O`zLiDeP boş vazir nomzodini körsatadi
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi tugaşi bilan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, mahalliy Kengaşlar deputatligiga takroriy ovoz beriş jarayoniga bağişlangan brifing bölib ötdi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov maʼlumot berdi.
Eʼtirof etilişiça, Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 59-moddasiga muvofiq takroriy ovoz berişda saylovçilarning iştirok etişi foizi hisobga olinmasa-da, biroq bu jarayonda ham 62,8 foiz saylovçilarning iştirok etgani fuqarolarimizning siyosiy, huquqiy madaniyati yuksalib, ularning yangilanayotgan Özbekistonda yangidan şakllantirilayotgan parlament saylovlariga befarq emasligini hamda mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli, odilona va insonparvar siyosatni qöllab-quvvatlaşining yana bir bor isboti böldi.
Markaziy saylov komissiyasi takroriy ovoz berişda ğalaba qozongan 25 deputatni röyxatga oliş haqida qaror qabul qildi. Şunday qilib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi töliq şakllantirildi.
Özbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasiga saylangan 150 deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar, 39 nafarini yoki 26 foizini oldin ham Qonunçilik palatasi deputati bölganlar taşkil etadi.
Deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoşgaça, 97 nafari yoki 65 foizi 30 yoşdan 50 yoşgaça bölganlar hamda 44 nafari yoki 29 foizi 50 yoşdan katta yoşdagilar. Eng yoş deputat 26 yoşda. Eng yoşi uluğ deputat 71 yoşda.
Özbek millatiga mansub deputatlar 130 nafar yoki 87,0 foizni, boşqa millat vakillari – 20 nafar yoki 13 foizni taşkil qiladi.
Ulardan qoraqalpoq va rus millatiga mansublar 5 nafardan, qozoq va tojik millatiga mansublar 3 nafardan, koreys millatiga mansublar 2 nafarni hamda 1 nafardan turkman va qirğiz millatiga mansub deputatlar taşkil qiladi.
Mutaxassisligi va ixtisosligi böyiça deputatlarning 32 nafari fan-taʼlim, 23 nafari bank, moliya va iqtisod, 21 nafari huquqşunoslar, 21 nafari jamoatçilik va nodavlat notijorat taşkilotlari, 12 nafari qişloq xöjaligi, 9 nafari tibbiyot, 9 nafari quriliş, kommunikatsiya, transport va aloqa, 6 nafari OAV, 7 nafari tadbirkorlar hamda 10 nafari boşqa soha vakillari sanaladi.
2019 yil 10 dekabr kuni yangi tahrirda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida Boş vazir nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng köp deputatlik örinlarini qölga kiritgan bir neça siyosiy partiya tomonidan taklif etilişi belgilangan. Uşbu qonunga muvofiq Boş vazir nomzodini körsatiş huquqiga Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi ega böldi.
“Yangi Özbekiston – yangi saylovlar” şiori ostida ötgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlarga saylovlar yakuniga yetdi.
Köp millionli saylovçilarimiz, saylovlarga taşrif buyurgan xalqaro kuzatuvçilar saylovlar, avvalo, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, yangi Saylov kodeksi hamda xalqaro standartlarga töliq rioya qilgan holda ötganini eʼtirof etmoqda.
Manba: ÖzA
