Qatralar

Nozik

Oyoğim nozik. Yangi poyabzal kiyişga qörqaman. Unga moslaşib, örgangunimça terimni “urib”, yara qilib taşlaydi.
Qalbim nozik. Har ikki kunda yangisini sevişga qörqaman. Unga moslaşib, örgangunimça, yuragimni “urib”, yara qilib taşlaydi.

Deh-qon!

— Karamdan oling, aka. Bir gektar yerim bor! Yarimi kartoşka, yarimi piyoz.
— Iya, qiziq böldi-ku. Karam dehqonçilikmi?
— Tirikçilik…

Pora

Yiğiliş boşlandi. Korrupsiya taraqqiyot kuşandasi, deya ikki soat javragan arbob poraxörlarning nomini oşkor etmagani uçun “haq”ini oldi-da, çöntakni qappaytirib, çiqib ketdi.

Abdulaziz Ahmad.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan