Qabrning ustida yiğlaydi quşlar

Ikkinçi jahon uruşida bedarak yöqolgan amakim Şoyusuf Şomalikov va buvim Saodat Majidova xotiralariga bağişlanadi

Allaqayerlardan eşitilayotgan nay navosi huşimni öğirlaydi… yurak allaneçuk özligini yöqotadi. Nay navosi… bu dunyoga kelarda quvonç, sönggi yölga ketarda köz yoş bölib eşitiladi menga… Aro yölda-çi?..

Aro yölda nayning navosi sinsa, yöq, yöq, quşlarning köz yoşi tökilayotganidan ogoh bölgan nay bir zum muallaq qolsa… Neçun? Buning sehr-u sababi ne?

Quşlar – bu onalar ruhlari nomaʼlum va nomsiz jangçi qabri ustida aylanib-aylanib köz yoş tökadi.

Quşlar köz yoş töksa, bu biri kam dunyoning yana bir jarohatimi? Bu jarohatga dunyoda malham… malham quyguvçi bormi?

Yöq, deydi kimdir, bor, deydi baralla ovozda yana kimlardir. Men aytilmagan sörovimga javob axtaraman: odamlarning çehralaridan, tegişli taşkilotlarning rahbarlaridan, ismlari yodda boru röyxatlarda yöq hujjat-kitoblardan…

Quşlar uçaveradi… ularning qanotida Armon bor! Quşlarning salmoqli sayroqlarida dunyolarga siğmaydigan dardi bor. Onaning intihosiz dardini dunyolarga eltguvçi elçi bu quşdir. Onaning oxiratda ham tinçiyolmay farzandi yodi-la, doği-la giryon urayotgan bezovta ruhlarining quşlarga aylanib qolgani…

Bir töda quşlar… Ularning orasidan biri ajralib, pastlaydi, asta-asta. Söng qanotlarini keng yoyib, nomaʼlum qabrga qönadi-da, allanima topgandek tumşuqlari bilan tuproqni bir-ikki çöqilaydi, keng yoyilgan qanotlarini yana ham qattiqroq bosib, goh öng, goh söl tarafga taşlayotgan boşini qabrga qöyadi. Şunda kutilmagan möʼjiza röy beradi olamda: quşning közlarida yoş sizadi: ön yettiga tölmay yöqotgan öğlining isini topganday edi bu qabrdan…

Giryon urib uçayotgan quşlar osmonni larzaga kelturgudek çuğurlaşadi: “Öğlingning qabrini axiyri topding” deyayotgandek. Umr böyi izlagani – öğlining isiga töyolmagan Bedor Quş esa hamon bağrini qabrga berib yotardi…

Buvijon, deyman, ön yettiga tölmay kuzatgan öğloningiz dardida özingiz bu dunyodan ötguningizga qadar armon bilan yaşadingiz. Köz yoşlaringiz yuzlaringizni yuvib aytgan gaplaringiz yodimda: Qirçillama yoşida yigit ketgan öğlimga yurak yutib aza oçolmadim, musofir yurtlarda yuribdi, deb yuragimning çekkasida çiroq yoqolmadim”

Buvimning yuragida ham, ön yettiga tölmay uruşga ketgan akamiz Şoyusuf akaning qabriyu ruhiga ham hali-hanuz çiroq yoqilgani yöq…

Yetmiş beş yildan oşdiki, bu çiroqning yonişi mahol bölyapti. Eşityapsizmi, ruhlari quşlarga aylangan qondoşlarim, mahol bölyapti bu çiroqning yonişi…

Juda yaxşi eslayman, 5-6 yoşlarda bölsam kerak (hali maktabga bormasdim) buvam bir notaniş kişi bilan kirib keldi – şunaqangi xursandki, ularni heç qaçon bunday kayfiyatda körmagandim.

– Kampir, – dedi uyga ham kirmay ostonadan. Buvim ha, deyişga ulgurmasdan, – suyunçingni kattasidan tayyorlayrer, Şoyusupingni daragi topildi. Mana xabar opkegan kişi, tayyorgarligingni kör.

Römolini öraşga ulgurmagan buvim:

– Voy, ölay, rostdanmi, xabarçiga jonim sadağa bölsin, –   dedida yiğlab yubordi. Uyimiz bir zumda qöni-qöşni, taniş-bilişlarga töldi. Ular allapaytgaça ötirişdi. Xabar keltirgan mehmonni kuzatayotib buvam unga tön kiygazib, keyin sovğa-salomlar berdi. Buvim sandiğidan ipak kiyimliklar olib: – Mana bu bolalaringizga mendan. Hali öğilginam kelsa… könglingizdagidan ham ziyoda qilib, –   dedi-da, tomoği tölib, gapini davom ettirolmadi.

Keyin eşitsam, mehmon kişi amakimizning çet elda yaşaşini, bir tanişi u bilan suhbatlaşganini, yaqin kunlar içida aniq maʼlumotlar keltirib berişini vaʼda qilibdi.

Buvim tong otgandan katta yiğinga tayyorgarlik körar, tinçimas, baʼzilar, bola-çaqasi musulmonmikin axir, der… “Joni omon bölsa böldi”. Buvimning çiqargan hukmi şu edi.

Söroqlarga qurilgan kunlar oylarga, yillarga aylandi. Endi buvam köçadan kelganda buvimning köziga körinmaslikka harakat qilardi.

Buvim esa har kundan umidvor edi. Har tong bir möʼjizani umid qilar va kutar edi. Kutiş… aldovlarga qurilgan vaʼdaligini bilmagandik biz. Bilganimizda umr otliğ arobaning ğildiraklari köz yoş, soğinç, alam va armon yöllaridan azob bilan ötgan – buvimning qalbidagi nur pardasi nuray boşlagandi.

Endi bu mavzuda heç kim botinib gap boşlamasdi.

Yana şuni eslaymanki, buvimning yuragidagi umidning zarralari unga tinçlik bermasdi. Buvim bormagan taşkilot, uçraşmagan rahbar qolmagandi. Yugur-yugurlarning natijasi buvimga 22 yarim söm nafaqa tayinlaşgan edi. Öğlimni suriştirsam, pul bilan yupatişdi… Buvimning tutday tökilib aytgani şu bölgandi.

Keyin amakimiz Şoyusuf aka haqida bir narsa yozaman, deganimda buvim xursand bölgandek tuyulgandi menga. Öşanda bir neça kun tun qoronğusigaça suhbat qurganmiz…

* * *

– Ikkinçi bolam ham öğil böldi. Buvang otini Şoyusuf qöydi. Onam kelib, boşqa ot qöya qolmabsizlar-da, dedi-yu, indamadi. Bildimki, ism onamga yoqmadi. Bu gap könglimni ğaş qildi.

– Nimaga unaqa deysiz, yomon otmi bu?

– Yomonmas-ku… qizim, bir kitobdan bobong öqiganda eşitgandim, Şoyusufni qarğa-quzğun yedilar, deganini. Şunga, mayli, parvo qilma. Xudoyim umrini uzoq qilgan bölsa, ismning farqi yöq. Qariganda hamma narsani köngliga oladigan bölib qolarkan odam. Qöy, gaplarimni xayolingdan çiqar, – onam meni xotirjam qilmoqçi böldi-yu, köziga noroziligi iz solganini özi sezmasdi. Men ham boşqa gap aytmadim.

Endi bu menga armon… Armon degani umrimning yoqasidan etagigaça osilib qoldi-ku, bolam: Şosuyufni qarğa-quzğun yedilar…

Şu misralarni qayta-qayta kişi eşitolmaydigan past ohangda takrorlardi.

Buvim ançadan keyin gapida davom etdi: – Olti bolamning uçi yoşidan ötib-ötmay tuproqqa kirdi. Uçtasining kattasi menga toğdek suyanç – közimning nuri edi… Oting öçgur uruş boşlanganda öğilginamni gödak hisoblagan ekanman. Birin-ketin akam Şomirjamil, ukam Şojalil (Şomirzayevlar)ga çaqiruv qoğozi kelib, hammamizning yuragimiz yarim bölib, ularni kuzatdik. Buyam holva ekan, bolam, bir kuni Şoyusupim şoşib keldi-da:

–   Voyenkomatga hujjat olgani ketyapmiz, – deb qoldi.

–   Bemahalda qanaqa hujjat, desam, – Menga foydasi tegadigan hujjat dedi.

Uç-tört kun   ötmay Şoyusupimga va örtoği Murod Muhamedovga çaqiriq qoğozi keldi. Keyin eşitsam, köngilli bölib yozilib kelgan ekan. Dunyom qoronğu böldi, bolam hali ona suti oğzidan ketmagan bola deb yursam…

U tongda ketadigan böldi. Közimda yoşim, yöl hozirligini kördim. Tumonat odam, qani endi öğlim holi qolsa-yu gaplarimni aytib-aytib olsam, deyman. Aksiga olib buvang, öğling damini olsin, qolgan nasihatingni kelganida aytasan, yölda toliqadi, deydi. Bilganimdaku-ya, bolaginam bilan oxirgi ötirişimni, oyoği ostiga özimni taşlab, izlaridan tumor yasab olardim-ku…

Erta bahor. Hamma barvaqt qişloq markaziga yiğildi. Soli buva degan çol aravada   yigitlarni şahargaça kuzatib qöyarkan. Şu kişining aravasi körinişi bilan yiği boşlandi. Xuddi Soli buva uruşga sababçidek, hamma uni yomon körarkan. Ayniqsa, bolasini kuzatayotganlar. Yuragimning vayronligini dilimga tugib turgan edim, öğlim bilan xayrlaşayotib, özimni tutolmadim. Dodlab yubordim. Atrofda birdan yiği kötarildi. – Hammaning könglini abgor qilding, yiğiştir… – buvangni baland ovozidan özimga keldim. Şoyusupim aravaga çiqayotganda, bir kulib qaradi-da, qölini silkitdi. Aravaga çiqqandan keyin qayrilib ham qaramadi. Yo köziga yoş keldi, deyman, yo meni yiğimni körişni köngli kötarmadi. Hurliqodek körkam bolaginamning böyi balandligi ötirganida ham körinib turardi. Nimagadir şu könglimga tasalli böldi: yelkasiga yetib-yetmagan tengdoşlari içida özini tutib olar, degan öy xayolimdan ötib, biroz yengil tortdim.

Uning ketganiga hafta ham ötmay xat kutardim, har kuni eşik oldiga ötirib, yöl boşida poçtaçi körinişi bilan yuragim urardi. Ikki oydan ötganda amakingning xatini oldik:

“Soğinçli maktub!

Uşbu xatim orqali Sizlarga soğligimni bildiraman va Sizlarni hammalaringizni soğ va uzoq umr körişinglarni yaratgandan keçayu kunduz çin köngil bilan sörab yurmoqdaman. Dadamga minglarça köp salom, onamga köp körişişlik salom. Singlim va ukamga köp salom. Qarindoş-uruğlarning ham barçasiga köp körişişlik salom.

Toğalarimdan xat kelib turibdimi? Xudoyim xohlasa, soğliq bölsa, bu kunlar ötib ketadi. Meni sira öylamanglar, soğ-salomat yuribman. Şu bilan xayr, omon bölinglar, soğliğinglar töğrisida yozib turinglar, deb öğlingiz Şoyusuf. 1942-yil, iyul”

Bu maktubdan keyin oradan uç oy ötib, qisqagina xabar oldik:

“Salom, aziz mehribonlarim! Soğliğinglar yaxşimi? Men, Xudoga şukur, soğ-salomat yuribman. Ança payt xat yoza olmaganim uçun uzr. Bu xatimni qisqa qilaman, çunki hozir boşqa joyga köçamiz. Mendan xat keçiksa xavotir olmanglar. Söraganlarga salom aytinglar. Onajon, özingizni siqmang, Xudo xohlasa tez kunlarda körişib qolamiz. Barçangizni soğinib: Ş.Ş. 1942 yil, oktyabr”

Bolamning xatlari menga yod bölib qolgandi…

Qişning qirçillamasida Şomirjamil akamdan, yigirma kun ötmay singlimning eri Azimboydan qora xat keldi. Qöşaloq ölimdan söng turib yurişga madorim yetmasdi, ustiga-ustak öğlimdan xat kelmasligi meni adoyi tamom qildi.

1943 yilning qişi edi. Radiodan soldatlarimiz qiş izğirinlarida keçayu kunduz nemislarning adabini beriş uçun jonini ayamay jang qilyaptilar, deganini eşitdim-u, bu gaplar quloğimga mahkam örnaşib qoldi. Ölimlar menga qattiq taʼsir qilgandi, şungami, öğlim sovuqda yursa-yu, men issiq uyda ötiramanmi, deb ayvonga çiqib yotib oldim. Ertalabgaça körpamga qor yoğib çiqardi. Buni eşitgan qarindoş-uruğlar koyişdi: şu yotişingdan öğlingga foyda bölsa yotaver, dedi.

Xat kutaverib, közimning köki uzildi. 1944 yilning boşlarida Şoyusuf bilan birga ketgan Murod yaralanib kelganini eşitib, ularnikiga bordim.

– Şoyusuf bilan bir yil ham birga turmadik, ajralib ketdik, – dedi Murod. Biror xabar eşitamanmi, deb borgandim, öylarim “törxaltaga solingan tariqdek” soçilib ketdi. Keyin ertayu keç radiodan yaxşi xabar kutib kunlarni ötkazdim.

Buvimning köz yoşlariga tölgan kunlarning birida “Öğlingiz bedarak yöqoldi” degan xabar kelgan. Buni buvamiz buvimizga aytmay, öşa harbiy qismga, yaxşilab tekşirib köringlar, degan iltimos bilan xatni jönatgan.

Bu iş buvimning tirik qolişi uçun sir tutilgandi… Sirligiça qoldi… Bu dunyo buvim uçun sirga aylanganini bilmasdi…

– Uruş tugab qoldi, degan gaplar eşitilganda, tunu kun menga bir bölgan. Har kimning oğzini poylardim. Uruş tugabdi, deganda ötirgani joy topolmay, jonim içimga siğmagan, bolam, – buvim titrab-titrab yiğlardi. – Hatto har kuni bugun kelar, erta kelar deb mehmon kutişga uylarga poyandoz töşab qöygandim. Qişloqda bir kuni aza bölsa, bir kun töy edi. Uruşga ketgan askarlarning birovidan qora xat, birovining özi kirib kelardi. Şoyusupimdan esa, loaqal ikki enlikkina xabar ham yöq edi. Kutdim, kutdim, bormagan idoram qolmadi, qay bir idorada suratini olib keling, dedi. Keyin bormadim…

– Amakimning surati yöqmidi? – söroqqa tutaman buvimni.

– Atigi bittagina surati bor edi, heç kimga aytmagin-u tağin, – ularning ovozi pastlaydi, – bir qarindoş qiz ikkisining bir-biriga moyilligi borakan, uçini eşitgandim, yöl-yölakay gap deb öylagandim. U judayam köxlikkina qizidi, maktabda muallimlik qilardi. Uruş tugasayam heç kimga rozilik bermay yurdi, öğilginamdan umidvor ekan, onaginang aylangur. Bir kuni tösatdan şu qiz uyimizga kelib qoldi, gapini boşlolmay qizarib ketdi. Keyin maktabda uruşdan qaytmaganlarning suratini yiğyapmiz, deganga öxşaş gap aytdi. Qizni könglidagini darrov tuşundim. Yakka-yu yagona surati menga qança aziz bölmasin, maktablaringda yöqolib ketmas, avaylaşar, deb heç narsa bilmagandek suratni obçiqib berdim. Ketgandan keyin öğlimga aza oçgandek böldim… Öşa qizning uyida surat hali ham bor, deb eşitaman bola-çaqali bölib ketsa ham, öğlimning suratini asrab yurarkan…

Buvim köp yiğlaydigan bölib qolgandi. Özining radiosi bölardi. Siqilib ketganida eşitib ötirardi. Agar nayning navosi yangrab qolsa, tökilib-tökilib yiğlardi va aytardiki: yigit yoşidagi bolasini yöqotgan onalarning yuragidan çiqqan nola bu, bolam, derdi…

Tumanimiz markazida Ğalabaning 35 yilligiga bağişlab “Mangu olov” yodgorligi oçilganda uruş qatnaşçilarining nomi yozilgan toşdagi röyxatlarni bittama-bitta öqib çiqqandim. Amakimizning ismi yöq edi. Nimagadir yiğlagim kelgan, yiğlaganman… köz yoşimni şu atrofda közlari jovdirab turgan buvimning körib qolişidan qörqqanman.

–   Toşlarga yozilgani nima? – könglimdagini sezgandek sörab qoldi buvim.

–   Uruşda ölganlarning röyxati.

— Mani bolam na tiriklarning, na öliklarning qatorida bor bolam…   Ular boşqa söz aytmay, toşdagi röyxatlarga uzoq tikilib qoldi.

Bu manfaattalab dunyoda buvim heç qanday taşkilotdan va rahbarlardan heç qanday manfaat kutmasdi. Aytgani şu bölgandi: “Bu katta idorada işlaydiganlar kiçkina könglingni tuşunmaskan-da?”

Bugun buvimning ruhi oldida boş egib, öylanib qolaman: Öğlingiz 60 million şahidning bittasi edi. Buvijon! Ular bilan qahramonlarning nomi bittaga köpayib ham, kamayib ham qolmaydi. Öğlingizning ism-şariflarini yozişga röyxatlarda atigi bir qatorgina joy bordir… Yöq. Yoziş ham şartmasdir, balki… U jangga kirganida katta kitobu uzun röyxatlarning qatoriga yozilaman, deb xayoliga ham keltirmagan. Onaga esa bular aslo-aslo yotligini bilaman, Buvi! Ona uçun farzandidan ortiq narsa yöq… Agar diydor deganidan benasib bölsa öğlining muqaddas xoki qöyilgan tuproqqa boş urib, xumordan çiqiş edi… “Xudoyim ikkisini ham nasib etmasa, onaning tiriklayin kuyib kul bölgani, bolam”. Buvimning bu gaplari quloğimning ostida jaranglayveradi, jaranglayveradi…

Qölyozmani tugatmay közim ilinibdi: “Buviginang aylansin, jonimni qoqay bolam, sen ham yöqladingmi, Şoyusupimni?.. Mana buni bolalaringga ber”. Çöçib uyğonaman. Körkam kiyinib olgan buvim köz oldimda turgandek böladi.

Musofir şaharda şunça yil yaşab, mening xonadonimni – bugun birinçi marta buvimning ruhlari yöqlagandi…

Odamzot ölmaydi, ular ruhlarga aylanib, hamişa tiriklar bilan birga yuradi – eşitganim, eşitib eşolmaganim edi… Endi haq – rost deyman, haqqast rost!..

Meni betizgin xayollar olib qoçadi. Köz nurlarim göyo köp qavatli binolarni yiqib, behad uzoqlarga, qator nomsiz qabrlarga tuşadi: gul-çeçagu maysalar öpib, şamollar silardi qabrni… Bemor Quş esa bağr qöyib yotardi unda. Köz öngimdagi bu manzara şoirning satrlarini yodimga soladi:

Qabrni silaydi manzilsiz şamol

Qabrga körsatar şarqdan kun jamol.

Ziyorat etganday qöyib – bağr-töşlar

Qabrning ustida yiğlaydi quşlar,

Kim yotar bu yerda, kim böldi özi,

Kim böldi bu yerda yumilgan közi…

Amakim benom ketgani yöq. Şoirning sönggi misralari yana xayolimda jonlanadi:

Elsevar bahodir, jangovar örtoq,

Zör jangda mardlarça bölgandi halok.

Yöq, yöq… Buvi! Könglingiz oğrimasin… Sizning jigarporangiz, umringizning ustuni – öğlingiz mardlarça halok bölmagandir balki… U oddiygina ölim topgandir. Buvijon, ammo öğlingiz Siz uçun, biz uçun jonini tikib jangga kirgani ayon! Jondan keçmoqlik bu şunçaki oddiy hol emas, Buvi! Bu oddiylik va ezgulik qorişib ketgan muqaddas ölim!

Muqaddas ölimning katta-kiçigi bölmaydi. Uni kiçik harflar bilan röyxatlarning sönggiga bölsa-da, bitmoq şart… Musulmonçilikda farz degani balki şudir…

Yelkadagi qarz-çi? Qarz – mening uzoq tunlar suhbatlaşib amakim haqida buvimga bir narsa yozaman, deb bergan vaʼdam edi. Özimning katta-kiçik taşvişlarimdan ortolmadim. Buvimni aldab sovğa-salom olib ketgan mehmon kişi bilan özimni şu paytgaça teng qöyardim. Endi-çi?! Endi men şahidlar qabriga boşimni biroz tikroq tutib qarayman…

Quşlar … bağr-töşlarini qabrga berib köz yoş tökayotgan Bedor Quş! Yarim asrdan ortiqki, har nomaʼlum qabrning ustida çirillab, öğlingning isini endi topganing rost!

– Turgin, turaqol, – deyman, – mening Bedor Quşim, yo öğlingning keçagidek taniş isidan xumordan çiqolmay, özingga kelolmayapsanmi, ayt?! Aytgin, ayt, 75 yillik soğinç uçun 75 ming yil kerak deb! Aytgin, ayt menga… Soğinç neligini bir siqim umrimga taşlangan bir tutam ayriliq yöli yuragimga ignalar bilan yozib ötganini…

Yurakdan ötganni – yuragidan ötganlar tuşunadi, Bemor Quşim! Tur, armon otliğ qanotingga nihoyasiz baxt indi endi… Turgin, qanotlarigni yoy! Undagi baxt-u diydor nurlaridan umidvor köngillar ham inşoolloh bahramand bölgay!

Turaqol… turgin…   Qara, közingdagi yoşlar – soğinçingning dur tomçilari, umidning alangasiga aylanib borayotir…

Umid alangasi. Qabrning ustida yiğlayotgan quşlarning köz yoşlarini tindiradi bu alanga abadiy. Bu alanga rostlik va haqiqat dunyosiga qöyilgan umid…

Qabrning ustida yiğlayotgan Bemor Quşim, sening közlaringdan oqayotgan yoşmas, u insoniylik va ezgulikka qöyilgan mangu juftçiroq…

Turgin… Qanotlaringni kengroq yoy, Bemor Quşim! Közlaringdagi mangulik-tinçlik nurlarining umrboqiyligi rost bölsin…

Dilfuza Şomalikova

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan