Birga kuraşib, birga yengamiz!
Qadimda bir şaharda vabo tarqalib, odamlar sarosimada qolibdi. Qariyalar çorasiz, bolalar oçlikdan tinmay yiğlar, najot esa yöq edi. Şahar çetida bir közi ojiz tabib yaşardi. Biroq odamlar: «Bu söqir, odamlarni davolay olmaydi, agar çindan ham tabib bölganida özini davolardi, kör bölib yurmasdi», deb unga işonişmasdi…
Birkuni tabib tuş köribdi. Tuşida şaharda vabodan odamlar birin-ketin vafot etar, tiriklari çorasizlikdan özini qöyarga joy topolmasmiş. Tonglasi uyğonib taşqari çiqsa, haqiqatan ham şunday, hamma yoqdan şovqin eşitilardi. Hassasiga tayanib şahar markaziga boribdi. Şahar ahlini töplab şunday debdi:
«Buning bitta davosi bor. Sizlar menga işonsangiz va aytganimni bajarsangiz bu ölatni bartaraf eta olamiz. Bölmasa ölib ketamiz». Odamlar tabibning gaplariga işonmay, uni oğilxonaga qamab qöyibdi…
Vaziyat esa kundan-kun oğirlaşibdi. Boşqa çorasiz, imkonsiz qolgan xalq tabibni bandilikdan çiqarib, undan yordam söraşga majbur bölişibdi. Tabib ularga 40 kunlik çilla saqlab,tozalikka rioya etişini tayinlabdi. Oradan belgilangan muddat ötgaç, xaloyiq kasallikni yengib ötişgan ekan…
Alqissa öşa zamonlarda ham odamlar özini-özi yakkalaş orqali turli yuqumli kasalliklardan qutilişgan…
Bugun «qahramon» böliş uçun Gerostratdek Diana maʼbudini yoqiş yoki yangi sayyora kaşf etiş, kör-körona köçaga çiqiş, militsiya xodimiga özining kimligini körsatib qöyişga öriniş, piar uçun Amir Temur bobomiz bilan surbetlarça selfi qilib, xalqning asabiga tegiş kerak emas, bularning bari ğirt ahmoqlik, oddiygina tibbiyot xodimlari tavsiyalariga amal qilsak, bas!
Bizdan talab qilinayotgani — şaxsiy daxldorlik hissi bilan yaşaş, xolos. Jonini Jabborga berib işlayotgan, bugungi kunning qahramonlari — şifokorlar va xalqimiz manfaatlari yölida murakkab karantin şaroitida ham öz faoliyatini töxtatmayotgan fidoyi insonlarimizni duo qilaylik, olqişlaylik. Qalban ular bilan birga ekanligimizni aytaylik…
Zero, bu ofatni birga kuraşib, birga yengamiz!!!
Islom Asilbekov,
ÖzJOKUtalabasi.
