Özini iş bilan band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi “Özini özi band qilgan fuqarolar uçun vaqtinçalik mehnat guvohnomasini joriy etiş töğrisida”gi qarori aholi bandligini taʼminlaşga munosib xizmat qiladi. Uşbu qaror bilan “Özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomasi beriş tartibi töğrisidagi Nizom” tasdiqlandi.
Ularga qanday imtiyozlar bor?
Özini özi band qilgan fuqarolar — mehnatidan daromad oladiganlar, yaʼni jismoniy va yuridik şaxslarga xizmat körsatib, maʼlum iş bajarişni mustaqil amalga oşiradi, lekin yakka tartibda tadbirkor deb röyxatga olinmagan hamda yollanma mehnatdan foydalanmaydi. Ularning mehnat staji hisobga olinib, rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi evaziga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari rasmiylaştiriladi.
Mehnat organi tavsiyasiga köra, kamida 6 oy amal qiladigan muddatga mehnat guvohnomasini rasmiylaştirgan şaxslar öz faoliyat turi uçun imtiyozli mikrokredit olişi mumkin. Şuningdek, özini özi band qiluvçilarga qisqa muddatli kasbga tayyorlaş, malaka oşiriş, şuningdek, tadbirkorlik könikmalarini örgatiş kurslarida bepul öqitiş kafolatlangan.
Hunarmandçilik faoliyati subʼyektlari hamda fermer xöjaliklarida mehnat qiladiganlar özini özi band qiluvçilar hisoblanmaydi.
Mazkur qarorga asosan tasdiqlangan röyxatga kiritilgan 24 ta faoliyat (xizmatlar, işlar) turlari böyiça mehnat organlari tomonidan, doimiy yaşaş joyidan qatʼi nazar, vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladi.
Ular soliq tölovçimi?
Mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan fuqarolarning arizasi asosida, Nizomga muvofiq taqdim qilingaç, hujjatga ega bölgan fuqarolarning olgan daromadlariga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği solinmaydi, ular mehnatiga haq tölaş Yagona ijtimoiy tölovlarni hisoblab çiqariş obʼyekti hisoblanmaydi.
Şuningdek, mehnat faoliyati haqiqatda bajarilgan yoki bajarilmaganligidan qatʼi nazar guvohnomada körsatilgan davrda yoşga doir, nogironlik va boquvçisini yöqotganlik pensiyasini hisoblaş uçun qabul qilinadigan iş stajiga ega böladi.
Mehnat guvohnomasi ariza beruvçining xohişiga köra 1 oydan 12 oygaça bölgan muddatga beriladi.
Şuni alohida aytiş kerakki, özini özi band qilgan fuqarolar jamoat işlariga, öz xohişiga köra, belgilangan tartibda jalb etilişi mumkin. Vazirlar Mahkamasining uşbu qarorida belgilangan qoidalar joriy yilning 1 sentyabridan boşlab amaliyotga taqdim etiladi.
Asliddin Usmonov,
Samarqand viloyati bandlikka
kömaklaşiş markazi boşqarmasi boşliği.
