Yulduz töla umid osmonim
Men egilsam senga egildim
Men egilsam – sizga egildim,
Onajonim – Turon yerlari.
Men topinsam – sizga topindim,
Otajonim – Turon erlari.
Men Samarqand, Buxorodirman,
Ismi-jismim farzandi Surxon.
Men ellarga şod boradirman,
Amir Temur ölmagan debon.
Men Uluğbek avlodidirman,
Yulduz töla umid osmonim.
Men istiqlol bayroğidirman,
Hur – baxtiyor Özbekistonim.
Ajdodlarim dösti sodiq yor,
Şeʼrga monand dastu zaboni.
Sadoqatli mustaqil diyor,
Ikki daryo – ikki jahonim.
Oy çökkan köl
Bahor bilan gullar terdim,
Oy çökkan köl qirğoğida.
Şirin-şirin xayol surdim,
Tunning momiq quçoğida.
Vaqt ötar, yulduzlarning
Közlariga botar dunyo.
Armon bilan kunduzlarning
Örtasida yotar dunyo.
Boşim oydan aylanadi,
Kölning tinar qirğoqlari.
Yuragimga boğlanadi,
Sevganimning munçoqlari…
Bahor bilan gullar terdim,
Oy çökkan köl qirğoğida.
Şirin-şirin xayol surdim,
Tunning momiq quçoğida.
Xohlasak ham…
Yillarimiz ötib boradi,
Xohlasak ham, xohlamasak ham.
Yöllarimiz ortda qoladi,
Xohlasak ham, xohlamasak ham.
Kim sevilib, sevilmay ötar,
Kim kutilib, kutilmay ötar,
Mehnatga yor murodga yetar,
Xohlasak ham, xohlamasak ham.
Kimning ozu, kimning köp işi,
Kimning yöğu, kimning bor huşi,
Aylanadi falak gardişi,
Xohlasak ham, xohlamasak ham.
Oyu quyoş – borliq bu dunyo,
Kimga kamu, ortiq bu dunyo,
Hammamizdan tortiq bu dunyo,
Xohlasak ham, xohlamasak ham.
Haydar Töra borini aytar,
Yurakdagi zorini aytar,
Mehr-oqibat, yaxşilik qaytar,
Xohlasak ham, xohlamasak ham.
Bahorjon
Tuşlarimda seni soğindim,
Huşlarimda seni soğindim,
Işlarimda seni soğindim,
Bahorjonim, kelaqol endi.
Muhabbatim – borliğim deya,
Oşiqlarga yorliğim deya,
Elu yurtga korligim deya,
Bahorjonim, kelaqol endi.
Qarğalar uçmoqda şimolga,
Boyçeçak yetmoqda kamolga,
Bunçalar berilding xayolga,
Bahorjonim, kelaqol endi.
Boru yöğim – şeʼrlarim bitib,
Yöllaringga uzoq köz tikib,
Kutişlardan ketdim orziqib,
Bahorjonim, kelaqol endi.
Issiq sovuqlarga qasd qilib,
Böylaringdan soçib mast qilib,
Özni baland,bizni past qilib,
Mayli, jonim, kelaqol endi.
Tuşlarimda seni soğindim,
Huşlarimda seni soğindim,
Işlarimda seni soğindim,
Bahorjonim, kelaqol endi.
Ey yoronlar
Ötar dunyo – yuraklaring ming bir pora,
Öqib-uqib bildim şuni, ey yoronlar.
Şohu gado oxiratda bir beçora,
Öqib-uqib bildim şuni, ey yoronlar.
Mehr abad, taxtu amal ötkinçidir,
Oy, Quyoşning tutilişi vaqtinçadir,
Xudo bergan butun umr bir kunçadir,
Yonib-yonib bildim şuni, ey yoronlar.
Köp adaşib odam yölin bilar ekan,
Ön beş kunda hilol tölin bölar ekan,
Kattalar ham yoş boladay kular ekan,
Körib-körib bildim şuni, ey yoronlar.
Közlamasdan otmas öqin heç bir ovçi,
Öylamasdan aytmas sözin heç bir sovçi,
Möljal uzoq, manzil yaqin, men yölovçi,
Yurib-yurib bildim şuni, ey yoronlar.
Haydar Töra Yerda yotib Osmonda yur,
Kelajakni topay desang ötmişni kör,
Döst-yorlaring diydoriga yölingni bur,
Tolib-tolib bildim şuni, ey yoronlar.
Haydar Töra
Muallif haqida:
Haydar Töra — Şerobod tumanida tuğilgan. 1973 yilda Toşkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi. Uning “Nasiba”, “Muhabbat”, “Onajon yurtim” nomdagi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Şoir şu kunlarda özining qutluğ yoşini nişonlamoqda. Muştariylarimiz nomidan çin qalbdan muborakbod etamiz.
