“Bu maydon içra …”

Bir amallab gazeta oçib, hasratidan çang çiqib yurganlarni ham köryapmiz. Içimizda, nima zaril edi-ya, senga, deb qöyamiz.

Naçora, jurnalistika ham bir ohanraboli kasb. Har bir davrda, har bir kasb öz fidoyilari bilan muhtaşam. Öziga xos, “fanat”lari bilan gullaydi, gurkiraydi.

Ötgan yili, hammaning eʼtiboriga tuşgan bir obröli jurnalda, çaraqlabgina işlab yurgan Nozimjon Aşuraliyev degan ijodkor ukam:

— Aka, duo qip turing. “Vaqt – Vremya” gazetasi işga taklif qilyapti”, – deb qoldi.

Duoni-ku, qildim, ammo xayolimdan, “aristonlarga atalgan, naridan beri gazeta bölsa kerak. Issiq joyini sovutişiga arzirmikin?” — degan fikr ham ötdi.

Adaşgan ekanman! “Panjara ortidagilar” uçun çiqadigan öşa gazeta salkam sakkiz ming nusxada çop etilayapti.

Köz taşlab, fikr aytiş maʼnosida keltirib berişgan bir neça sonini varaqlar ekanman, uni ozod odamlar ham öqisa böladigan, istarasi issiq, çayirgina gazeta ekan, degan fikrga keldim. Qaysidir maʼnoda öquvçisini ham topib olgan.

Nafsilambirini aytganda, “Vaqt – Vremya” bugun “oçiqdagilar” uçun çiqarilayotgan köplab gazetalardek ançayin dilkaş, qiziqarliroq tuyuldi, menga. Bu ehtimol, ijodiy jamoaning muammolarini biz xira tasavvur qiladigan, “yopiq hayot” ekaniga könikib qolgan, şart-şaroitlari ğira-şira, oddiy aholi uçun ançayin sirli bir olam bölgan, jazoni ijro etiş muassasalarini içidan körib, qahramonlari bilan yuzma-yuz ötirib, öy-xayollari, iztiroblarini jon quloği bilan eşitib, qölga qalam olganida, deb bildim.

Ijodiy jamoa faqat öz imkoniyatlari bilan çeklanmay, taşqi mualliflarga ham bajonidil joy ajratişini kuzatdim.

Nafaqat jurnalistikamizning, balki bugungi adabiy jarayonning taniqli vakillari Iqbol Mirzo, Xurşid Davron, Sirojiddin Sayyid, Minxojiddin Mirzo, Ibodulla Mirzayev (tarjimon) va boşqa bir qator mualliflarning nomlari ham gazetaga ança fayz kiritişini sezdim. Iloji bölsa, mehmon mualliflar safi yanada kengaysa. Çet el adabiyotidan bot-bot alohida sahifalar qilinsa. Yangi, qiziqarli ruknlar köpaytirilsa, naşrning yuzi yana ham oçilib ketar ekan,  deb öyladim.

Gazeta öz öquvçilari bilan aloqalarni ança yaxşi yölga qöyib olgani körinib turibdi. Eʼlon qilinayotgan maktublar, dil izhorlari, mahkumlar ijodidan namunalar muntazam yoritib borilişi anʼanaga aylangani seziladi.

Öquvçi könglini ovlaydigan ruknlar köpaytirilsa. Yaʼni, “Siz kutgan uçraşuv”, “Panjara ortidagi döstlik”, “Men, albatta qaytaman!”, “Siz mening yodimdasiz!”, “Savol bergan ekansiz”, “Qonun yoki qarorga munosabatingiz”, deganga öxşaş…

Mahkumlar özlarini qiynayotgan barça savollarga öz gazetasi “Vaqt…” orqali mutaxassislarning jöyali javobi, foydasi tegadigan, samimiy maslahatlarini olişi ham gazetxon bilan tahririyat örtasida qizğin aloqalar, iliq munosabatlarni kuçaytiradi, gazeta jamoasiga hurmatini oşiradi. Buning uçun ularning köngliga çin dildan quloq tutişni bilişimiz kerak. Naşrning boş maqsadi ham ana şu qatlam bilan işlaş, nazarimda.

