Qaldirğoç
Köklamning ilk oylari edi. Buvim bizni yonlariga çaqirib hovli çekkasidagi uydan temir-tersak, yozda qoplab qöyilgan donlarni omborxonaga olib çiqişni buyurdilar. Berilgan topşiriqni bajarişga çumoliday yopişdik. Bir zumda uy böm-böş böldi, qoldi.
— Buvijon, u uyni nega tozaladik, — söradim hayron bölib.
— Bolam, yaqinda qaldirğoçlar keladi. Ötgan yili ham öşa uyimizga in solib, polaponlarini uçirma qilib ketişgan edi-ku. Esingdami, paxmoqvoying polaponlarini olaman deb devorga tirmaşganda qaldirğoçlar çöqib taşlaşgan. Şu-şu muşugimizni öşa uyga kirganini körmadim-a, — miriqibgina kuladi buvijonim.
Ular haqlar. Moşvoyning ahvolini körib rosa kulgan edik. Qoçaman deb har qança urinmasin ikkita qaldirğoç uning dumidan, quloqlaridan çöqilab, rosa taʼzirini berişgandi. Ançagaça şörlik muşuk osmonda quşlarni kördi degunça qoçişga pana joy izlab yurgan.
Saharda qaldirğoçlarning çuğurlaşidan uyğonib ketdim. Buvijonim içkari uyda, biz— nabiralar esa sörida uxlar edik. Ikkita qaldirğoç bir uy içiga, bir biz tomon kelib çuğurlar, xuddi yordam söragandek tinmasdi. Hammamiz hayron. Ortidan uyga kirdim. Qarasam bir ilon devorda qaldirğoç ini tomon sudralyapti. Undagi polaponlar xuddi xatarni sezgandek bezovta çirillaydi. Ona qaldirğoç esa goh bolalari, goh ilon ustida çarx uradi.
Biz ilondan qörqamiz, buvim ham xavfsirab turibdi. Birdan katta akam tandir kösovi bilan ilonni qattiq urdi. Ilon sudralib yerga tuşdi. Akam öylab ötirmay uni boşidan uşlab, derazadan taşqariga uloqtirdi. Ammo öldirmadi. Polaponlar jimib qoldi. Oraga sukunat çömdi. Uydan taşqariga çiqdik. Akamning mardligini körib, hurmatim oşdi. Havasim qeldi.
Tuşlik qilib ötirganimizda esa boyagi qaldirğoç söridan uy şiftiga tortilgan arqonga kelib qöndi. Bizga rahmat deganday “vijir-vijir” qilib, bir ikki aylangaç, uçib ketdi.
— Barakalla bolalarim, kördingizmi, qaldirğoç ham sizlardan minnatdor böldi, — deya akamning yelkalariga qoqib qöydi buvim. Maqtov eşitgan akamu men dilimda keçgan allaneçuk hislardan mağrur edik.
Islom ASILBEKOV
