Uçraşuv
Ular internetda tanişdi. Ijtimoiy tarmoqda “uçraşişdi”. Tunni-tongga, tongni esa tunga ulab suhbat qurişdi. Qiz köhlikkina dugonasining, yigit esa yaqin döstining suratini yubordi. Fursat ötib, haqiqiy uçraşuv onlari keldi. Yigit uçraşuv joyida singlisi kimni kutayotganini tuşunmas edi…
Sukunat
Uning isyonkor qalbi bor: hayotdagi har bir voqeaga öz munosabatini baralla aytadi, muammo haqida çuqur muşohada qiladi, fikrlaş dunyosi keng. “Nega?”, “Qanday?” kabi savol — hayqiriqlari vulqonday qaynaydi, lekin böğzidagi sukunat jariga çökib, yöqoladi…
Nigoh
Maʼruzada talabalarni tinçlantira olmayotgan öqituvçi darsni tinglamasdan öz işi bilan ovora, ustidan kulib, mazax qilayotgan yigit-qizlarda yoşligini körardi…
Dakki
Yaylovda çorvani ötlatib yurgan vaqtda holdan toygan onani tösatdan hökiz suzib oldi.
— Közga qaraş kerak edi, oyi, — dedi barzangiday öğil töşakka mixlangan onaga daşnom berib.
Taytuv
— Assalomu alaykum, qöşni, betobsiz, deb eşitdim. Yaxşi bölib qoldingizmi?
— Ha, rahmat. Yura boşladim, ança yaxşiman.
— Issiqqina manti pişirgandim…
— Voy, nima qilardiz ovora bölib?
— Bexijolat olavering, ovorasi borakanmi! Ortib qolgaç, baribir sovib qoladi, bekorga taşlab ham yuborardik…
— …
Aldaniş
Taksi töxtadi:
— “Qoraqamiş”ga…
— Ön ming söm.
— Yetti ming!
— Böpti, çiq…
“Köngli böş ekan — osongina köndi. Kunda 12 mingdan qatnaydigan yölga 7 ming bilan ketyapman”…
“Boşqa viloyatdan bölsa kerak, uç minglik yölga yetti ming bilan ketyapti” — öyladi haydovçi.…
Odat
“Tamakining zarari” mavzuidagi maʼruzasidan çiqqan ustoz, siqilgança ustma-ust çeka boşladi…
Noşukrlik
Odam yaşaşga qörqadigan serhaşamat hovlining yuqori qavatidan nola eşitildi: nega jömrakdan issiq suv kelmayapti? Nima gunohim borki, bunça azob berasan, ey, Xudo!
Maqsad
— Qaysi universitetda öqimoqçisan?
— Ball va pulim yetganiga-da.
Abdulaziz Ahmad.
