Gulning tabassumida uyğongan köngil
Sizningça, şoira, olima, adibaning ijodiy hayoti nimadan boşlanadi? Qaçon köz oçib, kurtak tugadi? Oq qoğozni qoralaganlarini, ilk maşqlarini yurak yutib, tahririyatlarga olib borgan kunidanmi? Yoxud, birinçi şeʼri yoki hikoyasi eʼlon qilingandan keyin asl ijodi barg yozadimi? Bir qaraşda barça savollarning özida javob bordek. Biroq haqqoniy javob ijodkorning könglida sirli, maʼsumligiça qolaveradi.
Biobibliografik majmualarda adibni ilk asari çop etilgandan boşlab ijodiy hayoti palak yozadi, deb yozişgan. Aslida ham şundaymikan? U, aslida, qaldirğoç, samara, ilk muvaffaqiyat nişonasi-ku! Çunki, öqib körib, maʼqul topib, çop etilişi — dastlabki qutluğ qadam.
Gulandom Toğayevadan uning taassurotlarini söraganimda, çuqur öyga tolgandi. “Qaydam… ”, “Nima desam ekan”, degandi. Şeʼriy kitobi qölyozmasini öqiş uçun olib kelganida ilk şeʼrining tuğilişi haqida gapirdi. Qişloq maktabining birinçi sinfida öqiyotganida muallima kitob sahifasiga çizilgan suratni bolalarga körsatib, “Unda nima tasvirlangan, nomini ayting”, debdi. Sinfdoşlaridan kimdir “bahor” desa, yana biri “gul”, boşqasi “oçilgan gul”, deb atabdi. Gulandom “gulning tabassumi”, deya taʼrif bergan ekan. Ana sizga şeʼrning tuğilişi…
Gulandom Toğayevada gözallikni his etiş tuyğusi öşa asnodan köz oçgan bölsa ajabmas. Dilida niş urgan tuyğu kökarib bordi. Çaqmoq çaqinidan duv-duv tökilgan xörsiniqlarni hovuçiga yiğdi. Devorlarda qolgan bulbul panjasining izlaridan maʼno öqidi. Köngli toğ quşlari kabi uçdi.
“Uxlatib yuribman dil oğriqlarin, xayolning yengiga artib-artib”, deydi şoiraning lirik qahramoni “Juvoldiz inida jovidan yaşar” şeʼrida.
Bugungi kunda Gulandom Toğayevani şoira, olima, tarjimon sifatida ilmiy-adabiy jamoatçilik biladi. Zukko olimalik bilan solih şoiralik Gulandom Toğayeva salohiyatining qöş qanoti. Olima-tadqiqotçiligi şoiraligidan, poetik izlanişlari esa ilmiy kuzatişlaridan quvvatlanadi.
Gulandom Toğayeva “Özbek matbuotida tasavvuf taʼlimotining yoritilişi: muammolari, tamoyillari, şakllari” mavzuida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya yoqladi (2007 yil). “Çaqmoq xörsiniqlari” (1995), “Muhabbat asri” (2004), “Men izlagan kema” (2016), “Ön yetti yoşlilar mamlakati” (2017) nomli kitoblari bosilib çiqdi. Şu tariqa ijodiy izlanişlari, köngiltortar namunalari jamlangan “Suvaydoga yöl” (2019) majmuasi yuzaga keldi.
Gulandom Toğayeva tasavvuf ilmining özbek vaqtli matbuotida yoritilişi masalasiga bağişlangan tadqiqotida Abduholiq Ğijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Hazrat Bahouddin Naqşband, Xoja Ahror Valiy, Söfi Ollayor singari mutafakkirlar ijodi, adabiy-badiiy, ijtimoiy-falsafiy merosi qay tariqa ifoda etilganligini teran örgangan. Buning uçun ötgan asrdagi matbuot organlarini, kundalik naşrlarni obʼyekt qilib tanlagan.
U akademik Botir Valixöjayev, professorlar Abduqodir Hayitmetov, Najmiddin Komilov, Ibrohim Haqqulov, Orif Usmon, Hamidjon Homidiy, filologiya fanlari nomzodlari Yoqubjon Ishoqov, Sultonmurod Olimning maqolalari, suhbatlari, asarlaridagi til va uslubiy xususiyatlar, mavzu-masalaga yondaşiş va ifoda yösinlarini, ijodiy individualliklarini tahlil va tadqiq eta oldi.
Maʼlumki, özbek fani, adabiyoti, madaniyati tasavvuf ilmi asosida rivoj topgan. Jahon tamaddunida mumtoz mavqe va masnadga ega. Professor Najmiddin Komilovning “Tasavvuf”. Birinçi kitob. (Toşkent; 1996), “Tasavvuf”. Ikkinçi kitob, tavhid asrori (Toşkent, 1999) asarlari Gulandom Toğayevaning asosiy tadqiqot obʼyektiga aylangan.
Olima dissertatsiyaning “Tasavvufiy adabiyotni örganişda matbuotning ahamiyati” nomli ikkinçi faslida umumbaşariy qadriyatlar (adolat, haqiqat, axloqiy pokdomonlik, vijdon singari)ni himoya qilişga qaratilgani, tarğib va taşviq etilganligi masalasiga diqqat-eʼtiborini yönaltiradi. Söfiylik ilmida maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar xalqimiz hayotining mağiz-mağziga singib ketganligini alohida taʼkidlaydi.
Gulandom Toğayeva xoh ilmiy izlanişlarida, xoh poetik ijodida bölsin, hamişa yangilikka intiladi. Mavzu-masalaning yangi qirralarini topiş va yoritişga şeʼriy izlanişlarida esa yangi badiiy yeçimlar topişga, yoritişga, obrazlar vositasida fikrlaşga katta rağbat, iştiyoq körsatadi. Ayniqsa, ilmiy-ijodiy mayllarida adabiyotşunosligimizda kam örganilgan, eʼtibordan çetda qolib kelayotgan muammolarni tadqiq etişga alohida eʼtibor qaratadi. Keyingi yillarda eʼlon qilingan ilmiy-publitsistik mavzudagi “Matbuot va tasavvuf” (2006), “Milliy tafakkur poetikasi qirralari” (2010), “Ezgulikning badiiy inʼikosi” (2010) kabi kitoblari ham ana şu muhim mavzular muhokamasiga bağişlangan.
“Umr — bu izhori dil uçun imkon…” deydi şoiraning lirik qahramoni “Yaşaş nima özi, tiriklik nima” şeʼrida. Köngil çiğiriğidan sizib çiqqan keçinmalar, kayfiyat va ruhoniy holatlar suratini çiziş, his-tuyğulardan ungan fikrlarni badiiy umumlaşmalar şaklida ifodalaş şoira şeʼrlarining boş xususiyati. Şu maʼnoda bugungi lirikamizda fikrsizlik xastaligi kuçaygan, fikriy qaytariqlar, obrazlar takrori tobora bolalab borayotgan bir paytda har bir şeʼrida yangi fikr aytişga intiladi.
Gulandom şeʼrlarida tabiat unsurlari xörsinadi, kuladi, yiğlaydi, xayolga toladi, kuylaydi, ğam-taşvişga botadi, intiq soğinçda kimnidir kutadi, azob çekadi, uyaladi, kimdandir, nimadandir tortinib, közlarini berkitadi, şivirlaydi, jimjit jolalarini yaşiradi. Ular insoniy xislat-xususiyatlar kasb etgan. Eng muhimi, odamlarning fikrlari, keçinmalari, his-tuyğularini öziga singdirgan bir vujud sifatida jonlanadi.
Men kimning Uşalgan sözi ekanman,
Kim tanişi uçun taqilgan xalqa.
Bulbul panjasining izlari qolgan
Bu devordan ortib Ne degum Xalqqa?! —
Isteʼdodli şoira Gulandom katta ijod yölida sara poetik obrazlari, aynan, özi yaratgan şeʼr boğining sarxil gullari bölib qolişiga tilakdoşmiz.
Nöʼmon Rahimjonov,
filologiya fanlari doktori.
