Yangi rahbar saylandi

Namangan shahrida viloyat  jurnalistlari faollarining umumiy  yig'ilishi bo'lib o'tdi.  Yig'ilishda  tashkiliy  masala ko'rildi. Uyushmaning viloyat bo'limiga «Namangan haqiqati» gazetasi bo'lim mudiri Nosirjon Dehqonov (Nosir ABBOS) bir ovozdan rais etib saylandi.

Shu vaqtga qadar bu lavozimni Mahmudjon Parpiyev boshqarib kelgan edi. U O'zbekis­ton Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga saylanib, ayni paytda Senatning Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisining o'rinbosari vazifasida faoliyat yuritmoqda.

Tanqidiy va samimiy ruhda  o'tgan yig'ilishdan so'ng “Yangilanishlar jarayonida jurnalist  mahorati va kasb etikasi” mavzuidagi konferensiyasi  o'tkazildi. Unda bugungi kunda viloyat jurnalistlari oldida turgan vazifalar muhokama qilindi va istiqbol rejalar belgilab olindi. Tadbirda  muvaffaqiyat bilan faoliyat olib borayotgan tuman gazetalaridan biri “Norin ovozi” gazetasi  jamoasi va viloyatning bir qator  faol jurnalistlariga Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Faxriy yorlig'i va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbirda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa'dulla Hakimov va Namangan viloyati hokimi o'rinbosari  Pahriddin Matkarimov  ishtirok etdi.

O'z muxbirimiz.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

four × four =