Özbek jurnalistikasi antologiyasi yaratiladi

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktyabrdagi “Internet jahon axborot tarmoğida milliy kontentni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori va uşbu hujjatga ilova qilingan “2019-2021 yillarda Internet jahon axborot tarmoğida milliy kontentni yanada rivojlantiriş böyiça kompleks dasturning 22-bandi (Özbekiston milliy jurnalistikasi rivojlaniş tarixi antologiyasini yaratiş, unga rivojlanişning muhim bosqiçlari, mamlakatning maşhur olimlari va jurnalistlarining media-sohasini rivojlantirişga qöşgan hissasi haqidagi maqolalarini kiritiş) ijrosini taʼminlaş böyiça Milliy matbuot markazida Özbe­kiston  jurnalistikasining  rivojlaniş tarixi va bugungi taraqqiyotiga oid  antologiyani yaratiş  masalalariga  bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda milliy jurna­listika sohasining  taniqli olimlari,  tadqiqotçilari va  jurnalistlar iştirok etdi.

Yiğilişni Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov oçib, yurtimizda keyingi yillarda  jurnalis­tika sohasini ri­vojlantirişga katta eʼtibor  qaratilayotgani,  bu borada keng qamrovli işlar olib borilayotganini taʼkidladi.

— Özbek jurnalistikasi keça paydo bölgani yöq va u  sermazmun, biz ğururlansak arziydigan  tarixga ega, dedi u. —  Bu  tarixni  tadqiq etiş,  har bir davrning eng yaxşi asarlarini   kelgusi avlodlarga  yetkaziş burçimiz. Töğri, jurnalistika bö­yiça köp kitoblar çop etildi, darslik va qöllanmalar yaratildi. Bularni eʼtirof etgan holda, şu vaqtga qadar Özbek jurnalistikasi antologiyasiga qöl urilmaganligini ham tan oliş lozim.

Yiğilişda  antologiyani yaratiş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi, olim va mutaxassislar örtasida özaro fikr almaşuvlar bölib ötdi. Jurnalistika tarixi davrlari böyiça guruhlar va ularning rahbarlari tayinlanib, amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar  belgilab olindi.

Antologiya  avval  elektron şaklda tayyorlanadi  va  Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi saytiga joylaştiriladi. Keyin esa kitob şaklida  çop etiladi.

Antologiya  soha xodimlari,  mutaxassislar, jurnalist-kadrlar tayyorlovçi  oliy öquv yurtlari va keng  öquvçilar  ommasiga  möljallanadi.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan