“Madaniy merosni asraşda kamarbastamiz!”
Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş Butunjahon jamiyati Parijda yuridik röyxatdan ötkazilib, rasmiy maqomga ega böldi.
Toşkent, Termiz, Buxoro va Samarqand şaharlarida “Özbekiston – buyuk yöllar va sivilizatsiyalar çorrahasi: imperiyalar, dinlar va madaniyatlar” mavzuida şu yilning 22-27 avgust kunlari madaniy meros haftaligi ötkazilganligi maʼnaviy-maʼrifiy yönalişda katta voqea böldi. Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (“ÖzEOAVMA”), Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, boşqa vazirliklar va idoralar hamda xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda, şuningdek, neft sohasida xizmat körsatuvçi “Eriell Group” kompaniyasi kömagida ötkazilgan anjuman doirasida konferensiyalar, körgazmalar, taqdimotlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy muloqotlar, tarixiy obidalarga sayohatlar, madaniy-maʼrifiy keçalar taşkil etildi.
“Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş Butunjahon jamiyatining III kongressi”da dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlaridan kelgan olimlar, mutaxassislar, muzey, kutubxona va boşqa ilmiy muassasalar rahbarlari, yetakçi ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi. Mazkur kongressda Özbekiston madaniy merosini örganiş va saqlaş bilan boğliq maʼruzalar tinglandi, yangi kaşfiyotlar eʼlon qilindi.
Taʼkidlaş joizki, kongress arafasida Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş Butunjahon jamiyati Parijda yuridik röyxatdan ötkazilib, rasmiy maqomga ega böldi.
Kongress yakunida Butunjahon jamiyati aʼzolari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevga murojaatnoma qabul qildi.
Murojaatnomada jumladan şunday deyiladi:
“…Yangi Özbekistonni rivojlantiriş va taraqqiy ettiriş yölida zaruriy şart-şaroitlarni yaratişga yönaltirilgan yuksak faoliyatingiz uçun Sizga samimiy ehtiromimizni izhor etişga ijozat etgaysiz. Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştirişga yönaltirilgan va “Moddiy va nomoddiy merosni asraş: dolzarb muammolar va ularni hal qiliş strategiyasi” mavzuidagi xalqaro konferensiya qatnaşçilariga yöllagan tabrigingizda tilga olingan taşabbuslaringizni biz öta muhim ahamiyatga ega deb bilamiz.
Uşbu taşabbuslarni tölaqonli baholaşimizga imkon bergan Özbekiston madaniy merosi haftaligi davomida yaratilgan ajoyib imkoniyatlar uçun Sizdan minnatdormiz.
Taʼkidlaş joizki, yuksak qöllab-quvvatlaşingiz tufayli amalga oşirilayotgan uşbu loyiha özlarining kasbiy qiziqişlarini, ayni paytda ilmiy hayotining, özini ham Özbekistonni örganiş bilan boğlagan xorijiy va mahalliy olimlarni birlaştiriş uçun misli körilmagan şaroitlar yaratdi. Dunyo ilmiy kuçlarining birlaşuvi, olimlarning öziga xos xalqaro ilmiy laboratoriyasi yuzaga kelgani jamiyatimizning kuçli tomonlaridan biri deyiş mumkin. Şunga boğliq ravişda biz Özbekistonga madaniyat va sanʼat tarixiga oid tadqiqotlar, maʼrifat va taʼlim sohalarida har tomonlama kömak berişga tayyor ekanligimizni bildiramiz.
Fursatdan foydalanib, özbek xalqiga xos şarqona mehmondöstlik uçun çuqur minnatdorçilik izhor etib, Sizga mustahkam soğliq, insonparvar maqsadlaringizda va gullab-yaşnayotgan Özbekistonni rivojlantirişga yönaltirilgan samarali işlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!”
Taʼkidlaş joizki, mazkur jamiyat aʼzolari tomonidan şu paytga qadar “Özbekiston madaniy merosi dunyo töplamlarida” loyihasi doirasida 20 ta kitob-albom çop etildi va yana 13 tasi naşrga tayyorlanmoqda, 30 dan ortiq hujjatli filmlar suratga olindi.
