Toşkent – non şahri

Inçunun jon va iymon şahri hamdir!

Şu kunlarda rus  yozuvçisi Aleksey  Neverovning “Toşkent – non şahri”   asarini  qaytadan öqib çiqdim. Çunki asar qaysidir qirrasi bilan bugungi kunga hamohangdek.  Bu asar asosida taniqli kinorejissyor Şuhrat Abbosov kino işlagan. Kimdir asarni öqigan va yana kimdir kinosini tomoşa qilgan  bölişi mumkin. Öğlimga asar syujetini gapirib berar ekanman, oçarçilik va qahatçilikni özining lat yemagan ruhiyatida jonliroq his qilib körişini xohladim. Bugungi neʼmatlarning qadriga yetişi uçun, odamgarçilik,  sadoqat, matonat, muhabbat  qahatçiligiga duç kelmasligimiz uçun buni anglaşini qattiq istadim. Ğala-ğovurli, inqiroz xaritasi çizilayotgan, oçlik  emas, oçközlik  vahimasi xuruj qilayotgan bugungi kunda bu asarni qayta öqib çiqişni har bir özbekka tavsiya etgan bölar edim.

“Toşkent – non şahri”. Bu butun dunyo nigohini Özbekistonga qaratgan asar. Mana asardagi Toşkentga berilgan taʼriflar: “U yerda non böğzinggaça köp, Özbekiston naq  jannatning özi emiş.”  Asarga köra odamlar oçlikni yengiş, ölim ustidan ğalaba qozoniş uçun Özbekistonga – Toşkentga intilganlar. Toşkent timsolida xaloskor bir mamlakatni tasavvur etganlar.  Dunyoning maşhur yozuvçisi Frans Kafka ham bu asarni öqib, “Bunday bolalari bor xalqni yengib bölmaydi.” – degan ekan.

Men oçlik zamonini körmaganman(Ilohim körmaylik). Biroq Otamdan  juda köp eşitganman. Odamlarning nonga zor bölganlari, oçlikdan kunjara yeb şişib ölganlari, bahorga çiqib olgan xalq ölimni ortda qoldirganiga közi yetib  sevinganlari, bu yoğiga daraxt şirasini yeb jon saqlaş mumkinligi…. Öşa kunlar hali bizdan u qadar uzoq ketgan emas. Kimningdir otasi, kimningdir bobosi oçlik zamonidagi kunlarni matonat bilan yaşab ötgan. Şu uçun ular bir burda nonni yerga tuşganini körsa, öpib peşonasiga suradi.

Biroq men körmagan kunlarim haqida emas, bugun real körayotganlarim haqida yozmoqçiman. Özbekning psixologiyasiga suqilib kirgan özimbölarçilik, man-manlik, birovning iztirobiga nopisandlik, noşukurlik, oçofotlik kabi illatlar ongimizni koronavirusdan kam iztirobga solmasligi aniq. Özbekistondagi koronavirus manzaralarini kuzatar ekansiz, orzularimizning, tafakkurimizning böyi bu qadar  past ekanligidan ğamga botadi odam.  Ötmiş va bugunni qoriştirib surayotgan xayollaringizni dunyoning eng xuşböy yuviş vositalari bilan tozalab olgingiz keladi.

Bitta tanişim, yaqin  qarindoşi karantin boşlanişidan oldin bir uyini oziq-ovqat va xöjalik mollariga tamoman töldirib taşlaganini gapirib berdi. Oz fursat içida butun yer şarida  yeru osmonni böşatib, tabiatni dam oldirib qöygan zot, bu jamlanmalarni neça kun saqlab beradi, ayting-çi? Xöş, bu kabi oçofotlikning, vos-voslikning ildizi qayerda? Uning yaroqlilik muddati ötib ketgan bölsaydi, degan xayollarga beriladi, kişi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalladan ijtimoiy yordam tarzida berilgan oziq-ovqatlarning kamligi aytilgan iddaoli video tarqaldi.  Sumka içidagi oziq-ovqat mahsuloti birma-bir bir çiqarilib, irğitib taşlanyapti, yegulik neʼmatlarga nopisandlarça munosabatda bölinyapti. Avvalo, yegulikka nisbatan bunday munosabatda böliş na musulmonçilik qoidalariga, na bizning şarqona madaniyatimizga töğri keladi. Qolaversa, muhtoj odam birov bergan bir burda nonni ham minnatdorçilik bilan qabul qiladi. Hali karantin boşlanganiga bir oy bölgani yöq, biroq odamlarning nolasi, vahimasi dunyoni buzgudek avjiga çiqmoqda. Ota-bobolarimiz beş yillab uruşda bölgan, front orqasida mehnat qilib, frontga oziq-ovqat, kiyim-keçak jönatişgan. Oilalarda erkaklar qolmagan. Lekin bunday vahima qözğalmagan. Mardona turişgan, qaddini tik tutişgan, bir burda nonini muhtojlar bilan baham körişgan. Olis zamindagi öris bolakayning  Toşkent timsolida jannatni tasavvur qilib kelişi bejizga emas. Yoki ikkinçi jahon uruş davrida minglab bolalarni bağriga bosib, tarbiya qilgan özbekning qahramonligi şunçaki qahramonlik dostonlari sifatida asarlardagina yaşab qoladimi?

Ehtimol, u kunlar ortda qolib böldi, bugun biz innovatsion yangiliklar zamonida yaşayapmiz, dersiz. Odamning, zamonning qiyofasi   özgarib borar, odamiylikning formulasi esa heç qaçon özgarmaydi!

Kuni keça rossiyalik dugonam bilan internetda suhbatlaşib ötirib, bizda juda köp dökonlarda non tekin ekanligini va bu yana dökon egalarining taşabbusi bilan şunday bölayotganligini  aytdim. U bölsa “Xleb nam besplatno nikto ne dayet.” deb javob yozdi. Gap bu yerda bir burda non haqida emas. Qiyinçiliklar, uqubatlar, ommaviy sinovlar birlaştirgan xalqning mehru muhabbati haqidadir. Özganing ğamini öz yuragining eng çöqqisiga kötarib, uni şaxsiy dardiga aylantira bilgani töğrisidadir.

Bugun butun dunyo sarosimada. Hatto iqtisodçilar  pandemiyadan keyingi  iqtisodiy inqirozlar Özbekistonda oğirroq keçişini “başorat” qilmoqdalar. Biroq nafsining tiyiliş nuqtalarini yaxşi anglab, xayrining sarhadlarini jilovlay olmagan özbek xalqini bu başoratlar u qadar tahlikaga solmasligiga işonaman. Çunki halolligi ibodatga aylangan xalqimiz özining çiroyli sabri bilan har qanday maşaqqatlardan çiroyli ötişiga şubham yöq. Frans Kafka aytmoqçi nafaqat asardagi kabi matonatli  öris bolakaylari bor xalqni, balki unga hayot buloğini tutgan maʼrifat vodiysiga mansub odamlari bor özbek  xalqini ham heç qaçon  yengib bölmaydi!

Gözal Begim.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan