Tişlangan olmaning dovruği

yoki Stiv Jobsning sönggi maktubi

  • Porloq kelajakning qayğuli odimlari
  • Oddiy garajdagi dohiyona ixtiro
  • Jomadonli uyça
  • Çöntakdagi mingta musiqa
  • Yuragingiz izidan yuring
  • Duyonning eng boy odami sotib ololmagan umr

Aytişlariça, dunyoni uçta olma mutlaq özgartirgan ekan: Momo Havvoning olmasi, Nyutonning olmasi va Stiv Jobs­ning olmasi. Momo Havvoning va Nyutonning olmalari haqida bir neça asrki gapirib kelinadi. Bizning mulohazalarimiz bu haqda emas. Quyida “Apple” asosçisi Stiv Jobsning tişlangan olmasi haqidagi butun haqiqatlardir.

Stiv Jobs aşaddiy orzuparast edi. U har bir   maktab partasida, har bir odamning qölida kompyuter bölişini orzu qildi. Va uning orzusi amalga oşdi. Butun dunyo ilmlari qamalgan kompyuterni jomadon yangliğ qölda kötarib yurar ekanmiz, olayotgan ilmlarimiz sabab Stiv Jobsga minnatdorlik bildiramiz.

Uning tişlangan olmasi esa dunyodagi eng baxtli olmalar safida yuragimizda böy taratadi.

Stiven Pol Jobs axborot texnologiyalari asrida daho kaşfiyotçi sifatida keng tan olingan sanoat dizayneri, “Apple” va “Pixar” asosçilaridan biri, boş direktoridir.

Stiven Pol Jobs 1955 yil 24 fevralda tuğilgan. Uning ota-onasi: suriyalik Abdulfattoh (Jon) Jandali va nemis muxojirlari katolik oilasidan Joan Şibble bölgan. Joan Vis­konsin universitetining magis­traturasida birga tahsil olgan va Jandali u yerda yordamçi öqituvçi bölib işlagan. Joanning qarindoşlari ularning munosabatlariga eʼtiroz bildirganligi, vafot etgan otasi merosidan mahrum qiliş tahdidi bilan qörqitganligi sababli, u San-Fransiskoda xususiy şifoxonada tuğib, bolani asrab olişga topşirişga majbur bölgan. Stiv Jobs porloq kelajagining ilk qadamlari ana şunday qayğuli boş­lanadi.

Bolani Pol Jobs va arman millatiga mansub amerikalik Klara (Agopiyan) Jobs asrab oldi. Ular asrab olingan öğlini Stiven Pol deb ataşdi. Otasi avtoulov mexanigi bölib, moliyaviy kompaniyada işlagan. Otasi uni avtomaşinalar orqali radiotexnika asoslari bilan ham taniştirgan.

Stiv maktabda qunt bilan öqişga kirişadi, u öquv yilining oxirida imtihonlarni şu qadar muvaffaqiyatli topşirdiki, direktor uni birdaniga törtinçi sinfdan yettinçi sinf­­ga ötkazişni taklif qildi.

Rid kollejida Jobs Voznyak bilan birga talabalar kengaşi prezidenti, “Apple” firmasi menejeri Daniel Kottke bilan uçraşdi. Bu Jobsning hayotida muhim voqea böldi. Olti oylik maşğulotlardan söng Jobs kollejni taşlab ketadi. Zerikarli majburiy dastur uni qiziqtirmagani uçun, uni örganişdan maʼno körmaydi. 1974 yilda Jobs Atari kompaniyasiga texnik bölib işga kiradi. Kompaniya video öyinlar işlab çiqariş bilan şuğullanib, soatiga 5 AQŞ dollari olib iş boşlaydi. Birpasdayoq dastlabki 50 nafar işçining yagona eng kuçli işçisiga aylanadi.

20 yoşida yaqin dösti Stiv Voznyak unga ilk bor özi ixtiro qilgan şaxsiy kompyuterini körsatadi. Voznyak uni kompyuter ixtiro qilib sotiş işlari bilan şuğullanişga köndiradi. Ular 1976 yil 1 aprel kuni “Apple” kompyuterini ixtiro qilişdi. Buni yaratiş uçun Stiv Jobs özining mikroavtobusini, Voznyak esa dasturlaştirilgan kalkulyatorini sotdi va ular “Apple”ni yaratiş uçun jami 1300 AQŞ dollari miqdorida pul sarflaşgan.   Mana şu 1300 AQŞ dollari keyinçalik dunyoda eng oldingi saflarda turuvçi milliarder pullarining xamirturuşi edi. Ikkita Stiv kompyuterning qulaylik va afzallik jihatlariga dökon egasini işontirgandan söng mahalliy dökon egasi ulardan 50 ta kompyuter xarid qiladi. Kompyuterlar xaridining ommalaşişida Voznyakning texnik daholigi va Jobsning afsonaviy notiqlik qobiliyati muhim rol öynaydi. Şunday qilib otasining garajida yasalgan tişlangan olma rusumidagi “Apple”ning dovruği dunyoni tutadi.

Jobs qattiqqöl rahbarga aylanadi. Biroq u umri davomida faqat Voznyakka ovozini baland kötarmaydi. Tez orada “Apple” kompyuteri uçun 50 million donaga talab kelib tuşadi va Stiv Jobs 25 yoşida millionerga aylanadi. Jef Raskin va Jobs 1980 yilda yangi loyiha ustida iş boşlaydilar. Raskin bu loyihani özi yaxşi körgan olma navi bilan “Makintoş” deb nomlaydi. Stiv qattiqqölligi sababli ular orasida bir qança kelişmovçiliklar boşlanadi. 1985 yilda esa uni özi yasagan kemadan tuşişga majbur etişadi. U “Apple”ga taalluqli aksiyalarini sotib, bu yerni tark etadi. U Piksar annimatsiya studiyasida dunyoga donği ketgan multftilmlar   va video öyinlarini yaratadi.

Stiv ketganidan söng “Apple” kompaniyasi işlari kundan-kunga yomonlaşadi. 1996 yilda uni qaytib kelişga köndirişadi. U     ikkinçi marta korxonani oyoqqa qöyadi. 2000 yilda oyiga bir millard dollar daromad topayotgan milliarder sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi.

Jobs 2001 yilda musiqa eşitiş uskunasi (pleyer)ni   iPod nomi ostida ixtiro qiladi. Keyinçalik korxonaning asosiy daromadi ana şu uskuna hisobiga qölga kiritiladi. Uşbu kiçkinagina qutiça nihoyatda ixçam bölib, “Çöntagingizda mingta musiqa” şiori bilan sotuvga qöyiladi. Uşbu ixtirolar tobora mukammallaşib, 2004-2005 yillarda iPodga qöşimça rangli ekran ixtiro qilinadi, unda video öyinlar öynaş qulayliklari yaratiladi.

2007 yilda sensorli iPhone telefonlari kaşf qilinadi. Albatta, bungaça 2000 yilda Errikson özining ilk sensorli telefonini çiqargan edi. Biroq Jobsning iPhone telefoni özining qulayligi, nihoyatda nozik did bilan yasalganligi, tarmoqlarga simsiz ulaniş qobiliyati tufayli birpasda dunyo ahlini öziga rom etdi. Ayfon tugmaçali telefonlar davri yakunlaşini tantanali nişonlab har yili yangidan-yangi rusumlarini namoyiş etadi. 2015 yilda planşet işlab çiqariladi. Muhimi, Jobs xaridorlarni uşbu mahsulotga juda muhtoj ekanligiga işontira bildi. Çunonçi, planşet kompyuter va telefonlar soyasida qolib ketadi, deb taxmin qilinayotgan bir paytda bunday bölib çiqmadi, yiliga 15 million donaga yaqin planşet sotildi.

Aslida Jobsning işlari har biri katta yangilik emasdi. U muhimi, öz işini haddan ortiq sevardi, orzu va xayolparastlikdan çarçamasdi, yaratilgan texnikalarni qayta mukammallaştirib, nozik did bilan bezardi. Uning şarofati bilan biz kiçik jomadonçali uyimiz — kompyuterimizni qölda kötarib yuriş baxtiga muvaffaq böldik. Dunyoni dohiyona yangiliklar bilan lol qoldirayotgan Stiv Jobsning tişlangan olmasiga heç qaçon “qurt” tuşmadi. U har doim aholi orasida sevimliligiça qoldi.

Stiv Jobs ikki marta turmuş qurgan. Birinçi turmuşidan bitta qiz va ikkinçi turmuşi Loren Pauelldan bitta öğil, ikki nafar qiz farzandi bor. 2004 yilda Jobsga oşqozon osti bezi ösmasi taşxisi qöyiladi. 2009 yilda saratondan zararlangan jigari olib taşlanib, örniga soğlom jigar köçirib ötkaziladi.

2011 yil 5 oktyabr kuni dunyoning eng boy odami, daho ixtiroçi Stiv Jobs vafot etadi. U özining hamma pullarini Apple kompaniyasiga qoldiradi.

Vido maktubi

Men biznes olamida muvaffaqiyat çöqqisiga çiqdim, boşqalarning nazdida mening hayotim muvaffaqiyat timsoliga aylandi. Iqrorim şuki, işdan taşqari, hayotimda quvonçlar juda oz. Oxir-oqibat, boylik — bu men odatlangan hayot haqiqati bölib qoldi. Şu lahzalarda men kasallik töşagida yotar ekanman, butun hayotim köz oldimdan ötardi. Men juda ğururlanadigan barça töxtam va boylik men sari yaqinlaşayotgan ölim qarşisida öz ahamiyatini yöqotganini tuşundim.

Qoronğulikda turib yam-yaşil hayotga qarar ekanman, uskuna içidan men sari kelayotgan hayot   ovozini eşitaman. Şuning barobarida   ölim yaqinlaşayotganini va Xudoning nafasini his qilaman. Ayni paytda bizda pul yetarli ekan, hayotdagi boylikka daxli bölmagan mutlaqo boşqa masalalar haqida öylayman …

Hayotda juda muhim narsalar köp. Ehtimol, kim uçundir bu munosabat tarzi, boşqalar uçun — sanʼat yoki bolalik orzularidir… Foyda ketidan quvib doimiy poyga öynaş odamni qöğirçoqqa aylantiradi. Va bu mening hayotimda ham sodir böldi. Xudo yaqinlarimizga sevgimizni baxş etiş uçun bizni hissiyotlar bilan kiyintirdi. Umrim davomida orttirgan boyligimni özim bilan olib ketolmayman. Men olib ketadigan narsalar şunçaki sevgi bilan boğliq xotiralardir. Biz bilan izma-iz yurişi, hamroh bölişi, kuzatişi, harakat qiliş uçun qudrat beradigan haqiqiy boylik mana şular ekan.

Sevgi uzoq masofalarni bosib ötişga, har qanday tösiqni yengişga qodir. Hayot çeksiz va çegarasizdir. Özingiz közlagan çöqqilarni zabt eting. Yuragingiz sizni çaqirgan tomonga qarab yuring. Bularning barçasi özingizning qölingizda. Pul evaziga örningizga kimnidir maşina haydaşga yollaşingiz, siz uçun boşqa birovni pul işlab topişga masʼul qilişingiz mumkin, ammo pul berib kimnidir kasalliklaringiz azobini tortişga yollay olmaysiz. Moddiy buyumlarni topişingiz va sotib olişingiz mumkin. Ammo bitta narsa bor, muddati tugaganda ular sotib olinmaydi – «hayotni», uzoq umrni sotib olib bölmaydi.

Yoşimiz ulğaygan sari biz aqlli bölamiz va 30 dollarlik va 300 dollarlik soat ham bir xil vaqtni körsatişini anglab yetamiz. Biz 30 dollarlik hamyonni olamizmi yoki 300 dollar turadiganinimi ikkoviga ham bir xil miqdorda pul solinadi. 150 ming dollarlik yoki 300 000 dollarlik maşina haydasak ham – yöl va masofa bir xil, biz bitta manzilga yetib boramiz. 300 kvadrat metr uyda yaşaymizmi yoki 3000 kvadrat metr hovlida – yolğiz yaşar ekansiz, uning barisi befoyda.

Haqiqiy botiniy baxtingiz dunyoning moddiy narsalari bilan birga taroziga qöyilmaydi. Siz birinçi yoki ekonom klassda uçasizmi, Xudo körsatmasin, samolyot qulasa buning ahamiyati yöq, siz u bilan birga halokatga uçraysiz. Va bunday pallalarda sizning yoşingiz va nimalarga erişganingiz ham muhim emas! Pardalar tuşiriladigan kun hammamizning hayotimizda röy beradi… Sizning bori xazinangiz — oilangiz, sevgilingiz, qarindoşlaringiz va döstlaringizga bölgan muhabbatingizdir. Özingiz bilan birga boşqalarga ham ğamxörlik qiling!

Beşta bahslaşib bölmaydigan hayotiy dalil bor:

  1. Farzandlaringizni boy böliş emas, baxtli böliş ilinjida tarbiyalang. Ularni baxtli bölişga örgating. Şunda, ular ulğaygaç, narsalarning narxini emas, qadr-qiymatini anglaydilar.
  2. Oziq-ovqatga tabiiy dori sifatida munosabatda böling. Aks holda, ovqat örnini bosguvçi dorilar ham bor.
  3. Sizni sevadiganlar heç qaçon taşlab ketmaydilar. Agar sizni taşlab ketiş uçun yuz foiz sababi bor bölsa ham — u har doim bitta qatʼiyatlilik sababini topadi va sizni tark etmaydi.
  4. Odam böliş va odamiylik örtasida katta farq bor.
  5. Agar siz şunçaki tez yurişni xohlasangiz, yolğiz keting! Agar uzoqqa bormoqçi bölsangiz, birga odim taşlang!

Şuningdek, dunyoda eng yaxşi oltita şifokor bor: quyoş nuri, dam oliş, jismoniy maşqlar, parhez, öziga işonç, döstlar. Ularni hayotning barça bosqiçlarida saqlang va soğlom hayotdan zavq oling!

Gözal Begim.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan