Afğon yoşlari jurnalistikaga qiziqişmoqda

Özbekiston va Afğonistonni azal-azaldan  yaqin döstlik va qöşniçilik riştalari boğlab turadi. Bugungi kunga kelib  ikki davlat örtasida  har jabhada özaro hamkorlik aloqalari yangi bosqiçga kötarilgan. Xususan, Özbekistonda afğon yoşlarining taʼlim olişi uçun barça imkoniyat eşiklari oçib berildi.

Jumladan, Surxondaryo viloyatida Afğoniston fuqarolarini öqitiş taʼlim markazi taşkil etilgani ham ana şu ezgu maqsadlardan biri edi. Bugungi kunda uşbu markazda özbek tili va adabiyoti,  jurnalistika va boşqa sohalarga qiziqqan afğon yoşlari taʼlim olmoqda.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi markazda tahsil olayotgan jurnalistika sohasiga qiziqadigan afğon yoşlari faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Şu maqsadda uyuşma vakillari Afğoniston fuqarolarini öqitiş taʼlim markazi  “Surxondaryo qadriyatlar beşigi” mavzuida ijodiy uçraşuv taşkil qilindi. Tadbirda markaz direktori Oybek Röziyev, uyuşma viloyat bölimi raisi Muhiddin Abdurahmonov, iştirok etib, yoşlarga ikki davlat xalqlarining bir-biriga öxşaş qadriyatlari va urf-odatlari hamda Özbekiston va Afğoniston örtasida iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda aloqalar mustahkamlanib borayotganini aytib ötdilar.

Şuningdek, davra suhbatida markaz talabalari Afğonistonda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi mavqei va bölğusi jurnalistlarni tayyorlaş borasida öz fikrlarini bildirdilar.

Suhbat sönggida markaz talabalari orasida öz kelajagini jurnalistikada körayotgan öğil-qizlarni viloyat ommaviy axborot vositalarida amaliyotda bölişlari va ular bilan ijodiy hamkorlik qilişga kömaklaşişga kelişildi.

Mastura Hamroyeva,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi

Surxondaryo viloyat bölimi mutaxassisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan