Barça islohotlar negizida adolat aks etmoqda
Biror voqea hayotingizni tubdan özgartirişiga, ayniqsa, ijobiy tomonga özgartirişiga işonsangiz, uni intizorlik bilan kutasiz.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga qiladigan Murojaatnomasi ham ötgan davr mobaynida şunday voqelikka aylandi.
Ahamiyatlisi, uşbu Murojaatnomani nafaqat parlament aʼzolari, mahalliy kengaş deputatlari, ijro hokimiyati, ziyolilar, balki butun xalqimiz, barça-barça kutadigan böldi. Çunki ular har yili davlat rahbarining parlamentga murojaatida öz hayotini yaxşilaşga oid yangi fikr, yangi ğoya, yangi taşabbuslar yangraşini bilişadi.
Bu yilgi Murojaatnomaning ötgan yillardagisidan asosiy farqi — uşbu Murojaatnoma yangi parlament va yangi hukumatga yöllandi va mazmunan, nafaqat 2020 yilni, balki kelgusi 5 yillikni qamrab olganidadir.
Murojaatnomani tinglaganlar kutilgan umidlaridan ziyodroq narsalarni oldi, deb öylayman. Çunki unda bir qator tarixiy taşabbuslar yangradi.
Jumladan, oliy taʼlimga qabul kvotalarini doimiy ravişda oşirib boriş, kiriş imtihonlarini soddalaştiriş, davlat grantini ikki baravarga köpaytiriş, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, tadbirkorlar uçun byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, dorilarning elektron reyestrini yaratiş, öqituvçi va şifokor maqomini yanada mustahkamlaş va ularning oylik iş haqlarini oşiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, içki işlar organlarini xalqona tizimga aylantiriş kabi taklif-taşabbuslar barça-barça yurtdoşlarimizni yuragigaça yetib bordi, desak, mubolağa bölmaydi.
Yuqorida tilga olingan muammolar biz saylovlar arafasida partiya Saylovoldi dasturini şakllantiriş jarayoni va saylovoldi uçraşuvlarida xalqimizni ança yillardan beri qiynab kelayotgan muammolar ekanligiga guvoh bölganmiz. Şuning uçun bir qator muammoli masalalarni partiya Saylovoldi dasturiga kiritib, ustuvor vazifamiz sifatida belgilab olgan edik. Bugun yuqori minbardan turib yana bir bor uşbu masalalarga eʼtibor qaratilgani va yeçimlari körsatib berilgani bizni quvontirişi bilan birga zimmamizga alohida masʼuliyat ham yuklaydi. Demak, endi Murojaatnomada körsatib berilgan vazifalar bekamu-köst bajarilişi va uning ijrosini nazorat qiliş böyiça fraksiya va joylardagi mahalliy Kengaş deputatlarimizdan alohida masʼuliyat talab etiladi.
Prezident nutqida alohida diqqatimizni tortgan yana bir masala borki, bu “propiska” masalasidir. Uşbu muammo uzoq yillardan beri köplab fuqarolarimiz va jamoatçilikning haqli noroziligiga sabab bölib kelayotgan edi. Aynan şu sabab partiya Saylovoldi dasturiga “propiskadan ötiş” tizimiga yangiça yondaşiş, fuqarolarimizning öz xohiş-istaklaridan kelib çiqib, doimiy yaşaş joyini özi belgilaş huquqini taʼminlovçi huquqiy asosni bosqiçma-bosqiç takomillaştirib boriş” masalasi kiritildi. Saylovoldi debatlarda, uçraşuvlarda raqib partiyalar tomonidan uşbu fikr yaqin yillar içida yeçimini topmasligi va saylovçilar ovozini oliş uçun qilingan populistik çaqiriq, deganga öxşaş eʼtirozlar ham bölgandi.
Bugun davlat rahbari tomonidan uzoq yillar davomida xalqimizni qiynab kelgan ana şu propiska degan adolatsiz tizimni bartaraf etiş vaqti kelgani taʼkidlangani köpçilikning könglidagi gap böldi.
Joriy yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” deb nom berilgani ham mamlakatimizning kelgusi 10 yillikdagi asosiy yönalişini belgilab beradi. Zero, ilm-fanni rivojlantirmasdan turib, yorqin kelajakni tasavvur etib bölmasligi ayni haqiqatdir. Kelajak farovon bölişini istar ekanmiz, iqtisodiyotni va barça sohalarni raqamlaştirişga erişişimiz darkor.
Raqamli iqtisodiyotni va texnologiyalarni rivojlantiriş sohalar rivojiga taʼsir etiş bilan birga köplab sohalarda korrupsiyani bartaraf etişning samarali vositasi hamdir. Bu orqali biz mazkur illatning oqibati bilan kuraşişni töxtatib, uni keltirib çiqaruvçi sabablarni aniqlab, partiya dasturida belgilanganidek, ildizi bilan quritişga erişamiz.
Murojaatnomada qayd etilganidek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş mamlakatimizning navbatdagi islohotlar davrining eng asosiy yönalişlaridan biriga aylanmoqda. Bejizga Prezidentimiz “Bu illatni yöqotmasdan turib oldimizga qöygan birorta vazifani bajara olmaymiz”, deya taʼkidlamadi. Endilikda mazkur “oyoğimizdagi kişan”ga qarşi sözda emas, amalda jiddiy kuraş boşlanmoqda. Bu kuraşga masʼul qilib avvalgidek, turli idoralar yoki jamoatçilik asosidagi komissiyalar emas, alohida, kuçli organ belgilandi. Parlament oldiga ham sohaga oid qonunçilik bazasini takomillaştiriş vazifasi qöyildi.
Bu borada Özbekiston “Adolat” SDPning ham öz takliflari va dasturiy yönalişlari bor. Maʼlumki, mazkur illat bilan kuraşişni faqatgina davlat organlariga yuklab qöyiş bilan kerakli natijaga erişib bölmaydi. Bunda eng asosiy vosita, yeçim, kuraşga keng jamoatçilikni, fuqarolarimizni, xalqimizni faol jalb qiliş lozim böladi. Buning uçun, avvalo, mazkur masalalarni qonunçilikda aks ettiriş kerak.
Umuman olganda, jamoatçilikni islohotlarda harakatlantiruvçi kuçga aylantiriş Murojaatnomaning boş ğoyalaridan biri böldi, desak aslo adaşmaymiz. Endilikda, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatçilikda alohida qiziqiş uyğotadigan öta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilişda jamoatçilik bilan maslahatlar, jamoatçilik eşituvlarini ötkaziş majburiyligining aniq belgilanişi qayd etildi.
Murojaatnomada ilgari yuksak minbarlarda yangramagan yana köplab taşabbuslar, ğoyalar, vazifalar ilgari surildi. Ulardan har birining töliq ijrosini taʼminlaş, hayotga tatbiq etiş natijasida mamlakatimiz taraqqiyoti yanada jadallaşuviga erişiladi.
Eng asosiysi, farovon hayot, rivojlangan Özbekiston biz uçun endi uzoq kelajak emas, balki qilinayotgan işlar, olib borilayotgan islohotlar orqali biz buyuk kelajakka tobora yaqinlaşmoqdamiz. Buni xalqimiz ham iç-içidan sezmoqda, ertasi farovon bölişiga işonmoqda. Bizning asosiy vazifamiz esa belgilangan vazifalarning töliq ijrosini taʼminlaş orqali ana öşa işonçni oqlaşdan iborat.
Narimon Umarov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri
örinbosari.
