Millat qalbiga oyna tutib…

Mahmudxöja Behbudiy öz davrida zamondoşlari tomonidan Turkiston jadidlarining uluği, özbek dramaturgiyasi va publitsistikasining asosçisi, degan taʼriflarga sazovor bölgan. Mutafakkirning hayoti va faoliyati haqida öşa paytdayoq tarixga oid maʼlumot yozib borilgan. Bizni hayratlantirgani, behbudiyşunoslik adibning qabri sovumay turib, boşlanganida edi.

Mahmudxöja Behbudiy nafaqat maʼrifatparvar inson, balki elni ozodlik havosidan nafas oliş şukuhidan voqif etgan, uning mustaqil hayot keçirişini iç-içidan orzu etgan va şu yölda jonini qurbon qilgan millatimiz öğlonidir.

Mutafakkir inson töğrisida turli uslublarda yozilgan maqola, fikrlar va xotira bitiklari turli körinişda bölsa-da, ularda Mahmudxöja Behbudiyning qisqa  umri tong yulduzi kabi porlab turganini köriş, his qiliş mumkin. Albatta, imonini mus­tahkam, öz xalqini halokatlardan, xomtalaş bölişlardan saqlaşga harakat qilgan va uning ozodligini orziqib kutgan uluğlarimiz oldida kelajak avlod qarzdor ekanligini his qilib yaşaşi kerak.

Mahmudxöja Behbudiyning “Padarkuş yoxud öqimagan bolaning holi” sahna asaridan quyidagi parçaga eʼtibor qiling:

Boy: Biz köramizki, odamlar boyni mullodan ziyoda izzat qilurlar.

Domulla: …alarni işi tuşganlar izzat qilur, mulloni bölsa, barça xalq izzat qilur, yaʼni mulloni ilmi izzat qilinadur.

Boy: Bizni boyligimiz izzat qilinadur, hatto musulmonlar nari tursin, örus va armanlar-da, izzat qilur.

Domulla: Öqumağon  boyvaççalarni köramizki, ota molni barbod etar va oxiri xor va zor bölur, binobari, öğlingizni öqutmoqni taklif qilaman”.

Töğri, bugun ham har bir yurtdoşimiz farzandlarining ilmli bölişiga şaroit yaratişni özining burçi, deb biladi. Ammo Mahmudxöja Behbudiy mazkur parçada  bizga yana bir muhim saboqni işora qiladi. Izzat qilingan boylik ilmli odamning qölida bölsa, u ezgu işlarga sarf etadi. Agar bir buzuqi kimsaning qölida bölsa, bu zot oxir-oqibat, tulkidek ayyor, qaşqirdek yirtqiç manfurlarning qurboniga aylanadi.

Öz davrining tadqiqotçilari Mahmudxöja Behbudiy hayoti bilan boğliq har bir masalaga jiddiy  yondaşganlari yaqqol aks etib turadi. Masalan, Hodi Muin uning nasabiga  quyidagiça taʼrif bergan:

“Bobosi — Niyozxöja  qori, közi söqir  bölişiga qaramay, Qurʼoni hofiz  bölgan va  Qori Niyozxöja Urganjiy  nomi bilan tanilgan, XVIII asrning örtalarida Samarqandga köçib kelgan, köçirib keltirilgan yoki taklif etilgan”. Bunday deyişiga sabab:

Öşa davrda Nodirşohning öğli Samarqandga bostirib kelib, uni xarob etgan, olti oy davomida şahar huvillab qolgan. Tarixdan maʼlumki, Amir Temur qabri ustiga qöyilgan qimmatbaho qora toşni ham olib ketgan, ammo buyuk hukmdorning ruhi bezovta bölib, bu zöravonlik oqibatida Nodirşohning oilasiga falokat yoğiladi. Öğlining özboşimçaligidan ğazabga kelgan Nodirşoh unga qarata:  “Sen katta ummonga kirib, behuda iş qilibsan, yaxşiyamki, çökib ketmabsan!” — deya qattiq tanbeh bergan va qora toşni joyiga eltib qöyişni buyurgan. Şunday qilib “Amir Şohmurod Samarqandni qaytadan obod etişga kirişgan” (Naim Karimov. “Mahmudxöja Behbudiy, “Özbekiston”, 2011 y., 9-b.). Şuningdek, Hodi Muin  ham:  “Şul çoğlarda Urganjning maşhur qorilaridan sanalğon Niyozxöjani Samarqandga kelturub, yangidan qorilar yetişturiş harakatida bölğon edi”, deb guvohlik beradi.

“Behbudiy  qaçon tuğilgan?” — degan savol ança bahstalab, Hodi Muin uning tuğilgan sanasini  “1874”  deb körsatgan va kindik qoni tökilgan joyni Baxşitepa, deb aytgan. Behbudiyning qizi Parvinxonim esa otasini 1873 yilda Samarqand şahri yaqinidagi Yomini qiş­loğida tuğilganini bildirgan. Akademik Naim Karimov esa bu sanani “1875  yil 19 yanvar” deb körsatadi va tuğilgan joyini Samarqand viloyatining Baxşitepa qişloği ekanligini qayd etadi.

Mahmudxöja bolalik yillarida avvalo otasi, söng toğasi Muhammad Siddiq yordamida çuqur bilim oladi. Zehni ötkir, qobiliyatli edi, tengqurlari orasida ham unga teng keladigani bölmagan. Otasining orzulari amalga oşib, u yetuk qori sifatida tanila boşlaydi, ammo Hodi Muin yozadiki, “u faqat qorilik bilan kifoyalanib qolmadi, balki toğasi, mufti Odildan qöşimça saboq olib, “arabiy sarfu navhdan “Qofiya” va “Şarhi mullo”ni, “Şamsiya”ni, fiqhdan “Muxtasar ul-viqoya”ning birinçi daftarini va biroz “Hoşiya”ni mazkur zotning halqai tadrisida öqidi”. Eʼtirof etişlariça, u ustozlari bir marta örgatgan saboqni yod ola bilgan, özi haddan ziyod odobli, kamgap va öyin-kulgini yoqtirmagan.

1893 yilda onasi, 1894 yilda otasi vafot etgaç, öqişni taşlab, toğasi Muhammad Siddiq huzurida mirzolik qila boşlaydi. Va  juda qisqa fursatda, yaʼni yigirma ikki yoşlarida “mufti” unvoniga sazovor böladi. “Islom ensiklopediyasi”da “mufti” söziga izoh berilgan bölib, undan bilamizki,  muftining fatvosi  musulmonlar uçun qöllanma emas, balki buyruq hisoblangan.

“Oyna” jurnali xabarlariga köra, “Padarkuş”ni köriş uçun xalq oqib keldi, hatto patta topilmagani uçun 300-400 kişi qaytib ketgan”.

Aytiş kerakki, adabiyotşunos Solih  Qosimov özining “Behbudiy va jadidçilik” (“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, Toşkent, 1990 yil, 19 yanvar)  maqolasida, “qozi va muftilarning son-sanoği yöq edi, ammo ular orasida Mahmudxöja Behbudiy siyosiy, ijtimoiy faoliyati, zamonaviy va diniy  ilmining kengligi, xalqni maʼrifatga, ozodlikka, erkka boşlaş uçun jonini ham ayamagan şaxs bölib, öşa davrda Turkiston jadidçilari orasida unga teng keladigani bölmagan”, deydi.

Behbudiy Haj safari çoğida Ara­bis­ton, Misr, Turkiyani kezib, maʼrifat izladi va Qozon va Ufaga ham borib, u yerda yangi usuldagi maktablar faoliyatini örganib qaytdi. Nihoyat, 1903 yilda  jadid maktabini oçişga erişadi. Bu töğrida “Özbekiston milliy ensiklopediyasi”da quyidagiça maʼlumot  berilgan:  “Samarqand yaqinidagi Xalvoyi qişloğida Ajziy, Abdulqodir Şakuriylar bilan hamkorlikda  yangi maktab oçadi. Yangi maktablar uçun darsliklar tuzişga kirişadi. “Risolai asbobi savod” (“Savod çiqariş kitobi”), “Risolai juğrofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kiriş”), “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblarni naşr ettirib, yoşlarga saboq beriş uçun jiddiy qöllanmalarni taʼlim tizimiga tatbiq etişga muyassar böladi. Ammo şahardan qatnayotgan öquvçilar uçun  manzilning uzoqligi biroz qiyinçiliklar keltirib çiqaradi va şu bois, maktabni qişloqdan Samarqandga, öz hovlisiga köçirtirib keltiradi”.

Öquvçilarga fanlardan saboq beriş barobarida, husnixatiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Imtihon paytida muallimlardan taşqari, hokimiyat vakillari ham iştirok etadilar. Imtihonda maktab bitiruvçilari tomonidan berilgan javoblar barçada yaxşi taassurot qoldiradi. Behbudiyning yozişiça, hatto  Hoji  Mavlonbek degan möʼtabar zot bolalarning  biyron javoblaridan şodlanib, köz yoş qilgan, juda suyunganidan  hotamtoylik bilan muallimga ön beş söm hadya bergan.

Mahmudxöja Behbudiyning  hayot yöliga nazar solar ekanmiz,  Turkiston ölkasining  yirik jamoat arboblaridan biri bölganini ham anglaymiz. 1907 yilda Rossiya 3-davlat dumasining Musulmon fraksiyasiga “Turkiston madaniy muxtoriyati” degan loyihasini yuboradi. Unda maktablarni xususiylaştiriş, Rossiya davlat dumasining Turkistonning içki işlariga aralaşmasligi ilgari surilgan edi. Loyihaning 17-20-moddalarida Turkistondagi maktablar Rossiya maktablari bilan teng maqomda körilişi, hukumat nazoratidan ozod bölişi, rahbarlari ham mahalliy millat vakillaridan tayinlanişi, kirill  alifbosining zörlab kiritilmasiligi kabi masalalar bayon etilgan. Professor Naim Karimov taʼbiri bilan aytganda, “loyihaning bu moddalari Behbudiyning 1907 yildayoq öz oldiga maʼrifatparvarlikdan istiqlolçilik harakati sari dadil qadam taşlaganidan darak beradi”.

Bizningça, Behbudiy xalqni mustamlakaçilikdan ozod etiş uçun, eʼtibor bering, birinçi navbatda, uni avvalo maʼrifat dunyosini boyitişni muhim deb bilgan va şu bois ham, yangi usul maktablarini oçgan va turli maʼrifatparvarlik harakatlari bilan erkinlik nima-yu  mustamlakaçilik nima ekanligini ommaga tuşuntirişga harakat qilgan. Çindan ham, öylab qarasak, Behbudiyning istiqlolçilik harakatlarida donişmandlik közga taşlanadi. Zero,  u öz xalqini kör-köronalik bilan ozodlikka çaqirmaydi, balki ong­­li kuraşişni maʼqul köradi. Behuda qon tökişdan sira foyda yöqligini yaxşi tuşunadi.

1908 yilda u  Samarqandda  qiroatxona, yaʼni muhim ahamiyatga ega bölgan kutubxona oçiş uçun maxsus jamiyat tuzib, uning 27 bobdan iborat bölgan das­turi va nizomini ham işlab çiqib, Samarqand general-gubernatoriga yuboradi, uddaburonlik bilan bunga ruxsat ham oladi. Jamiyat faollari rais etib uning özini saylaydilar.

Hojiqul Muhammedov rais örinbosari, tarjimon, Qöqonboy Abduxoliq öğli sarkotib, savdogar Abdusalom Abdulmömin öğli xazinaçi, muallim Xidirbek Abdusaid öğli raisning örinbosari etib tayinlandi. Bu röyxatni behuda keltirmadik.

Mazkur kutubxona xalqni mustamlakaçilikdan ozod etiş uçun muhim öçoqlardan, markazlardan biri bölişi kerak edi. Naim Karimov taqdim etgan maʼlumotlarga köra, 1909 yil 15 yanvar holatiga köra, kutubxonadagi köplab kitob va gazeta-jurnallardan  2000 ga yaqin kişi bahramand bölgan. Kitob savdosi işlari ham yölga qöyilgan. Kavkaz, Qrim, Usmoniylar  imperiyasi, Yunoniston, Bulğoriya va Olmoniyadan ham turli adabiyotlar olib kelingan. Körinadiki, kutubxonada  tor doirada emas, jahon miqyosida faoliyat körsatişga, ommani dunyo ahvoli bilan taniştirişga, ularning tafakkur doirasini kengaytirişga harakat qilingan. Mahmudxöja Behbudiyning “Behbudiya” kutubxonasi mustaqillik uçun taşlangan ilk dadil qadamlardan biri edi, deb baholaşga haqqimiz bor.

Mahmudxöja Behbudiy 1911  yilda “Padarkuş” dramasini yozadi. Adabiyotşunoslar, uç pardali, 4 körinişli  bu asarni birinçi özbek dramasi, deya eʼtirof etadilar. Unda öqimagan, nodon, johil bolaning öz otasiga qöl kötargani, padarkuşlik qilgani asar mazmunini  taşkil etadi. Bir qaraganda, juda sodda mavzu. Ammo Behbudiy buni “milliy fojia” tarzda ifoda etadi va şu bois ham, mazkur asar hamon adabiyotimizdagi mumtoz dramatik asar sifatida baholanadi. Aytiş kerakki, önlab romanlar bitgan ijodkorlar ham el tiliga tuşolmasligi, bunçalik muvaffaqiyatga sazovor bölolmasligi mumkin. Ammo Behbudiyga bu şarafning nasib bölgani juda katta yutuqdir.

“Padarkuş”ning yuzaga çiqişi oson bölmadi. Uni Turkistonda çop etişga ruxsat bermadilar, senzura qattiq oyoq tiradi. Şu bois, Mahmudxöja Behbudiy boşqa tomonlardan  öziga najot izladi va qiziği şundaki, mazkur maşhur asar oradan ikki yil ötib, 1913 yilda Gruziyaning Tiflis şahrida bosilib çiqdi. Şahar senzurasi uni çop etişga ruxsat berganligini ham çuqurroq örganib köriş kerak, deb öylaymiz. Çunki “Padarkuş” mahorat va uddaburonlik bilan, yaʼni “Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bölişining 100 yillik yubileyi” munosabati rukni ostida çop etilgan. “Fransuzlar bosqinidan xalos böliş” — bu nima degani edi?! Bu asarda biz-çi? Biz qaçon Rossiya podşoligi bosqinidan ozod bölamiz, degan maʼno bor edi.

Millatni uyğotiş uçun “Padarkuş”ga öxşagan sahna asarlari kerak edi. Şu bois ham, juda katta maşaqqatlar evaziga bölsa-da, asar sahnaga olib çiqiladi. Töğri, bir tomondan, bosqinçi hukumat vakillaridan ruxsat oliş bu safar ham ança qiyin keçdi, ikkinçi tomondan, hali milliy teatr truppasi şakllanmagani uçun asarni sahnalaştirişda ham biroz qiyinçiliklar tuğildi, ammo orzu amalga oşdi. Bu quyidagi manbada aniq keltirilgan: “1914  yil 15 yanvarda Samarqandda, 16 yanvarda esa Toşkentda (Kolizey teatrida) birinçi özbek dramasining sahna yuzini körişi xalq va mamlakat hayotida unutilmas voqea böldi”. “Oyna” jurnali xabarlariga köra, “Padarkuş”- ni köriş uçun xalq oqib keldi, hatto patta topilmagani uçun 300-400 kişi qaytib ketgan”.

Lekin “Padarkuş” asari sahnaga qö­yilgandan söng “1917 yil 7 fevral kuni xufyalardan biri çor oxrankasiga maxfiy maʼlumot yetkazgan”, yaʼni Mahmudxöja Behbudiyning bu asari mahalliy millat vakillari ongiga ijobiy taʼsir etişi haqida yozgan.

Albatta, bu saʼy-harakatlarning hammasi zimdan hisobga olib borilgani, Mahmudxöja Behbudiy öz xalqining gullaridan biri ekanligi, ertaga uning ortidan millionlab özbek yoşlarining ergaşişi mumkinligi mustamlakaçi hokimiyat vakillarini taşvişga solgani aniq. Çunki ular Özbekistondek oltin makonni qöldan bermaslik uçun xalqni ozodlikka boş­lab boruvçi oltin boşli kuçlarni mahv etib turişni özlariga kasb qilib olganlar.

Mahmudxöja Behbudiy öz vatani, xalqini jonidan ortiq sevgan sadoqatli farzand edi. Turkiston ozodlik harakatining yetakçi rahnamolaridan biri bölib, el orasida obrösi baland edi. Xunrezlikka asoslangan  bolşeviklar esa arman daşnoqilari qöli bilan Qöqonni, butun Farğona vodiysini qonga botirib, ozodlik harakatini böğib taşlagan bölsa, öşa vaqtdagi qizil ayğoqçilar — GPU jallodlari  Mahmud­xöja Behbudiyga öxşagan erkparvar uluğlarimizning izlariga tuşib, zimdan iş körganlari aniq.

Xöş, siz 74  yil davom etgan qizil yolğonlarga işonasizmi yoki  Fitrat domlaning “Behbudiyning ölimida  Turkiston Şöro hokimiyati aybdor”, degan söziga tan berasizmi?! Bizga xörozqand berib, aldaydigan davr­lar ötdi. Modomiki,  Mahmudxöja Behbudiy özining maʼrifiy işlari bilan Turkiston ahlini ozodlikka tomon boşlagan ekan, uning soya­sidan çöçigan Şöro hokimiyati GPU ayğoqçilarining qonli qöllari bilan Behbudiy va uning yöldoşlarini nomardlarça qatl etib, barçalarini bir çuqurga kömib, ustini tekislab taşladi. Donişmandlar bekor ayt­magan: “Tarix haqiqatini sindirib ham, yöqotib ham bölmaydi”.

Mahmudxöja Behbudiyning “Adib­lar xiyoboni”dagi muazzam haykali poyida u zotning munavvar siymosiga qarab:  “Adolat qaytdi, bu haykal bizning tantanamizdir”, degim keldi.

Tölqin Hayit,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan