Özbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi
18 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkaziş uçun amaliy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Vengriya taşqi iqtisodiy aloqalar va taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Özbekiston va Vengriya örtasidagi anʼanaviy döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlari oxirgi yillarda izçil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Peter Siyyarto samimiy qabul uçun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi şeriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
(ÖzA)
