Nozik adabiy zavq sohibi

Zahiriddin Muhammad Boburni Hindis­tonning Birinçi Boş vaziri Javoharlaʼl Neru özining “Hindis­tonning kaşf etilişi” asarida: “Uyğoniş davrining tipik hukmdori”,  dey­di. Ingliz tarixçisi Eduard Xolden esa: “Yuliy Sezarga qaraganda yuksak­roq fazilatlarga ega inson” desa, atoqli tarjimon Uilyam Erskin: “Ilm-maʼrifatga ixlos borasida Osiyoda tengi yöq podşoh”, fransuz olimi Len Pul: “Nozik adabiy zavq sohibi, turmuşni tanqidiy idrok eta olgan olijanob inson”, deya yuksak baho beradi.

Tarix solnomalarida qayd etilganidek, 1483 yilning 14 fevralida Andijonda dunyo­­ga kelgan Bobur mirzo 1494 yilda Farğona, 1497 yilda Movarounnahr, 1504 yilda Kobul, 1507 yilda Kandahor, 1511 yilda Samarqand,  1526 yilning 30 aprelidan esa Hindistondagi boburiylar sulolasi hukmdori edi. Bobur tuzgan buyuk boburiylar imperiyasi qariyb uç yarim asr mobaynida hukm surdi.

Buyuk siymo şaxsiyati va ijodiyotining fidoyi tadqiqotçilaridan biri Annet Beverijning taʼrifiga köra: “Bobur mirzo barlos turklariga mansub bölib”, Farğona podşohi Umarşayx mirzoning öğli, Sulton Abu Said mirzoning nabirasi, Sulton Muhammad mirzoning çevarasi, Mironşoh mirzoning evarasi va buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining abirasi, onasi Qutluğnigorxonim esa Çingizxonning avlodlaridan bölgan.

Bobur özining “Boburnoma” asarida: “Men Samarqandni olganimda ön töqqiz yoşda edim. Na köp iş körib edim, na taj­ribam bor edi. Ikkinçisi şuki, mening ğanimim Şayboniyxondek tajribali, köp iş körgan va uluğ yoşli kişi edi. Uçinçisi şuki, bizga Samarqanddan heç kişi kelmasdi. Agarçi şahar xalqi menga nisbatan köngillik bölsalar-da, biroq Şayboniyxonning qörqinçidan heç kişi bu xayolni qila olmas edi”, deb yozgan edi. (“Boburnoma”. Toşkent. “Öqituvçi”, 2018 yil, 148-bet).

Bobur “Boburnoma” asarini “Tang­­ri taoloning inoyati va koinot sarvari bölgan hazrat Rasuli akramning şafoati, pokköngil çahoryorlarning himmati bilan seşanba kuni, ramazon oyining beşinçisida, sakkiz yuz töqson töqqizinçi yili Farğona viloyatiga ön ikki yoşimda podşoh böldim”, deb boşlagan. Jahon tarixidagi eng buyuk saltanatlardan biri bölgan, bir neça asrlar davomida dunyo xaritasidagi salmoqli hududni birlaştirgan sulolaning yulduzli onlari ham, judolik doğlari ham köp edi.

Bobur nomidagi xalqaro ilmiy-ekspeditsiya raisi Zokirjon Maşrabov boşçiligida mustaqillik yillarida jahonning öttizga yaqin mamlakatlariga safarlar uyuş­­tirilib, şoh va şoir hayoti, ijodi, adabiy merosi bilan boğliq keng kölamli işlarni uddaladi. Safarlar çoğida nafaqat Bobur mirzo, balki ona zaminimizning faxr-iftixoriga aylangan boş­­qa köplab buyuk zotlarning ilmiy, adabiy merosi ham izlandi, sönggi manzillari ziyorat qilindi va kerakli örinlarda qayta taʼmirlandi.

Ilmiy ekspeditsiya xorij safarlaridan yuzlab noyob qölyozmalar, nodir kitoblar, betakror osori-atiqalarni yurtimizga olib keldi. Xalqaro jamoat fondi Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylarga oid noşirlik işlarini ham bajarmoqda. Akademik A.Aʼzam boş muharrirligida 2014 yilda çop etilgan “Bobur ensiklopediyasi” 2018 yili töldirilgan nusxada qayta naşr etildi. Fond Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, “Mubayyan”, Mirzo Haydarning “Tarixi Raşidiy”, “Bobur abadiyati” (jamoa töplami), Xondamirning  “Habib us-siyar”, taniqli ingliz adibi Rumer Godenning “Gulbadan”, amerikalik şarqşunos adib Harold Lambning “Bobur — yölbars”, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Vilyam Raşbrukning “Ön oltinçi asr bunyodkori”, Samyuel Borkning “Akbar — boburiylarning eng buyugi” va yana boş­­qa önlab noyob kitoblarni hamda öz adiblarimiz va xorijlik mualliflarning öttizdan ortiq yangi asarlari, romanlari, monografiyalarining çop etilişiga erişdi.

Bobur siymosi keyingi yillarda yuksak qadr-qimmatini topmoqda. Andijondagi Bobur nomidagi milliy boğda “Bobur va jahon madaniyati” ekspozitsiyasi, şoirning ramziy maqbarasi bunyod etildi. Uluğ vatandoşimizga muhtaşam haykallar örnatildi.

— Buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomini uluğlaşga, uning nomi bilan boğliq qadamjolarni obod qilişga, bebaho asarlarini örganiş, boşqa tillarga tarjima etişga, yoş avlod qalbida şu zot hamda boşqa uluğlarimiz şaxsiga ehtirom uyğotişga ziğirça hissa qöşadigan har bir odamni boşimga kötarişga tayyorman, — deydi Bobur nomidagi xalqaro ilmiy-ekspeditsiya rahbari Z.Maşrabov. — Biz Bobur ilmiy-adabiy merosini puxta biladigan professional kişilarning qimmatli taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga, muhim yangilikka daxldor asarlarning dunyo yuzini körişida yaqindan yordam berişga bel boğlaganmiz.

Yangiboy Qöçqorov,

Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining Qoraqalpoğiston

mintaqaviy bölimi rahbari, Özbekistonda xizmat 

körsatgan madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan