Gazeta — tarix yaratuvçisi
Gazetaning bunday beqiyos imkoniyatlaridan farzandlarimizning unumli foydalanişiga yordam körsatiş, birinçi navbatda, öqituvçining zimmasida. Albatta, ösmir-yoşlar televizorning, internetning jozibadorligiga mahliyo bölib, gazetaga çap közi bilan qarasa, keyinçalik puşaymon böladi. Bunday jarayon kuçayib ketganida esa butun xalq, millat köp narsani boy berib qöyadi.
Gazeta, şubhasiz, insoniyat yaratgan buyuk kaşfiyot, maʼnaviyat sarçaşmasidir. Zamonlar, davrlar oşa öz qadrini yöqotmay, kerakli bölib kelayotgan gazetaçilik sohasi, garçi bugungi kunda maʼlum qiyinçiliklarni boşidan keçirayotgan bölsa-da, baribir, hozirgi paytda ham beqiyos ahamiyatga, öz örniga molikdir. Buni heç kim inkor qila olmaydi.
Avvalo, gazeta maʼnaviyat kişisining yaqin hamrohi ekanligini aytsam, isteʼdodlar uçun esa ilk eşik va maktab, öziga xos ilhom manbai vazifasini ötaydi. Yozuvçi, şoir, olim, jurnalistning katta qismi adabiyotga, ilm-fanga, publitsistikaga gazetalar orqali kirib kelgan. Çunki ularning ilk badiiy maşqlari, maqolalari gazetalarda çop etilgan.
Köpçilik taniqli şaxslar öz muxlislari bilan davr silsilalari va milliy adabiyotimiz muammolari, kelgusida bajarilişi lozim bölgan dolzarb masalalar xususida gazeta orqali mulohaza yuritadi. Qalami matbuotda çarxlanib, keyinçalik taniqli yozuvçi, şoir yoki jurnalist sifatida taniladi. Kitoblari sevib öqilayotgan adabiyot darğalari ham gazetada ilk köriniş qilganlar.
Aksariyat kitobxonlar esa gazetalardagi maqolalar, turli jurnallardagi ijod namunalardan bahramand bölib, bora-bora badiiy asarlarning haqiqiy muxlisiga aylanadilar.
Öqituvçining kömakçisi
Öqituvçi öz şogirdlari orasida yoziş qobiliyati bor öquvçini payqasa nima qiladi? U, albatta, gazeta tahririyatiga yetaklab keladi. Bu yerda yoş isteʼdodga ilk maslahatlar beriladi. Mabodo yozganlari gazetada çop etilsa bormi, öquvçi qanot boğlaydi, ijod sari uçadi. Öqişga, izlanişga bölgan rağbati kuçayadi.
Bunday öquvçilar katta hayotda tezda öz örnini topib ketişadi. Elda hurmat, obrö-eʼtiborga sazovor bölişadi. Kitob, gazeta va jurnallarni öqiş hayotining mazmuniga aylanadi.
Xuddi, şuningdek, öquvçining boşqa sohalarga — masalan, rassomçilikka, musiqaga yoki biron-bir fanga qiziqişi tengqurlarining ilk yutuqlari gazetada eʼlon qilinganida ortganini kuzatganmiz.
Gazetaning bunday beqiyos imkoniyatlaridan farzandlarimizning unumli foydalanişiga yordam körsatiş, birinçi navbatda, öqituvçining zimmasida. Albatta, ösmir-yoşlar televizorning, internetning jozibadorligiga mahliyo bölib, gazetaga çap közi bilan qarasa, keyinçalik puşaymon böladi. Bunday jarayon kuçayib ketganida esa butun xalq, millat köp narsani boy berib qöyadi.
Tafakkur yalqov bölib qolmasin
Televideniyening tezkorlik, jozibadorlik borasidagi ustunligini inkor qilmagan holda gazetaning öta foydali tomonlaridan voz keçib bölmaydi. Agar sinab körmoqçi bölsangiz, televizorda bir voqeani tomoşa qilingda, uni gazeta orqali öqib köring, özingiz işonç hosil qilasiz.
Siz voqea tafsiloti bilan tanişar ekansiz, sözlarning qanday yozilişini, qayerda nuqta, vergul, söroq, undov singari belgilarning qöyilişini, xat boşi nima ekanligini, boş harf, kiçik harfning örni qayerdaligini örganib borasiz.
Mabodo, bu borada bilimingiz yetarli bölsa, yanada mustahkamlaşga erişasiz. Maqolani öqib, voqeani fikringizda jonlantirasiz. Bu bilan sizdagi hujayralar harakatga keladi. Harakat esa bilim va tafakkurning yangi ufqlarini oçadi.
Televizorda bu masala tayyor oşday gap. Siz tayyor tasvirni körişga doimiy odatlanar ekansiz, menimça, xayol ekraningiz dangasa bölib qolişi mumkin. Çunki siz tayyor tasvirni qabul qilayapsiz. Voqeani tafakkuringizda özingiz töliq jonlantirmayapsiz.
Gazetada çop etilgan maqolani istagan vaqtingiz qayta-qayta öqib, mağzini çaqib, şundan sönggina kerakli xulosalar çiqariş mumkin. Televizorda bunday imkoniyat yöq. Televizor va internet xayol ekrani quyoşdek porlagan buyuk şaxslarning ixtirosi ekanligini unutmaylik. Boşqaça aytganda, televizor va internetning ildizi kitob, gazeta va jurnaldir. Endi ildizidan mahrum etilgan narsani özingiz tasavvur qilavering. Öz oldiga uluğ maqsadlarni qöygan şaxs, albatta, tinmay kitob, gazeta, jurnal öqişi kerak.
Bahsga çorlaydi
Davrada qayerdadir röy bergan voqea, yangilik haqida suhbat bölardi. Birov u dedi, birov bu dedi. Suhbat şu darajaga yetdiki, ikki kişi ham öz fikrining töğriligini isbotlaşga intilib, avval ovozini balandlatdi. Keyin közlarini çaqçaytirib, bir-biriga xezlana boşladi. Örtada janjal çiqib ketişi, köp dilxiraliklar bölişiga sal qoldi.
Şunda davradagilardan biri bosiqlik bilan sözlab, masalaga oydinlik kiritdi. U fikrlarini gazetada çop etilgan maqola bilan isbotlab berganida hamma jim quloq soldi. Şu bilan ikki örtadagi janjalning oldi olindi.
Rahmatli ustoz Aliboy Ergaşev gazetaning foydasi bilan boğliq bir voqeani sözlab bergandi. U kişi aytgandiki, bir odamning boşiga kulfat tuşadi. Endi uning taqdiri huquq-tartibot idorasidagi masʼul şaxsning sönggi xulosasi bilan boğliq edi. U kişining himoyaçisi hayotda amalga oşirgan turli xayrli işlarini dalil sifatida keltiradi. Ammo uzil-kesil himoya uçun dalil kamlik qildi.
Şunda birdan xayoliga özi haqida gazetada yoritilgan maqola keladi. Şu maqola hal qiluvçi dalil böladi va boşida aylanib turgan “qora bulut”lar tarqab ketadi.
Ha, hayotda gazetaning şunday foydasi ham bölib turadi.
Ona tilimiz himoyaçisi
Hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şu yil 21 oktyabrda “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonni imzoladi.
Bu hujjatning qabul qilinganligi barçamizni behad mamnun qilmoqda. Çunki özbek tili, taʼbir joiz bölsa, milliy istiqlol ğoyasining özak qismini, ajratib bölmas, öta muhim bölagini taşkil etadi. Ona tilimizga eʼtibor — özbek millatiga, Özbekiston xalqiga, özbek davlatçiligining taraqqiyotiga eʼtibordir.
Prezidentimiz oldimizga qöygan bunday öta muhim vazifalarni gazeta öqimasdan uddalay olmaymiz. Çunki köçalar, xiyobonlar va maydonlardagi reklamalarda, eʼlonlarda, şiorlarda özbek tili qoidalari buzilganligini köp kuzatmoqdamiz. Oddiy kişilarga tuşunarsiz bölgan ajnabiy nom va yozuvlarning bolalaşi esa özini vatanparvar deb hisoblaydigan kişilarning ğaşiga tegmoqda.
Bizningça, gazeta bilan döst bölgan kişi bunday kamçiliklarga yöl qöymaydi, mabodo muammo paydo bölsa, gazetada çiqiş qilib osongina hal qilişi mumkin.
Yurak qöri
Albatta, gazetalar öqimişli bölişi kerak. Buning uçun tahririyatga salohiyatli jurnalistlar jamlanişi, zarur.
Jurnalist yurak qöri bilan yozsagina, maqolasi boşqa yuraklarga yetib boradi, yozganini öquvçi izlab, sevib öqiydi. Maqoladan qoniqqan, undagi tafakkur jilolari ruhiyat taşnaligini qondirgan, qalbning qoronğu burçaklarini yoritib yuborgan öquvçi obuna uçun sarflagan puliga açinmaydi.
Gazetaning öqimişliligi — eng yaxşi taşviqot. Eng yaxşi reklama ham şundan iboratdir. Bunga mehnat, mehnat va yana mehnat bilangina erişiladi.
Tovboy Xöjamberdiyev,
faxriy jurnalist.
Ğallaorol tumani.
