Qodiriyga minnatdorlik
XX asr özbek adabiyoti peşonasiga çinakam elparvar uç nafar Abdulla ismli ijodkor bitdi. Biri Abdulla Qahhor bölsa, ulardan yana biri, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov “Malomat toşlari” nomli şeʼrida:
Sarğaygan sahfalar aro qarab tek,
Qodiriy qabrini sörar Otabek…
deya armon qilgan edi.
Abdulla Qodiriyning sadoqatli öğli Habibulla Qodiriy ança-munça qisqartirişlar bilan çop etilgan “Otamdan xotira” kitobining (uning töliq nusxasini öqiş imkoni menda bölgan edi R.Q.) 348-sahifasida ğoyat ramziy mazmunga ega quyidagi voqeani tasvirlaydi:
“— Bugun bir bemaza tuş kördim, Habibulla…
— Qanaqa tuş, ada? — dedim sekin va negadir bir narsa sezganday seskanib qöydim.
— Tun emiş, — dedilar dadam, — osmonda tilla jabduqli ot ustida uçib borar emişman. Kökda yulduzlar çaraqlar, ot jabduqiga örnatilgan javohir toşlar jilolanar emiş… Pastda esa hamma qöl silkib meni olqişlar emiş. Şu vaqt birdan havo aynidi, haligi sof osmon zulmatga aylandi. Oyoq ostim göyo tubsiz jahannam, unda mudhiş maxluqlar ğujğon öynar, oğizlarini oçib, uzun tillarini çiqarib, göyo menga taşlanmoqçiday bölar, baʼzilari oğizlaridan xuddi muşak otilgan kabi öt soçar, men bölsam, zör berib otni qamçilar emişman. Lekin u endi qanot yoyib uça olmas, çunki ötlar harorati uni kuydira boşlagan emiş… Nihoyat, ot “şu-uvv” etib jahannamga tik şönğib ketdi… Çöçib uyğondim, terlab ketibman… ”
Bir millatgina emas, butun insoniyat taqdiri xususida öyga botuvçi katta isteʼdodlarning köpçiligida öz qismatini ham oldindan seziş, his etiş qobiliyati bölişi – bor gap. Maşrab öz ğazallarida, Puşkin “Yevgeniy Onegin”ida, Jek London “Martin Iden”ida, Şavkat Rahmon qator şeʼrlarida … özlarining halokatlaridan darak berişgandek. “Otamdan xotira”da yozilişiça, Qodiriyning ham aksariyat tuşi öng kelgan. Uning hozirça bizga maʼlum eng sönggi tuşi ham, afsuski, öngidan keladi: şu tuşdan ikki kun keyin — 1937 yilning 31 dekabr kuni keç soat 11 larda Abdulla Qodiriyni uyidan olib çiqib ketadilar…
Bu masalada, xohlaymizmi-yöqmi, bizga yoqadimi-yöqmi, bir aççiq haqiqatni tan olişimiz, ötgan voqea-hodisalar mantiqiga ayni özgarmas haqiqatdan kelib çiqib yondaşmoğimiz talab etiladi. Bu haqiqat esa şundan iboratki, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Abdurauf Fitrat singari, millatini ham xuddi özidek uyğoq va erkparvar bölmoğini istagan şaxslar halokatida aççiq bir hayotiy mantiq, qonuniyat bor. Yaʼni, ularning mahv etilişi nedir tasodif, ayrim ğalamislar tomonidan uyuştirilgan fitna bölmasdan, balki ularni örab olgan tuzumning, mafkuraning tabiiy, kutiladigan hosilasidir. Boşqaça qilib aytganda, ayni holatda masala köndalangiga qöyilgandi: yo öşa tuzum yaşaşi kerak edi yoki ozod insonlar. Ularning bir vaqtning özida uzoq mavjud bölişi, yonma-yon yaşaşi, bir-birlariga toqat qilmoqlari aslo mumkin bölmagan hol edi. Tuzumga, uning siyosatiga, ravişiga köngan, u bilan kelişgan yoxud keliştirilgan kişilar omonlik topdilar, ayrimlari — umrlari uzoq bölsin — hali hamon hayotlar.
Abdulla Qodiriyning aksariyat asarlarida, “Ötkan kunlar” va “Mehrobdan çayon”ida mana man deb turgan millatparvarlik, erkparvarlik, adolat va haqiqattalablik kayfiyatiga şöro hukumatining tek çidab turişi — kölmak suv içida olov barq urib yonib turişidek mantiqsiz, xayoliy bir iş bölur edi. Axir olovning özi — Abdulla Qodiriy özi yaşayotgan tuzum qilmişlariga tek qarab turmadi, uning maqsad-mohiyatini, xalqi boşida ötkazayotgan manfur siyosatini har qadamda — har bir yozgan narsasida oçiq aytişdan toymadi. Şunday ekan, “kölmak” öz işini — kirdikorini amalga oşirdi…
Bu örinda, masalan, “Ötkan kunlar” qatlaridan sizib çiquvçi buyuk dardning salmoğini bir yoqqa qöyib, uning sönggi sahifasiga “yozğuçi” qalami ila bitilgan, bor-yöği uçta gapga jo bölgan benihoya aççiq haqiqatni eslamoq, bugun heç qursa şuni qalbdan his qilmoq kifoyadir. Mana öşa uçta gap:
“Keyingi Marğilon borişimda yaqin örtoqlardan Yodgorbek töğrisida suriştirib bildim: Yodgorbek uşbu asrning ön töqqiz va yigirmançi oçliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki öğul qolibdir. Öğillaridan bittasi bu kunda Marğilonning masʼul işçilaridan bölib, ikkinçisi Farğona bosmaçilari orasida ekan. Bu kunda nom-u nişonsiz, öluk-tirigi maʼlum emas, deydilar”.
Mana şu, göyo nomiga, asar qahramonlarining keyingi taqdiridan öquvçini şunçaki xabardor qilib qöyiş uçun bitilgandek lavhada aks etgan fojia ham kamida yana bir “Ötkan kunlar”dek romanga asos — material bölişi aniq. Bu daʼvoni maqola hajmi imkon beradigan darajada isbotlaşga harakat qilamiz.
Lavhadan maʼlum böladiki, roman qahramonlari, ularning keçmiş-keçirmişlari aksariyat real hayotdan olingan bölib, asarda badiiy töqimadan meʼyorida, keragiça foydalanilgan. (Bu boradagi mulohazalarimiz bilan “Hurriyat” gazetasining joriy yil 24 aprel sonida çop etilgan “Ötmiş saboqlari” nomli maqolamizda qisman örtoqlaşgan edik. R.Q.) Endi ana öşa real insonlardan biri Yodgorbek qismatiga diqqat qilaylik.
Xöş, Yodgorbek kim?
Yusufbek hoji va Mirzakarim qutidorning nabirasi, Otabek va Kumuşbibining öğli. Eslab köraylik: butun roman davomida, xoh Yusufbek hojining, xoh qutidorning xonadonida, biror misqol moddiy yetişmovçilik haqida (“göşt tugab qopti”, “unning tagi körinib qopti” qabilidagi) gap böladimi? Bölmaydi, mutlaqo bölmaydi!
Endi, şörolar zamoniga kelib, mana şu xonadonning aʼzosi, bekning bolasi “uşbu asrning ön töqqiz va yigirmançi oçliq yillari miyonasida vafot” qilmoqda, demakki, oçlikdan ölmoqda! Şunday ekan, oddiy kambağal çorakorning, dehqon va hunarmandning özi-yu bolasi töğrisida aytmay qöya qolaylik.
Nega? Nima uçun Marğilonda, Farğona vodiysida odamlar oçlikdan, muhtojlikdan ölmoqda?
Çunki 1918 yilning fevral oyi oxirida Toşkentdan Qöqonga — Turkiston muxtoriyatini mahv etişga yuborilgan qöşin vodiyda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning butun tizimini yer bilan yakson qiladi. Vodiyda dahşatli oçlik boşlanadi.
A.Qodiriy Yodgorbekning oçlikdan ölganini aytiş bilan çeklanmaydi, dahşatli haqiqatning kölamini bor-budiça oşkor etadi: “undan ikki öğul qolibdir. Öğillaridan bittasi bu kunda Marğilonning masʼul işçilaridan bölib, ikkinçisi Farğona bosmaçilari orasida ekan”.
Yuqorida bir qismi aytilgan xunrezliklarga çidamagan xalq öz ozodligi, hurligi, istiqloli umidida bosqinçi şöroviylarga qarşi kuraşga otlanadi. Sovet tarğibotçilari tomonidan “bosmaçilik” deb nomlangan, aslida esa milliy istiqlolçilik harakati butun ölkani qamrab oladi. Yodgorbekdan qolgan ikki öğil mana şu kuraşning ikki jabhasida, bir-birini yöq qiliş tadorigiga tuşgan! Ular savodsiz çorakorning, dehqon yoxud hunarmandning zurriyodlari emas, Yodgorbekdan töragan bolalar, Otabekning nevaralari, Yusufbek hojining evaralari!
Yusufbek hoji millatini birlikka çorlagan, yurtni ğanim bosişi xavfidan, “bobolarning muqaddas gavdasi” dafn qilingan pokiza ona tuproği toptalşidan xalqini ogoh etgan, Otabek esa mana şu yölda mardlarça uruşib şahid ketgan bölsa, ularning zurriyodlari — aka va uka öşa ğanimlar qutqusiga uçib, otalari vasiyatining naqd teskarisini qiliş bilan ovvora. Ulardan biri — yo aka yoxud uka “Marğilonning masʼul işçilaridan”, demak, GPUning xodimi, ikkinçisi esa “bosmaçi” nomini olgan. Yozuvçi u haqdagi hikoyani “bu kunda nom-u nişonsiz, öluk-tirigi maʼlum emas, deydilar” şaklida yakunlar ekan, şu oxirgi gapi bilan ham şöro hukumati milliy istiqlol yölida kuraşuvçilarni nom-nişonsiz yöq qilib yuborişdek yovuz harakatni boşlaganiga işora qiladi…
Endi ayting: bu yozuvçiga, bu elparvarga boyagi hukumat omonlik berişi mumkinmi edi?
* * *
XX asr özbek adabiyoti peşonasiga çinakam elparvar uç nafar Abdulla ismli ijodkor bitdi. Biri Abdulla Qahhor bölsa, ulardan yana biri, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov “Malomat toşlari” nomli şeʼrida:
Sarğaygan sahfalar aro qarab tek,
Qodiriy qabrini sörar Otabek…
deya armon qilgan edi.
Yaratganga şukrlar bölsinki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan Abdulla Qodiriyning ona şahri — Toşkandi azimning qoq markazida yozuvçi nomidagi Ijod maktabi, muzey va gözal boğ bunyod etilmoqda. Endi faqat yilning bir oyidagina emas, balki har kuni, har on benazir adib Abdulla Qodiriy xotirasi esga olinadi, asarlari muttasil mutolaa qilinadi, bu kitoblar bağridagi uluğ va ölmas qalb minnatdor avlodlar tomonidan çuqur idrok etiladi.
Rahmon Qöçqor.
