Qoğozga tökilgan köz yoş
Hozirgi zamon psixologlarining taʼkidlaşiça, spirtli içimlikka ruju qöygan kişilarning aksariyati aqlini yöqotib, hayvoniy holatga tuşadi. Garçi ayrim kimsalar “öz çarçoğimni bosiş uçun” yoki “asablarimni tinçlantirişim uçun”, deb özini ovutsalar-da, oqibati heç qaçon yaxşilik bilan tugamaydi.
Dunyo adiblari ham özini anglagan holda bitilgan har qanday asarda buni inkor etişmagan. Aksinça, özligini yöqotgandagi har qanday harakat bemaʼnilikdan boşqa narsa emas singari fikrlarni köp marta aytişgan.
Alişer Navoiy öz asarlarida mast holatga tuşgan odamlar odamiylik qiyofasini, şevasini butunlay yöqotib, öz yaqinlaridan, hatto öz holidan ham tamomila bexabar qolajagini köp bor taʼkidlaydi. Tarixçilarning yozişiça, uluğ şoir Husayn Boyqaro saroyida ötkaziladigan bazmi-jamşidlarni u qadar xuşlamas, umrini sarxuşlik ila behuda ötkazayotgan kimsalarga açiniş hissi bilan qarar edi. Hatto, Mömin mirzoga ham bunday davralarda doimo huşyor bölmoği lozimligini köp bora uqtirgan ekanlar.
Ne taassufki, Husayn Boyqarodek uluğ hukmdor ham yanglişadi, içkilik tufayli mudhiş xatoga yöl qöyadi. Ziyofat çoğida juda mast bölgan hukmdorga duşmanlari suyukli nabirasini qatl etiş haqidagi farmonga muhrini bostirib olişga erişadilar.
Bu oğir kulfat, olamni titratguvçi xatolikni ne-ne allomalar, şoirlar nadomatlar ila qoğozga tuşirmaganlar, köplab kinofilmlarda ham bu fojia öz aksini topgan…
Ijodkorga nima kerak? Eng avvalo, ijod zavqi bilan yaşaş xuşnudlik, dilkuşolik bağişlaydi. Yaxşi va yangi narsa yarata olgan adib öz-özidan baxtiyor, xuşçaqçaq odamga aylanadi. Özini yettinçi samoda yurgandek his etadi. Bunday holatda köngil sarxuşligini söz bilan ifodalaş qiyin.
Buyuk italyan rassomi Mikelanjelo özi çizgan suratdan taʼsirlanib yiğlagan, köz yoşlarini tiya olmagan ekan. Yoki özbek adibi Abdulla Qodiriyning öğli Habibulla Qodiriy “Otam haqida” nomli kitobida şunday satrlarni keltiradi: “Bibim beçora sakrab örinlaridan turib, dadamning uyiga yöl oldilar. Kap-katta kişining yiğlaşidan hayratga tuşib, men ham bibim ortidan ergaşdim. Kirsak, darhaqiqat, u kişi yum-yum yiğlar, kursiga tirsaklanib olib, töxtovsiz yozar edilar. Keyinçalik anglasam, öşanda dadam öz sevikli qaxramoni Kumuşning ölimi paytini tasvirlab, iztirob çekayotgan ekanlar…”
Demoqçimizki, ijodkor könglida çinakam mehr va işq mujassam bölgaç, voqealar reallikka aylanadi, özi bilib-bilmagan holatda möjiza yaratib qöyadi. Bunday möʼjiza öz qöli bilan yaratilgan ersa-da, uning qalbini larzaga solib, butun borliğini tölqinlantiradi. Öşanday holatda asar taʼsiridan yiğlamaslikning, iztirobga tuşmaslikning iloji bölmay qoladi.
Aşurali Boymurod.
