Şabnamli daraxtlar yarqirab ketdi
Vatan
Tunlari çöğ kabi yaltirar yulduz,
Kunduzi olovday yonadi oftob.
Issiq kunlarida öriklar gullar,
Issiq tuproğida ösadi paxta.
Yomğirlar yoğadi, şamollar esar,
Göyo yöq heç qanday möʼjiza-yu sir.
Baribir quvonçim, armonim bilan
Şu yerda yaşagim kelar bir umr.
Quvonç
Toğlar yelkasiga siğmagan irmoq–
Sasidan sukunat eşigi sindi.
Rangin çeçaklarga aylandi tuproq,
Zaminning çiroyi endi bilindi.
Quyoşniki böldi bepoyon samo,
Nurlarning yöllari uzaydi.
Orzuli-havasli kunlar beorom
Novdalarni gullar bilan bezaydi.
Ildizdan boşlab uçiga qadar
Gulga tölib ketdi oğoçlar jismi.
Boğlarda adaşib qoldi şabada,
Rangidan mastmi yo böyidan mastmi?..
Oftobning anhorga çizgan naqşini
Majnuntol kun böyi körib töymaydi.
Yuksakda kuylamoq şunça yaxşimi,
Odamlardan köproq quşlar kuylaydi.
Yana öz ranglari qaytgan bağringda,
Yurtim, könglim tölib yurib quvondim.
Yana kuz zahmati, qişning zahridan
Omon çiqqaningni körib quvondim.
Özbekiston. Bahor
Quyoş – bir mehribon:
toğlarning böyniga mingan muz– yuqni
ohista itarib tuşirdi.
Lolalar aqlli:
anorrang köylak kiyib, toşlarning
körimsiz joylarin yaşirdi.
Yalpizlar kuyunçak:
ikki qirğoqaro siqilmasin deb,
baravar kötardi bari qoşiga.
Daraxtlar bir ahil:
şavq bilan qöliga tizgan gullarni
baravar kötardi bari boşiga.
Qizğaldoq jurʼatli:
tomlaring ustiga yugurib çiqib,
şamolda yiqilmay turibdi kulib.
Bulutlar fidoyi:
marvarid, durlarni soçib taşlaşdi,
ötkir çaqmoq bilan köksini tilib.
Yer qattiq quvondi, uning quvonçi
Yuziga yoyildi bölib gul, çeçak.
Şunçalar yaxşi bu ölkada endi
Eng yaxşi odamlar yaşaşi kerak.
* * *
Fevralga soçilib qoldi sukunat,
Daryolar bağriga quyildi köşiq.
Toğlarga yoyilib ketdi lolalar –
Çöqqilar boşiga qönganday ufq.
Zangori kengliklar sayyohi – Quyoş
Yerni nur qölida silay boşladi.
Bir fasl qöşiğin asragan boğlar
Bulbulning tilida kuylay boşladi.
Şirinlaşib ketdi havoning hidi,
Ulkan tuyğulardan jonim suyunar.
Qiş, sokin xonamda öylagan öyim,
Orzuim özimga kiçik tuyilar.
Köryapman: moviy kök, alvon ufqlar,
Bu kunlar köplarning yuragida bor.
Eng buyuk orzular yaşasin, deya
Qalblarni ulğaytib yubordi bahor.
Mening nasibam
Yozilgan bölarmiş mening nasibam,
Körarmişman unda nima bölsa ham.
Tezoqar daryoning tölqinlariga,
Yangi yongan gulxan yolqinlariga,
Haqiqat sözining yaqinlariga
Yozilgan bölsaydi mening nasibam.
Mitti boyçeçakning bardoşlariga,
Bahor bulutining baxt yoşlariga,
Saraton kökining quyoşlariga,
Yozilgan bölsaydi mening nasibam.
Qöllardan kökargan yerlarga tutaş,
Yurak parçasiday şeʼrlarga tutaş,
Faqat yoniş, manglay terlarga tutaş
Yozilgan bölsaydi mening nasibam.
Yozilmagan bölsa şularga agar,
Oppoq-oppoq tursin, özim yozaman.
* * *
Sovuqdan kiçrayib qolgan quyoşni
Isitgim keladi bağrimga bosib,
Havoyi bulutning kuydirib közin.
Sal ötmay turnalarning qanotlaridan
Tuşib qolar edi xuşböy bir fasl,
Quçoqlab yalpizning yoqimli isin.
Kurtaklar jilmaya boşladi asta…
Ular bir oçilib jilmayganida
Labida unardi ol, puşti gullar.
Örikzor boğlarni qilib elagi,
Quyoşning ming tusli şuʼlalarini
Sermaysa zaminga elardi yellar…
Baridan ketyapman…
Qadrdon qişloqning yaşil suvrati
Közimdan qalbimga çökib ketar jim.
Endi olamdagi uzun yillarda
Qalbimga termulib yaşaydi közim.
* * *
Şu kunlar har tongda nam bulutlarga
Yuqadi quyoşdan saçrab ketgan rang.
Şuʼlalar quyulib turganday tuyular
Keyin bulutlarning qatlaridan ham.
Şu kunlar
Şabnam-şabnam bölib yaşamas uzoq,
Oftob tolasiga aylanib ketadi.
Keyin tanasida harorat sezib,
Maysalar titroqdan töxtaydi.
Örikning örikligi bilinmay qoladi.
Bilinmas bodomning bodom ekani
Ular baland-baland gulga öxşaydi.
Şu kunlar
Bir bor gullamagan teraklardan ham,
Bir bor gullamagan giyohlardan ham
Gullarning nafasi keladi.
Eh şunda
Quyoşu samoning biri-birini
Soğinib yaşagan çoğlari tugab,
Visoli boşlangan fasllarda ham
Faqatgina sevgi tuyğusi bilan
Yaşay olmasliging alam qiladi.
Siz şunça yaxşisiz
(Turkumdan)
Töxtaysiz yana bir körgingiz kelib…
Töxtaysiz yana bir körgingiz kelib,
Qaroğingiz – suvga çökayotgan çöğ.
Taşlab ketmoqlikka közingiz qiymas,
Olib ketolmaysiz, ilojingiz yöq.
* * *
Söroqladim, topdim siz sevgan kuyni,
Siz sevgan gullarni saralab qöydim.
Siz sevgan ranglarda yasatib uyni,
Özim ham şu rangda liboslar kiydim.
Lahzalar qalbimga sezdirib keçdi,
Siz bölib tuyuldi ötgan har şarpa.
Eşikni köp marta yugurib oçdim
Va ohista yopdim yana köp marta.
Siz-çi ostonadan ketdingiz qaytib,
Soğinçingiz… söngra uzringiz aytib.
* * *
Kelinçak oromin sindiradi Vaqt,
Hali qaylardadir mast uyquda tong,
Olamning köylagi yupqa surmarang.
Örikzorda mayin kuylab oqar soy,
Bulbulning sasiga basma-basiga.
Kelinçak şavq bilan tingladi lahza,
Suv… dalalar keldi birdan esiga.
Sabo naq yoniga keltirib tökdi,
Atirgulning tansiq, jonbaxş böylarin.
Kelinçak entikib dil bilan öpdi,
Söng yana dalalar tortar öylarin.
Nigohida turib qoladi uzoq
Atirgulça kelgan ğöza böylari.
Soğinç bilan qarab qöyib yoniga,
Turdi va bepardoz kiyindi zumda.
Yulduzli tun tamom ketib ulgurmay,
U sekin yöl oldi uzun kunduzga…
QUTLIBEKA
Muallif haqida:
Qutlibeka Rahimboyeva — Turkmaniston Respublikasi Toşhovuz şahrida tuğilgan. Farğona pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan (1974).
Örta maktabda, Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida, “Saodat” jurnali va “Gulçehralar” gazetasida işlagan.
“Yuragimda körganlarim”(1981), “Uzun kunduzlar”(1984), “Uyğoniş fasli”(1989), “Ozodlik”(1998), “Köksimdagi Tangritoğ”(2000), “Qoraközlarim”(2012) kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi(1994).
“Şuhrat” medali sohibi (1999).
