Tabu
Hikoya
Çoriboy qaldirğoç uyasidan nigohini olib, örnidan turdi-da, öğliga yuzlandi:
— Daştti işi şu, öğlim — dedi u toliqqan, oğriyotgan tizzalarini uqalab. — Jazirama bömasa, bu şabadaning huzurini bandasi qayerdan his qilsin. Xudo bandalariga nima kerakligini özi biladi. U — buyuk donişmand.
Çoriboyning öğli katta şoir bölmoqçi edi. Ota xurjunga bir törva çakki, patir non, tandir göşt solib, yelkaga taşladi-da, öğlini olib, taniqli şoirlar eşigini taqillatib bordi.
— Mani tariximni yozasan, öğlim, yaxşi zamonlar keladi hali, — dedi ota bir kun közlariga yoş olib. — Bobong Sibirga surgun qilindi, bolalarini boyning öğli deb qamadi…
— Bu işni…
— Jim! — dedi Çoriboy rangi quv uçib. — Hamma gapni gap deb gapiraverasanmi? — U yoq-bu yoqqa qarab olib gapida davom etdi ota. — Qudalar bor-a.
— Qudalar? – tevarak-atrofga alangladi Şokir.
— Qoidasi şunday, öğlim. Sizga neççi marta aytaman, otini tutmang deb, — deya ota jahl bilan boşidan döppisini olib yerga qöydi-da, çordona qurib ötirgan köyi, keti bilan öğli tomonga biroz surildi, söng döppisini yana olib boşiga kiydi.
— Öşa qudalaringizni ustida örtoq Sta…
— E-e, ota deng, tamom. Hali bolasiz. Undan keyin sizni bular bilan nima işingiz bor. Undan köra şeʼr yozing, kitobingizni çiqaring.
— Kitob bömadi, — dedi öğil boşini quyi solib. — Qaytarib qölimga tutqazişdi. Şeʼrlarim mavhummiş, tuşkunmiş.
— Qöying, öğlim, jahlimni çiqarmang mani. Qöşni qişloqdagi Jabbor buvani öğli bilan taniştirib qöydim, şu-şu yoniga qaytib bormadingiz, — Çoriboy ikki körsatkiç barmoğini oğziga tiqib, ikki tomonga jirib tortdi-da, jahl bilan gapini davom ettirdi: — Manqa, dedingiz, jirriq dedingiz. Manqa bölsayam yuribdi-ku qöşa-qöşa ordenlardi taqib. Sizni kim taniydi, kim biladi? Odam degan qötir eçkidek bölişi kerak. Birini toğa, birini aka deb ketavermaysizmi? Voh, öğlim bölsangizam, manga öxşamagansiz-da…
Ota içini kemirayotgan barça gaplarini mavridi kelganidan bölsa kerak, birdan tökib solayotgandi. Öğil öz qaraşini otasiga anglatmoqçi böldi:
— Ota, men bularni şon-şuhrat uçun emas, özim uçun, özimni anglaş…
— E, yiğiştiring safsatangizni! Böladigan gapni gapiringda, öğlim! — Çoriboy öğlining gapini yarmidan böldi-da, tandirxona tomonga qarab qiçqirdi. — Öv, Jöra! Çoying qaynamasga ketdimi, obke tezroq!
Birpasda tandirxona tomondan yuzlari qizarib, böyinlaridan çakillab ter tomçilayotgan, ustiga eski, yamoq tön ilib olgan xotini zipillab keldi-da, qölidagi tagi tutundan qoraygan temir çoynakni dasturxonga döq etib qöygaç, boşiga öragan gulobi römolining bir uçi bilan yuz-böynini artdi. Söng norozi ohangda javrandi:
— Hanifa, nonim puştlab ketdi. Şuni Şokirga aytsangizam obkeladi-ku, yoş narsa!
— San ayt, Jöra, öğlingga tuşuntirolmayapman. Xudorahmati otam otsiz, derdi, beşböğin derdi. – Çoriboy “uf” tortdi-da, ikki qölini tizzasiga tirab qaddini kötardi. — Bu laʼnati otsiz tuğilgunçayam onasining içak-çavoqlarini yeb bitirib, keyin qornini yorib çiqarkan…
— Ha-a, çayonmi? — dedi xotin tandirxona tomon xavotir aralaş qarab olarkan.
— Tur-e! Man nima deymanu…
Ayol “E-e!” deb qölini siltadi-da, tandirxona tomon yana zipillab jönadi. Peşayvonda kuygan paxtalikning aççiq hidi qoldi.
Çoriboy yana yostiqqa yonboşladi-da, qanotlarini yiğib joylaşib olgan qaldirğoç iniga tikildi. Ona qaldirğoçning faqat boşi körinib turardi. Quyoş qizarib, botay deb qolgan. Dasturxonda turgan ovqatga qöl ham urilmagan. Piyolada sovub qolgan çoy zaʼfaron tusga kirgan, xuddi şafaq öz nurlari bilan piyolani töldirganu, Çoriboy piyolaga suzilgan şafaqdan bir-bir höplab söng joyiga qöygandek.
Kutilmaganda qaldirğoç bezovtalanib, in atrofida parvona böla boşladi. Çoriboy esa közlarini qaldirğoç iniga tikkança uzoq xayolga çömib, oğir xörsinib qöydi. Şu payt Şokir baqirib yubordi:
— Ota, ilon!
Çoriboy sapçib örnidan turdi.
— Qani?! – dedi atrofga olazarak qarab.
— Ana, ana! Şiftda! — dedi Şokir bolorlar orasida öralaşayotgan bilakdek keladigan oppoq ilonni körsatib.
— Arğamçi desang-çi! — kuldi Çoriboy. Söng mahzun tortdi-yu, ustunga suyanib ötirgan köyi davom etdi:
— Şu zamonda pulning özi yöğu şiftda boylik öralaşib yurganini qara.
Ilon ğoyib böldi. Uyasini tark etgan qaldirğoç esa Çoriboyning boşi ustidan ğujurlab aylanardi.
Tabu — ibtidoiy davrlarda odamlar qörquv uyğotadigan sehrli va zararli yovuz kuçlar — jin, arvohlar, ofatli kasallik va yirtqiç hayvonlardan saqlaniş uçun ularning nomini tilga olmaslik kerak, deb hisoblaşgan.

Habib Abdunazar
Habib Abdunazar — (Abdiyev) 1968 yil Muzrabot tumanida tuğilgan. ToşDU(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993). «Manzara» (1995), «Anjir guli» (1999), «Gullarni qömsagan oğoç» (2007) kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
