Özbekiston öz kelajagini özi belgilaydi

Dunyo tibbiyot ilmining yetuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino har qanday kasaldan davolanişning birinçi galdagi şarti köngil xotirjamligi ekanini taʼkidlaydi. Köngil xotirjam holatda öz jismidagi özgariş-hodisalarni his qila oladi va jismdagi biron aʼzoda noxuşlik bölsa, uni bartaraf etişga intiladi. Unga qarşi vositalarni qöllaşga harakat qiladi.

Eng muhimi, öz aybini özgalardan axtarişdan ham tiyiladi. Rossiyalik bloger Artyom Lebedev özbek xalqining hayot tarzi, turmuş keçirişidan mutlaqo bexabar bölgan holda Özbekistonda joriy etilgan karantin qoidalari haqida öziça fikr yuritibdi. Uning vedio tasmaga olingan çiqişini eşitib, şunday xulosa qiliş mumkin: Özbekiston avvalo dunyo böylab kung yoyilayotgan tojvirusining mamlakatga kirib kelmasligini oldini olişga eʼtibor qaratdi. Ammo baxtga qarşi kirib keldi. Uning tarqab ketmasligini taʼminlaş maqsadida keng kölamli işlarni amalga oşirdi. Tojvirusiga çalingan bemor aniqlangan kundanoq aholini himoya qiliş, soğligini asraş uçun kerakli himoya çoralarini kördi. Karantin qoidalarini xalqaro jarayonlarga qiyosiy tarzda joriy etdi.

Şuningdek, boquvçisini yuqotgan, kam taʼminlangan, yolğiz qariyalar holidan xabar oliş, rözğor uçun kerakli mahsulotlarni davlat hisobidan yetkazib beriş, örta va kiçik tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş işlarini yuqori saviyada taşkil etdi. Aholini tojvirusidan asraş maqsadida köçalarda ogohlantiriş sadolari yangradi. Qisqa davrda amalga oşirilgan işlar dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etildi.

Maʼlumki, Rossiya hukumatining nufuzli telekanallaridan biri ham Özbekistondagi karantin holatlarining baʼzi jihatlarini özlarida ham joriy etişsa maqsadga muvofiq bölişini taʼkidlagandi. Hatto Toşkentda olingan tasvirni efirga uzatişdi. Şu tariqa Özbekistonning baʼzi amaliyoti Rossiyada ham joriy etilgandi. Bugungi kunda körilgan çoralar natijasida ulkan hududga ega Rossiyada tojvirusiga çaliniş darajasi unçalik yuqori emas. Bu Rossiya hukumatining ilk yutuği. Biroq, Artyom özlarida ham joriy etilgan qatʼiy karantin holatiga çiday olmaganidan aybdorni axtarib qolgan körinadi. Axir, dunyo tajribasidan maʼlum-ku, ommaviy yiğinlar, boğlardagi sayrlar, köçalarda töplanib yuriş tojvirusining keng taprqalişiga sabab bölmoqda. Artyom ham Özbekistonni, özbeklarni aybdor qilmasdan, köp qatori, özini-özi yakkalaş qoidasiga amal qilib yaqinlariga kasallik yuqtirmaslikka harakat qilsa yomon bölmasdi…

Özbekiston mustaqil mamlakat, öz huquqini özi belgilaydi. Özbek xalqi oçiq köngil, heç kimga yomonlik qilişni istamaydigan xalq. Mamlakatimizning kelajak taraqqiyoti, Artyom fikr yuritganidek, öris xalqiga boğliq ham emas.

Agar bu blogerning aqli şu darajada oşib-toşib ketgan bölsa, öz yurtida sodir bölayotgan voqea va hodisalar, tojvirusining salbiy oqibatlari, uni bartarf etiş çoralari töğrisida boş qotirsa, fikr yuritsa maqsadga muvofiq böladi. Özining foydali taklifini öz xalqi eʼtiboriga havola etişi, öşa yurt fuqarosi sifatida, burçi ham hisoblanadi.

Ammo köngilda xotirjamlik bölmasa aql öz izmini içki tuğyonga yetaklovçi talvasaga, xovliqmalikka berib qöyadi. “Qörqqandan xovliqqan yomon”, maqoli bejiz aytilmaganini hisobga olsak, Artyomning özi tinçmikin, degan fikrga ham borib qolar ekansan. Xotirjamligini yöqotgan şaxs ongsizlik iskanjasiga tuşib qoladi. Özidagi immun quvvatni yöqotişdan taşqari, öz-özini boşqarolmay qoladi. Natijada jinoyatga ham qöl urişi mumkin. Bunday holatdan mutasaddilar ehtiyot bölgani maʼqul.
Ayniqsa, butun dunyo ahliga kelgan sinovli lahzalarda heç bir mamlakatning ikkinçi bir mamlakatdan ustun emasligi sezilib qoldi. Hatto özini gegemon deb hisoblovçi mamlakatlar ham bu virus oldida ojiz ekanligi maʼlum böldi. Şunday ekan, bloger kim bölişidan qatʼi nazar ortiqça hayajonga, ehtirosga berilmasligi lozim. Zero, hali qaysi mamlakatning tojvirusiga qarşi qöllagan usuli ustun kelişini vaqt körsatadi.

Şuni ham unutmaslik kerak, bugun axborotlaşgan, xabarlar soniyalar içida Yer yuziga tarqalayotgan davrda yaşayapmiz. Jahon OAVlari maʼlumotlaridan maʼlumki, tojvirusidan birgina yöl bilan himoyalaniş mumkin, bu ham bölsa har bir inson uyda qolib, öz-özini asraş orqali oila aʼzolarini, qöni-qöşnilarini, mahallasini, qolaversa, jamiyatni xavfdan asraydi.

Buning uçun köngilda xotirjamlik bölişi zarur. Xotirjamlik maʼnaviy ongi rivojlangan, fahmi-farosati yetilgan, fikrlaş qobiliyatini yöqotmagan odamda mavjud böladi.
Eng muhimi, içki xotirjamlik köngilda sabr tuyğusini uyğotadi. Zero, buyuk hakim bobomiz Ibn Sino bejiz: “Sabr — şifoning bolanişidir”, deb taʼkidlamaganlar.

Yusuf Jörayev,
“Hurriyat” muxbiri.
18 aprel 2020 yil

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan