Ulguriş sanʼati
Albatta, vaqtni töğri istifoda etiş, ötgan kundan kerakli xulosalarni çiqara oliş köp narsani hal etadi. Buyuk yozuvçi va şoirlar, olimlar, davlat va jamoat arboblari hayoti haqida öylasam, ularning ulguriş sanʼati qarşisida lol qolaman. Xöş, qanday qilib vaqtdan özib ketiş mumkin?..
Şu savolga javob izlab ayrim adib va ilm ahlining tarjimai holini öqib çiqdim. Menga hamma kabi tirikçilik taşvişlari bilan hayot qozonida qaynayotgan ijodkorlarning özlaridan ortib qilayotgan yaratiqlari öta qiziqarli edi. Avvaldan özim yaxşi köradigan yozuvçi va şoirlar bilan suhbatlaşsam butun dunyoni unutib yuborardim. Bu gal ham şunday böldi.
Heç kimni aybsitmagan holda aytişim mumkin, sönggi yillarda adabiyot maydonida ustoz-şogirdlik anʼanalari biroz sustlaşdi. Katta avlod vakillari özlarining hayot-faoliyati va ijodi haqida yoşlarning tölaqonli maʼlumotga ega bölişini istaşlari rost. Tabiiyki, qalam tebrata boşlagan yoş qalamkaşlar ham ularga talpinadi. Ammo bu ikki avlod vakillarini birlaştirib turuvçi rişta u qadar közga taşlanmaydi.
Töğri, davr silsilasidagi özgarişlar, taraqqiyot bilan mos tarzda insoniyatning dunyoqaraşi, tasavvur olami, muomala va munosabatlari şakllanib boradi. Uzoqqa bormay, özimning hayotimda momomning taʼsiri juda katta bölgan. Litseyni tamomlagan yilim oliy öquv yurtiga öqişga kira olmadim. Keçayu-kunduz öqişga tayyorgarlik köraman. Uydagi yagona vazifam — dard çekib yotib qolgan momomning issiq-sovuğidan xabardor böliş. Yonlariga qişloğimizning kayvoni ayollari köp kelişadi.
Öşanda öqişga kira olmaganimga köp kuyungan bölsam, yillar ötib, keksa momomning suhbatidan bahramand bölişimga sabab bölgani uçun buni hikmatga yöydim. “Bergan dardingga şukr”, deya ingranganlari hali ham köz oldimdan ketmaydi. Oradan 16 yil ötib, bergan nasihatlari, saboqlari, özlarining örnak bölgulik umr yöllaridan maʼnaviy ozuqa olganimni yanada çuqurroq his qilaman.
Muqaddas riştadan bebahra qolgan ayrim avlod vakillarining holiga açinaman. Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Şahidlar xiyoboni” yodgorlik majmuasini uzoq aylandim. Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Abdurauf Fitratlar… siymosi köz oldimdan bir-bir ötdi. Ular teran nigohlari bilan bizni ji-im kuzatib turardi göyo. Ana şunday ziyolilar millatim, elim, yurtim deb jonfido qilgandi.
Şu haqda öylarkanman majmuada qöltiqlaşib yurgan, örindiqlarda bir-birlari bilan qapişib turgan, qayerda yurganini xayoliga ham keltirmayotgan ayrim yoşlarga közim tuşar ekan, uluğlar xotirasi oldida mulzam tortdim. Ular jonlari xalqumiga kelganida hamda “millatim” deya hayqirganlarida mana şularni nazarda tutganmidi?!
Usmon Nosir Sibir örmonlarida jon taslim qilayotganida kelajak avlodni qanday tasavvur qilgan ekan-a!?
Ular ming bir maşaqqat orasida ham özlarini yöqotmaganlar, aksinça, maqsadlari yölida qatʼiylaşganlar. Albatta, butun bir avlodni inkor qiliş niyatida emasman. Dunyo bilan böylaşayotgan yoşlarni körganda könglim faxru iftixorga töladi. Xalqaro fan olimpiadalarida qançadan-qança öquvçilarimiz oltin medal sovrindori bölayapti. Xalqaro Gran-pri sohib va sohibalari bölgan yoş şaxmatçilar, musiqaçilarning sanoğidan adaşib ketasiz…
Aslida ham azaldan mamlakatimiz olimu ulamo, adiblaru hassos şoirlarga boy bölganini bugun jahon ahli tan oladi. Bir vaqtlar öspirin-yoşlar yelkaga tönni taşlab, şaharma-şahar yurib, ustozlarga şogird tuşib, xizmatini qilib, ulardan ilm örgangan. Vaqt ötib, ona yurtga barkamol inson, yetuk olim bölib qaytişgan.
Özimga eʼtirozim, köp narsani döndirmagan holda, tanqid qiliş va inkor etişga ustadekman. Biron ijodkorning asarlarini mukammal örganmay turib, xulosalar çiqarişdan oldin, asarni öqib, keyin fikr aytiş afzaldek tuyuladi. Baʼzan gapga çeçanlarga duç kelsam, bir döstimning: “Heç narsa qilmagan odam maksimalist böladi”, degan gapi esimga keladi. Bu ketişda yozuvçi Abduqayum Yöldoşevning “Puankare” hikoyasidagi boş qahramonning holiga tuşib, yoşimiz bir joyga borganda: “Xudoyim! Meni öttiz yil orqaga qaytar, Xudoyim… Xudoyim, meni öttiz yil orqaga qaytar…”, deya Parvardigorga tavallo qilmasak, deb qörqaman…
Aziz Norqulov
Baxmal tumani.
