Keçinma yoki fermerning Jilvon ariği bilan xayoliy suhbati
Ğijduvondan kelayotgan yengil maşina Qöriq burilişidan Şofirkon yöliga qaytdi. Va Jilvon çölini katta-kiçik qişloqlardan ajratib turuvçi kanal böylab şitob bilan yelib keldi-da, Denov qişloq fuqarolar yiğini hududidagi dehqon fermer xöjaligi (sobiq Y.Oxunboboyev)ga qaraşli qişloq — Olotga yetay deganda sekinladi. Köprik yonida töxtadi. Undan nuroniy çehra, sözlaşlari, xatti-harakatida samimiyat balqib turadigan, yetmişdan oşgan kişi tuşdi. U asli nekkişilik bölib, hozirda Ğijduvon şahrida istiqomat qiluvçi, şofirkonliklardan “özimizning rais” yorliğini olgan, bugungi kunda Jilvon çölida fermerlik qilayotgan Qahramon Abdullayev edi. U bahor havosidan huzurlangan alfozda ohista yurib, köprik ustiga çiqdi. Oqayotgan suvga termulib qoldi.
— Ey, ming yillar oşa bağringdagi “obi hayot” bilan borliqqa jon bağişlagan muqaddas Jilvon ariği, — beixtiyor piçirladi u. — Mavjlaringda hayot mohiyatini köraman. Sen yaqin-yaqinlargaça Denovni çöldan ajratib turuvçi bir vosita eding. Obod turmuş çölga ham ötdi. Jilvonda qişloqlar paydo böldi. Endi ularning öz maktablari, bolalar boğçalari, dökonlari bor. Bir-biridan çiroyli uylar qurilgan. Hovlilar boğlarga burkangan.
— Bu qişloqlarning barpo bölişi va obod bölişiga özingiz boş bölgansiz, — suvdan sado eşitilganday böldi. — Iş faoliyatingiz öta sinovli – qayta quriş, oşkoralik hamda mustaqillikka erişuvimiz jarayonidagi ötiş davrlariga töğri keldi.
– Bunga men emas, xalqimiz ongidagi özgarişlar sabab böldi,–xijolat tortgan böldi Qahramon aka.
– Töğri, işni davr talabini tuşungan, joylardagi rahbarlar bajaradi, – uning kamtarligini şarhlaganday böldi Jilvon ariği. – Siz xizmat vazifangizga masʼuliyat bilan yondaşdingiz: odamlarga uy-joy quriş va tomorqa uçun yer ajratildi, aholi içimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlandi. Kömakka muhtoj oilalar nazoratingizda böldi. Hududdagi uç maktab beştaga yetdi. Öşa vaqtlarda xayr-saxovatga yöğrilgan işlar mamlakatning barça viloyatlarida ham birday amalga oşdimi? Qança rahbarlar sovuqqonligi uçun işdan olingan edi.
– Buklangan simni töğrilasang, buklangan yerda töpiqça qoladi. Töpiqçani yöqotiş uçun simni teskari tomonga qayirib, qayta töğrilaş kerak. Keçuvda otni almaştirib bölmasa ham, yurt ravnaqi uçun baʼzi kasbdoşlarimizga simga murojaat etilganday munosabatda bölingani töğri bölgan.
— Dehqon nega öz işidan sira çalğimaydi? Nima uçun u hamma davrda ham yoruğ yuz bilan yura oladi?
— Dehqonga dehqonçilikka aloqasi bölmaganlar qiyinçilik tuğdiradi. Undaylarga, öz yölingdan qolma, öz yölida bölganlarni çalğitma, deging keladi. Dehqonning doim mağrur, erkin yurişiga sabab uning halol mehnatga könikkanligidir. Qöl mehnatiga asoslangan boşqa kasb egalari ham şunday. Ularning baxtiyorligi – boylik, mansab, soxta obrö ilinjida yurganlarning xuşvaqtligiga öxşamaydi. Şu sababdan mağlubiyat, zafar tuşunçalari nisbiydir.
— Buni qanday izohlaysiz?
— Vaqt degan hakam oldida baʼzan mağlubiyat zafarga, zafar mağlubiyatga aylanişi mumkinligini köp insonlar taqdirida kördik. Bir örinbosar ön beş yillar boşliği ortidan zimdan iş körib, oxir lavozimidan çetlatişga erişdi. Sobiq rahbar partiyadan öçirildi. Uning örnini egallagan örinbosar öşa yili tuğilgan öğliga Zafar, deb ism qöydi. Lekin erişgani zafar emas, mağlubiyat bölib çiqdi. Rahbarligi bir yilga ham bormadi – qamaldi. Köp ötmay dunyodan ötdi. Demoqçimanki, rais ham aslida köp qatori dehqon peşona teri ortidan keladigan daromaddan rizqlanuvçi inson. Uning dalada yasanib-tusanib, viqor bilan yurişi töğri emas. U ham dehqonçasiga kiyinişi, jaydari muomalaga könikişi şart.
— Xöjalik raisi, avvalo, dehqonni himoya qiluvçi, uning erkin işlaşi, öz daromadidan erkin foydalanişini taʼminlovçi şaxs, demoqçisiz-da?! Örni kelganda aytay. Siz şunga rioya qildingiz. Öşa qiyinçiliklar davrida ikkita maktab qurişning özi bölmaydi.
— Bir aççiq haqiqat bor. Xöjalik ehtiyoji uçun bölsin, sarmoyadorga murojaat qildingmi, senga nisbatan töğri munosabat bildirilmaydi. Şu sabab, vazifamni hamişa masʼul taşkilotlar orqali bajarganman.
— Manfaat menga öxşaydi, — tölğondi Jilvon ariği. — Suzişni bilmasang, çökasan. Bilsang, maza qilib çömilasan.
— Töğri, hozir ahvol özgardi. Tadbirkorlik, fermerlikka keng yöl oçildi. Ayonki, hamkorlar orasiga manfaat aralaşsa, bu ularni yaqinlaştirişi ham, bir-biridan uzoqlaştirişi ham mumkin. Çunki bir-birimizga nisbatan maʼnaviy inʼomimiz bölmasa, diydor, suhbat zerikarli aloqaga aylanadi.
— Talabalik davridan tumandoşimiz, atoqli adabiyotşunos olim Ibrohim Haqqul bilan döst bölganman. U kişi orqali köp adabiy davralarda böldim. Olimdan olganim – fikr. Bu esa mehnat faoliyatimda asqotdi. Xöjalik hududida yaşovçi Oçil Möminov, Ahad Hasan, Xalil Qodirov, Akbar Hakimov, Toşpölat Ahmad, Afzal Karimov, Ilhom Haydarov singari viloyat, respublika miqyosida nom qozonganlar bilan doimiy muloqotni kanda qilmadim. Maslahatlariga suyanib iş yuritdim.
— Köpçilikka yoqqan jihatingiz şundaki, kimning xalq uçun amaliy xizmatini bilsangiz baralla aytdingiz. Bu odatingizni, ayniqsa, öqituvçilar qadrlaşadi.
— Maktab va undagi ustozlar diydorini maʼnaviy ehtiyojlar doyasi, deyiş mumkin. Ular şuning uçun ham şarafli kasb egalariki, saboq beriş uçun sinfga – öquvçilar oldiga ularning özlari kirib keladilar. Holbuki, toliblar ilm oliş uçun ustozlar yöliga umrlarini tikişgan. Şarq falsafasida “ruhiy ustozning nilufar misol poyqadami” deganda öqituvçi nazarda tutilgan.
— Dehqon ham maʼnaviyat kişilariga juda yaqin bölgan kasb egasi. Yetiştirilgan mahsuloti iqtisodiy ehtiyojimizni qondirsa, u yaşnatgan dalalar şukuhi dillarga zavq bağişlaydi.
— Qaysi soha egasi bölmasin, insonda zakovat va hissiyot quvvati muştarak bölsa, tafakkurining “çehra”si oçiladi, turmuşi gözallaşadi.
Qahramon Abdullayev loyqalanib bölsa ham, erkalanib oqayotgan Jilvon ariği bilan suhbatlaşdimi, özini özi savolga tutdimi, har holda ruhiyatida ança yengillik sezdi. Kelib maşinasiga ötirdi. Gaz berdi. Olot, Quyiboloyiröt, Mahallai bolo, Mahallai Boqi, Rabot qişloqlari oralab, Nekkişi tomonga yönaldi. Uni ota uyida — yurtimizning turli göşalarida masʼul vazifalarda işlayotgan, öz sohalari böyiça Qahramon akaning ezgu işlarini davom ettirayotgan farzandlari – Asiljon, Alijon, Akmal va Telmonjonlar kutib turişgan edi.
I. YÖLDOŞEV.
Buxoro