Hozirgi holatida esa köproq formali xodimlar bilan işlaş birinçi örinda turganday taassurot qoldirmayaptimikin?! Fotosuratlarda formali xodimlarning hukmfarmo faoliyati börtib turgan vaziyatlar köproq aks etayotganday. Iloji bölsa bunday suratlarni kamaytiriş zarur. Bu taklifimiz, asosan, fotosuratçiga tegişli. U öz işiga sal ijodiyroq yondaşib, mahkumlarning formali xodimlar bilan dilkaşroq holatlarini poylaşi, paytini ilğab, plenkaga muhrlay olişi lozim. Buni körgan xodimlar ham oxir-oqibat, ha, şunday işlaşimiz kerak ekan, degan xulosaga kelişsa, ajab emas.

Mahkumlar hayoti bilan boğliq, ixçam hikoyalar, ayniqsa, yumoristik asarlarni naşrda umuman körmadim. Bunday narsalar dunyo adbiyotida ham, özimizda ham istagança topiladi.

“Öqişni tavsiya etamiz” rukni yaxşi. Uning tagidan öşa kitobdan qiziqarli parça berilmasa, bu iş özini oqlamaydi. Şunçaki, reklama yoki “pulga taşna” işbilarmon noşirlar foydasini közlab qilingan iş bölib qoladi.

Nihoyat, “Şeʼriyat böstoni” rukni masalasida.

Avvalo, şunday sahifaning borligi va muntazamligi kişini xursand qiladi. Faqat, mualliflarning ismi töliq keltirilmasligi unçalik töğri emas, nazarimda. Çunki, ruhşunoslarning aytişiça, har qanday odamga kimningdir lafzidan öz ismini eşitiş eng huzurbaxş lahza bölarkan. Qolaversa, tört jumlani munosib jamlab, matbuotda yoritayotgan qalamkaş uçun bu neʼmatning ahamiyati beqiyos. Agar içki tartib yoki qonunlarda monelik bölmasa, mualliflarning ismi töliq yozilgani maʼqul. Bu ham gazetani öz öquvçisi bilan yanada yaqinlaştirişi şubhasiz.

Şunday qilib Nozimjon ukamiz “Vaqt – Vremya”ga işga ötdi. Yangi yil arafasida unga gazetasining adadidan qayğurgan bölib:

— Eski yilda salkam sakkiz ming nusxada çiqqan ekansizlar. Tuzukkina oşdimi, adadinglar? — deb söradim. U nima dedi, deng:

— Xayriyat, yetti ming nusxaga yetkazib oldik.

Angrayib qolibman.

Bu gapni u boşqa gazetaçi döstlarimga öxşab, armon bilan emas, aksinça, mamnuniyat bilan aytayotgani meni battar ajablantirardi. Tuşunmayroq turganimni sezgaç, aniqlik kiritdi:

— Aristonlar keyingi yillarda bizda ham kamayib boryapti, aka. Yetti ming ham aslida köp. Qani endi, mahkumlar keskin siyraklaşib, qamoqxona binolari huvillab qolsa. Tepasiga Şvetsiyadagiday, mahkum yöqligini bildiruvçi oq bayroqlar tikib qöysak! Biz esa şu tufayli — uşbu gazetadagi xodimlar işsiz qolsak ham rozi edik.

Bilasizmi, matbuotçilikka manğiganidan buyon “tiraj” uçun kuraşib yaşagan bir qalamkaşga, jurnalistikaga endi kirib kelayotgan bir hamkasb döstining tilidan bunday javobni eşitişi, juda ham yoqimli.

Abdunabi Boyqöziyev,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan