Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tomonidan xalqaro onlayn konferensiya ötkazildi.

2020 yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” deb eʼlon qilindi. Bu respublikamiz ilm maʼrifat, sanʼat, madaniyat sohasi vakillari zimmasiga masʼuliyatli vazifalarni yuklaydi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56/F farmoyişiga muvofiq, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tomonidan “Örta asrlar Şarq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida sanʼat va madaniyat masalalari» mavzusida onlayn tarzda ötkazilgan III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham uşbu maqsadlarni közda tutadi. Unda qator xorijiy davlatlardan 10 dan ortiq professor-öqituvçi, Respublikamiz Oliy öquv yurtlari, madaniyat, sanʼat sohasining 30 ga yaqin vakillari, yoş olimlar öz maʼruzalari bilan iştirok etişdi. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining 45 nafar olim hamda doktorantlari özlarining dolzarb mavzulardagi maʼruzalari bilan qatnaşdi.

Anjumanda “Örta asr Şarq allomalari va mutafakkirlari ilmiy merosining jahon madaniyati va sanʼati taraqqiyotidagi örni”, Örta asr Şarq allomalari va mutafakkirlari ilmiy merosining sanʼat turlarining taraqqiy etişidagi ahamiyati”, “Örta asr Şarq allomalarining taʼlim-tarbiya va şaxsning maʼnaviy kamoloti xususidagi qaraşlari” singari mavzularda maʼruzalar qilindi.

Uşbu konferensiya ZOOM dasturi orqali onlayn ravişda olib borildi.

Matbuot xizmati

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan