Ötli lavhalar
Muqaddas Abdusamatova jurnalistika sohasining zaxmatkaş, fidoyisi, şuningdek, öz qalamiga ega şoira hamdir. Muqaddas opaning aytadigan gapi: “Keçagi şogirdlarim bugun ustoz darajasiga erişdi. Demak, qilgan mehnatim zoye ketmabdi”.
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoira Muqaddas Abdusamatovaning Ikkinçi jahon uruşi tugaganiga 75 yil tölişi munosabati bilan “Uyğoq tuyğular” risolasi “Istiqlol naşriyoti”da çop etildi.
Yurtdoşlarimizning körsatgan jasorati, matonati mazkur kitobda öta taʼsirli ifoda etilgan. Tajribali jurnalist-ijodkor uruşning dahşatli lahzalarini boşidan keçirgan önlab oilalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilişi natijasida tarixiy lavhalarni qoğozga tuşiradi.
Jumladan, “Armon” sarlavhali bitigida öz akasi Sobirjon Solihovning diydoriga töyolmagani, uning janggohlardan omon qaytişini intizor kutgani qalamga olinadi. Ijodkorning qalb qatidan sizib çiqqan samimiy satrlar oxir-oqibat nasriy ohangdan nazmga aylanadi:
Bilganimda körmasligimni,
Töyib-töyib qarab olardim.
Yuzingizni, qiyofangizni
Köz oldimda saqlab qolardim…
Bu satrlarni öqigan muxlis ayriliq azobiga uruş sabab bölganligini dildan his etadi.
Uruşda çeksiz fidoyilik qilgan yurtdoşlarimizning jasoratini tilga olamiz, lekin oradan şunça yillar ötgan bölsa-da, dunyoning turli burçaklarida minglab yigitlarimizning jasorati, nomi hamon nomaʼlumligiça qolmoqda.
Muqaddas Abdusamatova asarida “Savob işning saodati” degan lavha bor. Bu bobda Ikkinçi jahon uruşida bedarak ketgan 180 nafar özbek jangçisining qabrini, nomini izlab topgan Alan Tatarov vatanparvarligi haqida betakror maʼlumotlar berilgan. A.Tatarov Vladikavkazda Temir badiiy bezak birlaşmasida boş direktor bölib işlagan, savob işlarni amalga oşirişdan taşqari, rafiqasi Zelina bilan yetim qolgan olti nafar farzandni asrab-boqib olgan.
“Mehrning qudrati” lavhasida esa ayol qismati, murakkab taqdiri bayon etiladi. Saodatxonning turmuş örtoği uruşdan qaytmaydi. U öz yoriga vafodor qoladi. Kelinçakning qaynisi Şarifjon jangda öz sohasi — şifokor bölib xizmat qiladi. Akasini axtaradi. Özbekistonga — uyiga xat yozadi: “Akam keldimi? Nega javob bermayapti?” Yangasi Saodat: “Akangiz oğir yarador, sizga javob yozişga holi yöq”, deydi javob xatida. Nihoyat, ularga pul yubormoqçi ekanini aytadi. Şunda: “Pulni akangiz nomiga emas, istasangiz, rafiqasi Saodatxon nomiga yuboring”, degan javob olgaç, uka akasi halok bölganligini anglab yetadi.
Va nihoyat uruş tugaydi. Tibbiyot xizmati mayori Şarifjon Saidov oradan yillar ötib, xizmatni tugatib Vatanga qaytadi. Uyda qolgan norasida gödaklar amakisi Şarifjonni ota örnida qabul qilişadi.
Ş.Saidov öz farzandiday bölib qolgan jiyanlarini Svetlovodsk qişloğidagi qabristonga olib boradi. Öz akasi qabri yonida jiyanlariga otasining jasorati haqida sözlaydi. Lekin bolalarga jasorati emas, tirik otasi kerak edi! Ularning közlari mungli edi. Ha, şunday: uruş beayov, beşafqat, bolani otadan ayirgan, ayolni tul qoldirgan dahşat iskanjasi.
Kitobning “Sen şirinsan, hayot” deb ataladigan bobida ölim labidan qaytib kelgan özbek öğloni Sohib Röziyevni Vera Petrovna degan rus qizi saqlab qolgani, pirovardida ular turmuş qurib, Özbekistonda yetuk mutaxassis bölişgani hikoya qilinadi. Uruş qança qismatlarni ayirib taşladi, yana qança taqdirlarni tutaştirdi.
— Uruş şunça uzoq böladimi, ona, qaçon tugaydi?
“Yer tafti” sarlavhali bitikda murğak qizaloqning yuqoridagi savoliga onasi şunday javob qaytaradi:
— Yaqinda, qizim, yaqinda tugaydi.
Xolbuvi jajji qizi Laʼlixonga tuşuntirişni, qizining könglini yaralaşni istamasdi.
Mana, öşa qizgina bugun yetmişga yetib, faxriylar safida. Hovlida nabiralarining bir-biriga “paq-paq”lab öynaşayotganini eşitdi. Darhol derazani oçib:
— Öyinlaring qursin, taşlanglar tayoqlaringni! — baqira ketdi. — Uruşning oti öçsin! — deb qöydi ortidan…
Xullas, kitob qatlaridan xalq qahramonlari hayoti haqida biri-biridan taʼsirçan lavhalar joy olganligi bilan sizga ham maʼqul kelişiga işonaman.
Şuhrat Jabborov,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.
