“Anov çayir bola kim böldi?”..
— Omadli ekansiz, berilgan savollarga yaxşi javob berdingiz. Qatʼiyatli, çörtkesarligingizdan maʼlum, yaxşi talaba bölasiz. Ammo yana bir savol, Surxondaryodan sizdan taşqari, yana uç kişi şu fakultetga hujjat topşirgan, ular ham berilgan savollarga javob berişdi, lekin bizda qabul qilinuvçilar soni çeklangan-da, ayting-çi, öqişga siz kirganingiz maʼqulmi yoki ular? — jiddiy söradi domla.
— Menga qolsa hammamiz öqiganimiz yaxşi, domla, — degandi öşanda abituriyent Usmonali Normatov…
Biz, yuqori kurs talabalari yozgi taʼtildan qaytib, yangi öquv yilini boşladik. Dekanning xonasi yonidagi zalning bir burçida birinçi bosqiç talabalari begonasirab turişardi. Kursdoşim Abdumajid Azimovdan söradim: “Hov anov, çayirdan kelgan, kim böldi? Şiddati balandga öxşaydi”. “U — sariosiyolik, armiya körgan bola. Men ham keça bildim”.
Oradan köp ötmay butun jurnalistika fakulteti talabalari Mirzaçölga ixtiyoriy-majburiy haşarga, yaʼni paxta terişga ketdik. Şu yerda birinçi bosqiç talabalari bilan ham tanişdik. Usmonali «barak»da, yaʼni haşarçi talabalar joylaşgan qönalgohda böladigan gap-sözlarga, turli bahs-tortişuvlarga, tarafkaşliklarga qöşilmasdi. Özi bilan özi bölib, köp qatori paxta terardi. Tortinçoq, desak notöğri bölar, ammo hammadan, hamma narsadan muomala va munosabatda masofa saqlaşga örgangan bu sobiq askar tez orada yaqin ukamizdek bölib qoldi. Biz Usmonali bilan ikki mavsumda Sirdaryoning Oq oltin tumanida bir barakda yotib paxta terganmiz.
U paytlarda bepoyon paxtazor bağrida joylaşgan dala şiypondagi taniqli yozuvçi, şoirlar bilan böladigan ijodiy uçraşuvlar, şeʼriyat muşoiralari, adabiy jarayonlar haqidagi bahs-munozaralar hali-hali yodimizdan çiqmaydi, qalbimizda muhrlanib qolgan.
— Otamga jurnalist bölaman, deb poyezdga bilet oldirdim. Yelkamdan yuk bosganday böldi. Nima qilib bölsa ham talaba bölişim şart edi. U paytlari respublika böyiça jurnalistika fakultetiga 25 nafar bola qabul qilinardi. Hujjatlarimni qabul hayʼatiga topşirdim, qarasam keç bölayapti, boradigan, yotadigan joyning özi yöq. Bu hayotimdagi birinçi uçragan qiyinçilik edi.
Alanglab atrofga qarayman, xavotirda turganimni sezgan şekilli, Ergaş Ibragimov degan kursdoşlaringiz talabalar şaharçasidagi yotoğidan joy berdi. Könglim yorişdi. Öşanda közimga bu odam avliyodek köringandi. Keyin bildim, özi ham avliyosifat odam ekan. Söngra Mirza Kenjabek, Sirojiddin Sayyidni uçratdim. Şu tariqa “talabalik oltin davrim” boşlangan, — deydi Usmonali öşa damlarni eslab.
* * *
…Men öqişni tugatib, qoida böyiça kiçik leytenant unvonini oliş uçun Qozoğistonning Çernyayev viloyatiga harbiy xizmatga ketdim. Nasibadan qoçib bölmas ekan-da…
1986 yil, yoz oxirlagandi, diplomini kötarib, Usmonali Termizga — “Lenin bayroği” (hozirgi “Surxon tongi”) viloyat gazetasiga işga keldi. Uni öşa paytda boş muharrir örinbosari, Norqul Hayitqulov iliq kutib oldi. Söng muxbir bölasan deb qişloq xöjalik bölimi mudiri Tansiqboy Tumuşev “akademiyasi”ga şogirdlikka berişdi. Ayrimlar uni bu odam bilan olti oy ham işlayolmaydi, deyişdi. Çunki Tansiqboy aka qattiqqöl, töğrisöz, gap kelganda otasini ham ayamaydigan, çörtkesar odam edi. Ammo öz sohasini yaxşi bilardi. Yillar davomida uning feʼli va fazilatlari Usmonali Normatovga köçdi, desam xato qilmagan bölaman.
Vo ajabo, ana şu bölib ötgan voqealarga ham öttiz beş yil bölibdi… Şu vaqt içida “Surxon tongi” jamoasi qişloq xöjaligi muammolari, yutuqlarini yoritişda qanday natijalarga erişgan bölsa, bunda Usmonalining ham munosib hissasi bor.
* * *
Usmonalining otasi ön olti yoşida Ikkinçi jahon uruşiga ketib, beş joyidan yarador bölgan, ammo bir qator orden-medallar taqib, 1945 yili ğalaba bilan ona qişloğiga qaytib kelgan. U kişi ferma mudiri, paxtaçilik brigadasi boşliği, poçtaçilik qildi. Turmuş örtoği Oyşa bibi bilan beş öğil, bir qizni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazişdi.
Usmonali Normatov tahririyatning qişloq xöjaligi bölimida muxbir, bölim boşliği, masʼul kotib bölib işladi. Öz davrining atoqli jurnalistlari S.Jöraqulov, N.Hayitqulov, I.Otaqulov, B.Yoriyev, O.Usanov, X.Maqsadqulov, R.Abdurahmonov, T.Qöşoqovlarni özining ustozi deb bilgan Usmonali milliy matbuotimizda öz uslubini yarata oldi. U “Surxon tongi”ni bağriga bosgança, 1994- 2010 yillarda respublika “Sport”, “Qişloq hayoti” gazetalarining viloyat böyiça muxbiri sifatida ham davrning dolzarb muammolarni yoritganini gazetxonlar yaxşi eslaşadi.
— Xolmamat Mamatqulov öz işini sanʼat darajasiga kötargan ijodkor edi, — deydi Usmonali yoşlikni xotirlab. — U kişi faoliyati davomida önlab mahalliy va xalqaro fotokörgazmalar ğolibi bölgandi. Menga eng armon qiladigani, qarang, yoşlik qilib, şu insondan fotosanʼatni örganmabman. Yana Norqul va Xurram akalar tahrirda benazir kişilar edi, ular tahrir qilgan publitsistik janrlar poeziyaga aylanardi. Bu kabi tahrir ustalaridan örganadiganlarim köp edi…
* * *
Usmonali Normatovning umr yöldoşi Muborak Ergaşeva ToşDU (hozirgi ÖzMU)ni tamomlab, bir umr yoşlarga ona tili va adabiyoti fanidan dars berdi. Bu ziyoli oilada ikki öğil, bir qiz tarbiya topdi. Usmonali Normatovning töğrisözligi, halolligi, dangalligi, ijodkorlik jurʼati hayotiy faoliyatida qançalik pand bergan bölsa, öz öquvçilari, hamkasblari eʼtiborini qozoniş, el-yurt hurmatiga sazavor bölişida şunçalik qöl kelganligini tan olmasdan bölmaydi. Yana bir gap: uning biror marta bölsa-da, vazifa, mansabga intilganini yoki şunga moyillik bildirganini bu dargohda heç kim körgan, bilgan emas. Unga bölim mudirligi, kasaba uyuşmasi raisligi va masʼul kotiblik vazifalari majburlab yuklangan. Usmonali Normatov mehnat faoliyati davomida Prezidentimiz farmoniga köra “Şuhrat” medali bilan takdirlandi.
“Keçagina” tahririyatga işga kelgan ukamiz bugun oltmiş yoşni qarşilaganiga inonging kelmaydi. Vaqtning bardoşi va keskirligini özgartirişga bandasi hamişa ojizlik qilarkan-da…
Safar Omon,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi,
Surxondaryo viloyati.
