Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoşlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Mana şu quvonçli ayyomda siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan çin qalbimdan tabriklaşga ijozat bergaysiz.
Bundan yigirma sakkiz yil oldin Birinçi Prezidentimiz, muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimov xalqimiz va jahon hamjamiyatiga Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi.
Ötgan qisqa davrda jonajon Özbekistonimiz maşaqqatli, şu bilan birga, şarafli istiqlol yölini bosib ötdi.
Bugun bir haqiqatni katta ğurur va iftixor bilan aytişga töla asosimiz bor: mard va matonatli xalqimiz qançalik qiyin va oğir sinovlarga duç kelmasin, özining mustahkam irodasini namoyon etib, özi tanlab olgan mustaqillik yöliga doimo sodiq bölib kelmoqda.
Bugun Özbekiston öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga dadil qadam qöymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qiliş, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlaş asosida Özbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” degan ustuvor ğoya biz uçun dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Milliy yuksaliş deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmuş sifatini har tomonlama yuqori bosqiçga kötarişni tuşunamiz.
Davlatimiz, el-yurtimizning salohiyati va kuç-qudratiga tayanib, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanib, biz öz oldimizga qöygan ana şunday maqsadlar sari izçil qadam qöymoqdamiz.
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Biz bugun qanday islohotlarni, qanday özgarişlar, qanday yangi loyihalarni amalga oşirayotgan bölmaylik, ularning barça-barçasi yagona, uluğ bir maqsadga qaratilgan. U ham bölsa, mana şu mehnatkaş, zahmatkaş, olijanob xalqimizni rozi qiliş, hayotning barça sinovlarini matonat bilan yengib yaşayotgan vatandoşlarimizning işonçini oqlaş, oğirini yengil qilişdan iboratdir.
Lekin hammamiz yaxşi tuşunamizki, bunday uluğ maqsadlarga öz-özidan, quruq va balandparvoz gaplar bilan erişib bölmaydi. Bunday marralarga faqat tinimsiz, oğir va fidokorona mehnat bilan erişiladi.
Şu maqsadda sönggi yillarda davlat va jamiyat boşqaruvi, sud-huquq tizimini takomillaştiriş, mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlaş, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga ötiş böyiça katta işlar amalga oşirilmoqda. Xususiy mulk va tadbirkorlik uçun keng şaroit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlanmoqda.
Qişloq xöjaligida tub islohotlar olib borilmoqda. Bu yilgi tabiat qiyinçiliklariga qaramasdan, mirişkor fermer va dehqonlarimiz mardona mehnat qilib, köplab sohalarda möl hosil yetiştirdilar.
Fursatdan foydalanib, barça dehqon va fermerlar, dala mehnatkaşlarini xalqimiz farovonligini taʼminlaş yölida erişayotgan katta yutuqlari bilan samimiy tabriklaşni öz burçim, deb bilaman.
Aziz döstlar!
Yurtimizda ijtimoiy rivojlaniş böyiça öziga xos tizim şakllanmoqda. Bu borada “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Yoşlar – kelajagimiz”, “Beş ijobiy taşabbus” kabi dasturlarimiz aholini yangiça fikrlaş va işlaşga safarbar etişda muhim rol öynamoqda. Buning natijasida yuzlab tuman, şahar va qişloqlarning meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanmoqda.
Ilm-fan, taʼlim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport sohalarida bölayotgan katta özgarişlar ham sizlarga yaxşi maʼlum.
Biz umumtaʼlim maktablarida 11 yillik tizimni tikladik. Maktab taʼlimini rivojlantiriş masalasi buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda oliy taʼlim sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Faqat keyingi uç yilda 35 ta yangi oliy öquv yurti taşkil qilindi va ularning umumiy soni 112 taga yetdi. Bularning 13 tasi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ekanini alohida taʼkidlaş lozim.
Soğliqni saqlaş sohasining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş doimo eʼtiborimiz markazida bölib kelmoqda. Yurtimizda köplab yangi şifoxonalar, tibbiyot markazlari, oilaviy va xususiy klinikalar faoliyati yölga qöyilmoqda.
Keyingi yillarda kam taʼminlangan, nogironligi bölgan insonlar, yoşlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Bu borada Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, Nogironligi bölgan insonlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etilganini qayd etiş lozim.
Aholi, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş biz uçun eng dolzarb vazifa bölib kelmoqda. Bizning barça iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarimiz, yirik investitsiya loyihalarimiz, xizmat körsatiş sohasini rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarimizning markazida aynan şu muhim masala asosiy maqsad va vazifa bölib turibdi.
Uzoq vaqt davomida ötkir muammo bölib kelgan aholini uy-joy bilan taʼminlaş böyiça ham yurtimizda yangi davr boşlandi, desak, xato bölmaydi.
Mamlakatimizning madaniy hayotida ham ulkan özgarişlar yuz bermoqda. Birinçi marta Şahrisabz şahrida Xalqaro maqom sanʼati anjumani, Termiz şahrida Xalqaro baxşiçilik sanʼati festivali katta muvaffaqiyat bilan ötkazildi. Kuni keça Samarqand şahrida yuksak saviya va baland ruh bilan ötkazilgan “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali betakror mumtoz sanʼatimizni yana bir marta dunyoga namoyon etdi. Sentyabr oyida esa Qöqon şahrida ilk bor Xalqaro hunarmandçilik festivalini ötkazamiz.
Biz maʼnaviyat va maʼrifat işini vatanparvarlik işi, vijdon işi, deb bilamiz. Vijdoni, maʼnaviyati bor inson Vatanni albatta yaxşi köradi. Vijdon, maʼnaviyat degani – xalqqa, Vatanga çin yurakdan xizmat qiliş deganidir.
Mana şunday qaraş butun xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz tomonidan keng va qizğin qöllab-quvvatlanayotgani maʼnaviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini körsatadi.
Aziz döstlar!
Özbekiston inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlaş böyiça mustaqil siyosatini qatʼiy davom ettirmoqda va bu siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Mamlakatimizda mahbuslarni afv etiş instituti joriy etildi. Keyingi uç yilda yetti marta afv eʼlon qilindi. Natijada qilmişidan çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 4 mingga yaqin mahbus jazoni ötaş joylaridan ozod etildi.
Kuni keça afv etiş haqidagi yana bir farmonga imzo çekdim. Unga köra jazo muddatini ötayotgan 65 nafar fuqaro afv etildi.
Tasavvur qiling, öz uyiga, yaqinlari bağriga qaytayotgan bu insonlarning, ularning ota-onasi, farzandlarining quvonçi, xursandçiligini “oynai jahon” orqali körgan odam, bu haqiqatan ham ezgu va savobli iş ekaniga yana bir bor işonç hosil qiladi.
Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jasliq qörğonidagi jazoni ijro etiş koloniyasi yopilgani insonparvar siyosatning yana bir ifodasi böldi.
Bu tarixiy qadam mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş vaqtinçalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayon ekanini körsatadi.
Bugungi kunda Özbekiston öz fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bölişidan qatʼi nazar, himoya qilişga qodir mamlakat sifatida özini namoyon etmoqda.
Çet ellarda işlayotgan va taʼlim olayotgan vatandoşlarimiz bilan aloqalar mustahkamlanib, ularning huquq va manfaatlari taʼminlanmoqda. Özbekistonga qaytib, iş yoki öqiş faoliyatini davom ettiriş istagida bölgan fuqarolarimiz uçun zarur şaroitlar yaratilmoqda.
Bu yil 156 nafar vatandoşimiz – asosan ayollar va bolalar jangovar harakatlar davom etayotgan Suriyadan qaytarib olib kelindi va ularning fuqarolik huquqlari tiklandi.
Albatta, keçirimli, mehr-oqibatli böliş xalqqa ham, Xudoga ham manzur böladi. Mana şunday ezgu fazilatlar bizning bağrikeng xalqimizni yanada uluğlaydi.
Hurmatli vatandoşlar!
Hozirgi vaqtda Özbekiston taşqi siyosat sohasida ham faol va samarali faoliyat olib bormoqda. Uzoq va yaqindagi barça davlatlar, xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarimiz tobora kengayib, rivojlanmoqda.
Avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlari örnatilib, özaro manfaatli aloqalar yölga qöyilmoqda. Minglab oddiy odamlarning çegaralardan bemalol ötişi, mintaqamiz böylab erkin harakatlanişi, qarindoş-uruğlari bilan bordi-keldi qilişlari uçun barça şaroit yaratildi.
Özbekiston mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişda, Afğonistonda tinçlik örnatişga qaratilgan muloqotlarda faol iştirok etmoqda.
Bularning barçasi mamlakatimizning xalqaro maydondagi obrö-eʼtiborini oşirişda, yurtimizning döstlari va hamkorlarini köpaytirişda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Fursatdan foydalanib, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni qöllab-quvvatlab, xayrixoh bölib kelayotgan, bugungi tantanada iştirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elçilariga, xalqaro taşkilotlar vakillariga, çet ellik şeriklarimizga, Özbekistonning barça döstlariga samimiy hurmat va minnatdorlik bildirişga ijozat etgaysiz.
Muhtaram yurtdoşlar!
Hayotimizda tinçlik-totuvlik, millatlar va dinlar örtasida döstlik va hamjihatlik mustahkamlanib bormoqda. Biz buni barça islohotlarimizning kafolati, eng muhim natijasi, deb bilamiz.
Bugungi kunda amalga oşirayotgan islohotlarimiz, xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga kötarilgani tufayli jamiyatimizda oçiqlik va erkinlik muhiti tobora kuçayib bormoqda.
Odamlar taşabbus körsatib, nafaqat öz şaxsiy muammosi, balki köpçilikning dardu taşvişlarini hal qiliş uçun davlat idoralari bilan hamkorlikda işlaşga örganmoqda.
Bilasizlar, men mamlakatimiz böylab juda köp safarlarda bölaman. Joylarda, olis tuman, qişloq va ovullarda bölib, yangi-yangi iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni joriy etişga, odamlar nima bilan yaşayapti, ularning ahvoli, kayfiyati qanday ekanini yaqindan bilişga, ularni qiynayotgan muammolarni yeçiş uçun yordam berişga intilaman.
Mana şunday oçiq, samimiy muloqotlar asosida bugun xalqimiz bilan köp-köp murakkab, muhim masalalarni birgalikda hal qilmoqdamiz. Va bu odamlarimiz qalbida kelajakka işonç uyğotib, ularni yangi, ulkan marralar sari ruhlantirmoqda. Heç şubhasiz, bu – bizning eng katta yutuğimizdir.
Şu uluğ ayyomda har qanday oğir sinov va maşaqqatlarda ham Vatanimiz mustaqilligini asrab, uning barqaror taraqqiyotini taʼminlab kelayotgan mard va bağrikeng xalqimizga halol va fidokorona mehnati, istiqlol ğoyalariga sadoqati uçun çuqur taʼzim qilaman.
Muhtaram vatandoşlar!
Albatta, hayot bor ekan, uning ötkir talablari, muammolari bölgan va bundan keyin ham böladi. Lekin har qanday muammoni oqilona hal qiliş uçun, avvalo, birlik, hamjihatlik zarur.
Barçamizga, ayniqsa, rahbar va yetakçilarga çuqur bilim, aql-zakovat, sabr-toqat kerak. Şuning uçun “Jaholatga qarşi – maʼrifat” degan fikrda katta maʼno bor. Bu ğoya faqat diniy tarbiya bilan boğliq işlarda emas, balki hayotimizning barça sohalarida hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Har bir masalani maʼrifat asosida çuqur öylab, xalqqa hurmat bilan, takror va takror aytaman, odamlar fikrini inobatga olib, faqat qonun va adolat mezoniga tayangan holda hal etsak, el-yurtimiz bizdan albatta rozi böladi.
Bugun zamon özgardi. Endi hammamiz erkinlik, oçiqlik, oşkoralik şaroitida işlaşga örganişimiz lozim. Barça rivojlangan davlatlar, dunyo hamjamiyati şunday yaşamoqda.
Davrning, hayotning keskin talablaridan orqada qolmaslik uçun barçamiz har kuni öqib-örganişimiz, öz ustimizda işlaşimiz, bilim va saviyamizni doimo oşirib borişimiz kerak.
Bizning tomirlarimizda uluğ ajdodlarimizning qoni oqmoqda. Buyuk bobolarimizning munosib izdoşlari va davomçilari böliş biz uçun ham qarz, ham farz, desam, öylaymanki, barçangiz bu fikrga qöşilasiz.
Öz Vatanini, ona xalqini ravnaq toptiriş uçun özini ayamasdan mehnat qiliş: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – töğri tarbiya va amaliy namuna demakdir.
Şu kunlarda özining fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qöşib, barçaga namuna bölayotgan yurtdoşlarimizga markazda va joylarda davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari tantanali ravişda topşirilmoqda.
El-yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilib, xalqimiz örtasida katta obrö-eʼtibor topgan ana şunday vatandoşlarimizni öz nomimdan, sizlarning nomingizdan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimizni bildirişga ruxsat etgaysiz.
Aziz döstlar!
Bugun bir fikrni qatʼiyat bilan taʼkidlaşni zarur, deb bilaman: Özbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi.
Biz mana şu yoruğ kunlar uçun kuraşib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va işonç közi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yölidan heç qaçon qaytmaymiz!
Öz maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk Özbekistonni barçamiz birgalikda barpo etamiz!
Qadrli vatandoşlar!
Hammamizga yaxşi maʼlumki, oldimizda katta siyosiy voqea turibdi. Şu yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengaşlarga saylovlar bölib ötadi.
Bu saylovlar milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlaş, Özbekistonni dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga kötarişda yana bir muhim amaliy qadam böladi.
Bu saylovlar butun xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimizning orzu-intilişlarini ifoda etib, ular uçun yangi imkoniyatlar oçib beradi, deb işonaman.
Bugungi kunda qança-qança bilimli, nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olgan, çet tillarni, zamonaviy boşqaruv usullarini yaxşi biladigan navqiron yoşlar hayotimizga kirib kelmoqda.
Ular bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Şuning uçun yoşlarga keng yöl oçib beriş, ehtiyoj va manfaatlarini taʼminlaş, qobiliyat va isteʼdodini röyobga çiqariş, hayotda öz örnini topişiga yordam beriş, ularga masʼul lavozimlarni işonib topşiriş bundan buyon ham doimo eʼtiborimiz markazida böladi.
Aziz farzandlarimiz el-yurtimizning ana şunday yuksak eʼtiboriga munosib bölib, öz salohiyati bilan, milliy ğoyamizga sadoqati bilan Özbekistonimizni butun dunyoga tarannum etişlariga işonaman va bu yölda ularga baxt va omad tilayman.
Muhtaram vatandoşlarim!
Sizlarni Özbekiston davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami bilan yana bir bor çin dildan samimiy tabriklayman.
Barçangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik yor bölsin, farzandlar, nabiralarning baxtu kamolini köriş nasib etsin!
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, jonajon Özbekistonimiz omon bölsin!
Mustaqilligimiz abadiy bölsin!
