadi degan haqli savol tug‘iladi. Bu ham xalq urf-odatlariga bog‘liq bir hodisami? Axir, bu narsa boshqa millat xalqlarida uchramaydi-ku. Biror nemis, ingliz, frantsuz yoki grekning tanish-bilishlari, urug‘-aymog‘lari nomini o‘rtaga solib, “ish bitirganini” eshitganmisiz? Bo‘lsa bordir, ammo bizdagidek darajada emasdir?

Azaldan mavjud bo‘lib, bugun keng tomir otib borayotgan tanish-bilishchilik, mahalliychilik, mansabdor akaxonlar bilan maqtanish — bularning barining asosida turli xil tor manfaatlar yotmaydimi? Xal­qimiz tilidagi agar “Haqning nazariga tushmasang, eshak bozorida dallol ham bo‘lmaysan” degan matal zamirida ham xuddi yuqoridagi ma’no yashirinmaganmi? Nahotki, inson o‘z aqli, ilmi, malakasi, intilishlari natijasida yo‘lini topib keta olmasa, albatta Haqning nazari qolib, Alloh kechirsin, birovning “nazariga tushish” uchun yugurib-elsa… Birov “nazariga tushish”­ning soqqasi necha pul o‘zi? “Uchinchi odam”­siz nahot ishing bitmasa, mushkuling oson bo‘lmasa?!

Yaqinda internetda eskirgan sharqona “ag‘aynizm” odatlarimizga qarshi qaratilgan bir maqola o‘qib qoldim. Unda AQSh­dagi bir xususiy universitet haqida gap ketadi. Rektorining yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li shu oliygohga uch yildan buyon kirolmay yurgan ekan. Onasi ham shuyerda o‘qituvchi deng. Na ota, na ona bu ishga aralashmaydi. Bu masala bilan qiziqqan o‘zbek jurnalistiga: “Mening shaxsiy manfaatimdan Amerika manfaati ustunroq” deya javob qaytaribdi rektor.

Qaniydiki, bizning boshlarimiz ham xuddi shunday fikr yuritsa, hech ikkilanmay, el ko‘ziga tik qarab: “O‘zbekiston manfaati, xalq manfaati mening shaxsiy manfaatimdan ustunroq”, — deya olsak!

Yoki bizdagi “ag‘aynizm” sindromining boshqa yana sabablari bormikin? Odamlarimiz ruhiyatida “shusiz ishing bitmaydi” degan fikr o‘rnashib qolgan bo‘lsa-chi?

El ko‘ziga yaxshi ko‘rinish, soxta obro‘ga ega bo‘lish, shaxsiy ishlarini bajarish uchun mansabdor qarindoshlari, hamshaharlari nomini sotib, avlod-ajdodlari bilan og‘iz ko‘pirtirib maqtanib, shaxsiy ishlarini bajarib yurgan zamondoshlardan gohida so‘ragim keladi: “Qani, o‘zimiz nima qilayapmiz? Ikir-chikirlar atrofida o‘ralashib, maydalashib qolmadikmi? Ertaga avlodlar bizning nomimizni g‘urur bilan tilga oladigan biror savobli ishning boshini tutdikmi? Ular ham, vaqti kelib, mana bu bog‘ni otam yaratgan, mana bu kashfiyot otamdan qolgan, mana bu qasrni bobom qurgan (qurdirgan), mana bu chinorni… deya faxrlana oladilarmi?”

Shu topda miyamga kelgan bir fikr aytgan mulohazalarimga qarshi o‘zimni “so‘roq”qa tuta boshlaydi: Xo‘sh, avlodu-ajdodlari, qarindosh urug‘lari, tanish-bilishlari bilan maqtanish, faxrlanishning nimasi yomon ekan? Yaxshi, elaro obro‘li ekanki, g‘ururlanishadi, suyanishadilarda.

Ha, ko‘z tegmasin, omon bo‘lishsin. Ammo, bu g‘urur, faxr imonli har bir kishining avvalo botinida, beg‘araz bo‘lishi kerak nazarimda. Kechagina amakim, jigarim, urug‘imu aymog‘im deb yurgan ayrim zotlarni bugun mansabu martabasidan ayrilgach, yo bosh­qa sabab hech o‘ziga “yaqinlashtirmaydi”lar-ku.

— Ha, u kishimi, yo‘q, mening ustozim emas, aksincha, aloqamiz yaxshi bo‘lmagan…

— U odammi? E, yo‘g‘-a, umuman bizning qishloqdan emas. — Bizmi, biz aslida haligi … odam borku … o‘sha kishi kennoyingizga uzoqroq qarindosh bo‘ladilar. Biror xizmat bo‘lsa…

Bozor Ilyos al-Amin.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

11 − 6 =